Kasbiy psixologiya



Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/193
Sana11.01.2022
Hajmi2,67 Mb.
#340171
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193
Bog'liq
2 5226678339682438617

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
I-MODUL. KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING METODOLOGIK 
ASOSLARI 
I - BOB. KASBIY PSIXOLOGIYA FANINING PREDMETI  VA 
VAZIFALARI  
   
Kasb-hunar egallashning ijtimoiy va tarixiy muammolari
 
Iqtisodiyotning  jadal  rivojlanishi,  mutaxassislarning  kasbiy  sifatlari  va 
shaxsiy  salohiyatiga  talablarning  yuqoriligi,  shaxs  hayot  faoliyatining  turli 
sohalarida  psixologik  fanlar  ma’lumotlaridan  keng  qamrovli  foydalanishni  talab 
etmoqda.  Hozirgi  kunda  ko’pgina  insonlar  o’z  kasbiy  faoliyatlarini  hayotiy 
muvaffaqiyatga  erishish  uchun  shaxsiy  shakllanishning  asosi  deb  tushunib, 
psixologik  qo’llab-quvvatlanishga  ehtiyojlari  mavjudligini  tan  olmoqdalar.  O’z 
kasbining bilimdoni bo’lish uchun nafakat texnik fanlarni, balki shaxslarning ruhiy 
holati va kechinmalarini ham yaxshi bilish kerak bo’ladi. Bu esa har bir xodimdan 
psixologiya ilmining sir-asrorlaridan xabardor bo’lish va shu asosda qonuniy xatti-
harakatlarni  amalga  oshirishni  taqozo  etadi.  Har  qanday  inson  kundalik  hayotida 
odamlar bilan uchrashib, muloqotga kirishar ekan, u o’zining bosiq yoki qiziqqon, 
beparvo  yoki  qiziquvchan,  mehribon  yoki  bag’ritosh,  jahldor  yoki  bosiq  va 
hokazolardan  iborat  ichki  va  tashqi  ruhiy  olamini  namoyon  qiladi.  Bu  ruhiy 
holatlar  ongli  va  ongsiz  tarzda  namoyon  bo’ladi.  Ana  shu  holatlarning  barchasi 
insonning psixikasini tashkil qiladi. Inson psixikasi moddiy va ma’naviy borliqdagi 
narsa  va  hodisalarni  jonli  aks  etuvchi  murakkab  jarayon  bo’lib,  u    uzoq  davom 
etgan fiziologik rivoji uyg’unligining mahsuli hisoblanadi. 
Psixika  –  yuqori  darajada  tashkil  topgan  materiyaning  tizimli  xossasi 
(xususiyati),  sub’ekt  tomonidan  ob’ektiv  borliqni  faol  aks  ettirish,  mazkur  borliq 
manzaralarini  sub’ekt  o’zidan  uzoqlashtirmay  ifodalashi,  xuddi  shu  asnoda  o’z 
xulqi va faoliyatini shaxsan boshqarishdir. Psixikada o’tmishning, hozirgi davr va 
kelgusi  zamonning  hodisalari  ifodalangan,  tartibga  solingan
1
.  Psixikaning  asosiy 
vazifalari – aks ettirish – munosabat va xulq atvroni boshqarish –nazorat etishdir. 
                                                           
1
 
 
 
G’oziev E. 
Umumiy psixologiya. – Т., 2002. – Б. 25 


10 
 
Ruxiyatning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zaro bog’liqligi ruxiy (bilish) 
jarayonlar  (sezgi,  idrok,  xotira,  tafakkur,  xayol,  nutq  va  diqqat),  ruxiy  holatlar 
(hissiyot,  emotsiya,  bardamlik,  tetiklik,  qiziquvchanlik,  hayratlanish,  ishonchlilik, 
ijodiy  ruhlanish),  shaxs  xususiyatlari  (yo’nalishlar,  temperament,  xarakter, 
qobiliyat,  iqtidor,  aqliy  salohiyat,  xulq  motivatsiyasi,  ish  uslubi,  mas’uliyat)da 
kuzatiladi. 
Psixologiya  –  psixikaning  kelib  chiqishi,  rivojlanish  qonuniyatlari, 
shuningdek  insondagi  onglilik  va  ong  osti  fenomenlarining  xilma-xil 
ko’rinishlarini  o’rganuvchi  fan.  Psixologiya  yunoncha  “psyche”  va  “logos” 
so’zidan  olingan  bo’lib,  «jon»,  «ruh»  haqidagi  fan,  ta’limot  degan  ma’noni 
anglatadi.  Hozirgi  davr  ilmida  «jon»  tushunchasi  o’rniga  «psixika»  atamasini 
qo’llash  qabul  qilingan.  Chunki  lingvistik  nuqtai  nazardan  «jon»,  «psixika» 
tushunchalari aynan bir ma’noni bildiradi. Lekin «psixika» atamasi bugungi kunda 
«jon»ga nisbatan kengroq ma’noga, ko’lamga ega bo’lib, inson ruhiyatining ham 
ko’zga  ko’rinuvchi,  ham  ko’zga  ko’rinmas  tomonlarini  o’zida  aks  ettiradi. 
Psixologiya  fanining  o’rganadigan  sohasiga  psixika,  ong  va  ongsizlik,  shaxs  va 
uning  faolligi  kirsa,  uning  predmetini  ana  shu  ob’ekt  haqidagi  muayyan  bilimlar 
tashkil  qiladi  (Ob’ekt  –  kishilarning  diqqatini  o’ziga  tortadigan  moddiy  va 
ma’naviy borliq. Predmet – moddiy va ma’naviy borliq haqidagi bilimlar). 
 Psixologiya  fani:  umumiy  psixologiya,  ijtimoiy  psixologiya,  pedagogik 
psixologiya, 
zoopsixologiya, 
yosh 
davrlari 
psixologiyasi, 
muhandislik 
psixologiyasi,  yuridik  psixologiya,  harbiy  psixologiya,  tibbiyot  psixologiyasi, 
savdo psixologiyasi kabi tarmoqlarga bo’linadi.  Bunda: 

 
umumiy psixologiya psixik faoliyatning umumiy qonuniyatlari va ularning 
o’ziga xos jihatlarini o’rganadigan maxsus soha hisoblanadi

 
pedagogik  psixologiya  kishiga  ta’lim  va  tarbiya  berishning  psixologik 
qonuniyatlarini o’rganishni o’z predmeti deb biladi

 
yosh  davrlari  psixologiyasi  turli  yoshdagi  odamlarning  tug’ilganidan  to 
umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi va o’zaro 
munosabatlari  qonuniyatlarini  individning  yoshiga  mos  tarzda  o’zgarishi 


11 
 
tamoyillarini o’rganadi; 

 
ijtimoiy  psixologiya  odamlarning  jamiyatda  birgalikda  faoliyatlari 
natijasida  ularda  hosil  bo’ladigan  tasavvurlar,  fikrlar,  e’tiqodlar,  hissiy  kechinma 
va xulq-atvorlarni o’rganadi; 

 
muhandislik  psixologiyasi  avtomatlashtirilgan  boshqaruv  tizimlari 
operatorlarining  faoliyatini, 

Download 2,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish