Karp balig’ining biologik hususiyatlari
Karp balig’i O’zbekistonning barcha hududlarida tarqalgan bolib uning yovvoyi turi (sazan) hisoblanadi. Hozirgi kunda bizning respublikamizda Rassiya, Ukraina, va Vengiriyadan keltirilgan zotlari mavjud. Og’zip baggage qaragan, moylovlari kalta, ko’zining diamkichik bo’ladi. Yelka suzguch qanotida 14-12 ta, anal suzguch qanotida 4-6 ta shullalar mavjud, yon chizig’Ida 34-36 tatangachalardan iborat, xalqum tishlari uch qatorli 1.1.3, - 3.1.1. tana uzunligi 1-1,20 m og’irligi 32 3kilogramgacha borishi mumkin. Karp balig’i bizning sharoyitimizda yani baliq yetishtirishning 6-zonasida bu O’zbekiston hududiga to’g’ri keladi. Bu yerda iliq suv baliqlari uchun vegitatsiya davri 7 oyni tashkil qiladi yani 210 kun o’lkamozning janubiy hududlari quyoshli hisoblanib ularda vegitatsiya davri biroz uzunroq bo’ladi.
Karp balig’i bizning sharoitda erkagi 2 yoshda urg’ochisi 3 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Uvuldiriqni suv o’simliklari ustiga qo’yadi va erkagi kelib sutini sepib ketadi. Bu tashqi urug’lanishga misol bo’ladi. Uvuldiriqlarini porsiyalab tashlaydi, urchish davri aprel- iyul oyigacha davom etadi. Uvuldiriq qo’yishi suv o’simliklariga yani fitfil hisoblanadi. Serpushtliligi 500 mingdan 2 milongacha . Oziqlanish turi bo’yicha hammaxo’r hisoblanadi.
1-rasm Cyurpunic Carpio ( karp) balig’i
Baliq uchun optimal sharoit 18-24⁰C hisoblanadi. Suvda erigan kislorod miqdori esa 5,5-6,5 ml/l³ bo’lishi kerak. Suvning PH miqdori esa 6,5-7,5 bo’lishi kerak. Agar suv 6⁰C dan pasayib ketsa yoki 35⁰C dan is iborat ketsa baliq oziqlanishdan to’xtaydi. Suvda erifan kislorod miqdori esa 0,5 ml/l³ bo’lganda karp balig’ini nobut bo’ladi. Suvning PH miqdori 5 dan tushub ketsa suv kislatali muhutga o’tib ketadi, agar PH miqdori 7 dan ko’tarilib ketsa ishqoriy muhut shakillanadi. Jinsiy nisbat tabiy xolda 1×1 Suniy urchitishda uyacha 2×1, 3×1, bazan 4×1 nisbatda suniy urug’lantiradi. Bunda ikralarni urug’lanish kaifsenti sezilarli darajada ortadi. Uvuldiriqlardan qulay sharoyitda suv harorati 18-24 ⁰C bo’lganda ikralardan maliyoklar chiqishi 3-5 kundan 7 kungacha cho’zilishi mumkin. Bunda asosiy omil bo’lib suvning harorati muhum ro’l o’ynaydi. Baliqlar ikradan chiqqandan keyin dastlab sariqlik haltasi bilan oziqlanadi 2-3 kunda sariqlik haltasi so’rilishi bilan, tashqi oziqlanishga o’tadi. U daslab mayda mikoorganizimlar bilan oziqlanadi, so’ngra zooplankton va zoobentozlar bilan oziqlanishga o’tadi. Karp balig’ini tabiy sharoyitda asosiy ozuqasi zoobentos hisoblanadi.
Karp balig’ini ikradan chiqib, sariqlik haltasi so’rilgandan keyin tashqi oziqlanishga o’tadi. Bunda ularga proteinga boy ozuqalar berish kerak, chunki yosh baliqchalarning o’sishi uchun katta inergiya kerak. Bunda malyoklarnioziqlantirish bir sutka davomida 7-8 marotaba o’tkaziladi. Dastlabki ozuqa sifatida tuqum sarig’ini maydalab dokaga solib berish tafsiya qilinadi. Bunda baliqchalarning tana vaznini 50% miqdorida beriladi, keyin esa sekin- asta kamaytirib borilaveradi. Baliq voyaga yani tvar holatiga yetganda unung tana vazniga nisbatan 2% gacha tushiriladi.
Jadval. Karp baliqlarini oziqlantirishning sutkalik normasi
Do'stlaringiz bilan baham: |