O’z-o’zini tekshirish uchun savollar
Xodimlarni ishga qabul qilishda taqdim etiladigan hujjatlarni sanab bering?
Mehnat shartnomasi va fuqarolik-huquqiy shartnomasining bir-biridan farqi nimadan iborat?
Xodimlarga ish haqi hisoblash uchun asos bo’ladigan hujjatlar turlarini sanab bering?
Xodimning ish haqidan ushlab qolinadigan daromad solig’ining stavkasini aytib bering?
Xodimning ish haqidan ushlab qolinadigan boshqa majburiy va ixtiyoriy ushlanmalarni sanab bering?
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo’yicha nafaqani hisoblash tartibini aytib bering?
Ta’lil turlarini sanab bering?
Mehnat ta’tilini hisoblash tartibini aytib bering?
BOB. UZOQ MUDDATLI AKTIVLAR HISOBINI AVTOMATLASHTIRISH
Asosiy vositalar va NMAlarni sotib olish hisobi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirishi.
Asosiy vositalarning modernizatsiyasi.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarilishi.
Asosiy vositalar va NMAlarni sotib olish hisobi
Asosiy vositalar - korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo’jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko’rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar.
Uzoq muddatli aktivlar korxonaning mol-mulki, zavod binolari, asbob- uskunalari hisoblanadi. Uzok muddatli aktivlarni sotib olishda yirik hajmdagi investitsiyalar safarbar etiladi.11
Nomoddiy aktivlar - korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funktsiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo’lmagan mol-mulk ob’ektlari.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o’zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi:
bir yildan ortiq xizmat muddati;
bir birlik (to’plam) uchun qiymati O’zbekiston Respublikasida (xarid paytida)
belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo’lgan buyumlar.
Asosiy vositalar harakati bilan bog’liq operatsiyalarni avtomatlashtirish (Osnovnie sredstva) vkladkasi orqali amalga oshiriladi. Asosiy vositalarni hisobga qabul qilish, qayda baholash, ta’mirlash, hisobdan chiqarishga oid ma’lumotlar (Prinyatie k uchetu OS – Oborudovanie- Organizatsiya- Schyot va xokazolar) kiritilib, buhgalteriya hisobini yuritishning uzluksizligi ta’minlanadi.
11 Accounting information systems. James A. HALL. 281-bet
77
Asosiy vositalarni qayda baholash Pereotsenka OS ili NMA satriga o’zgartirish kiritish orqali amalga oshiriladi. Bunda Pereotsenka OS ili NMA satri bo’yicha yangi davr uchun ma’lumotlarni yangilash (Dobavit- Zapolnit) buyruqlarini ketma-ket berish orqali amalga oshiriladi.
Qayta baholashning qaysi turini ko’llash (Koefitsienti gruppi, Zagruzit s sayta www.fides.uz) buxgalter tomonidan tanlanadi.
Korxona rahbari hisobot yilida buyumlarni asosiy vositalar tarkibida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqli.
Asosiy vositalar aktiv sifatida tan olinadi, agar:
korxonaga kelgusida aktiv bilan bog’liq iqtisodiy foyda kelib tushishiga ishonch bo’lsa;
aktiv qiymatini aniq baholash mumkin bo’lsa.
Asosiy vositalar boshlang’ich qiymat bo’yicha hisobga olinadi.
Asosiy vositalar korxona balansiga sotib olish qiymati (etkazib beruvchiga to’langan summa) va asosiy vositalarni xarid qilish bilan bog’liq barcha xarajatlarni
o’z ichiga olgan boshlang’ich qiymati bo’yicha kiritilishi lozim.
Asosiy vositalarni sotib olish bilan bog’liq xarajatlarga quyidagilar kiradi: ro’yxatga olish yig’imlari, davlat bojlari va asosiy vositalarga bo’lgan huquqni sotib olish (olish) bo’yicha amalga oshirilgan boshqa shunga o’xshash to’lovlar;
bojxona bojlari va yig’imlari;
asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo etish) munosabati bilan soliqlar va yig’imlar summalari (agar ular qoplanmasa) ;
asosiy vositalar ob’ektlarini sotib olish (barpo etish) bilan bog’liq axborot va maslahat xizmatlari uchun to’lanadigan summalar; asosiy vositalar ob’ektlarini etkazib berish (barpo qilish) xatarini sug’urtalash bo’yicha xarajatlar;
asosiy vositalar ob’ektini sotgan vositachilarga to’lanadigan mukofotlar; asosiy vositalarni o’rnatish, montaj qilish, sozlash va ishga tushirishga oid xarajatlar; aktivdan maqsadga muvofiq foydalanish uchun uni ishchi holatga keltirish bilan bevosita bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.
Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni to’lashga doir xarajatlar qarzga olingan sarmoya hisobidan butkul yoki qisman sotib olingan asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatiga kiritilmaydi.
Sotib olingan asosiy vositalar haqini to’lash bilan bog’liq bank xizmatlari, akkreditiv ochish, xorijiy valyutani o’tkazganligi va konvertatsiya qilganligi uchun bankka vositachilik haqi to’lash bo’yicha xarajatlarni qo’shgan holda, shuningdek shartnomani tayyorlash va ro’yxatga olish xarajatlari asosiy vositalarning boshlang’ich qiymatiga kiritilmaydi, balki ular yuzaga kelgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.
Agar shartnoma shartlarida sotib olingan asosiy vositalar haqini kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lash nazarda tutilgan bo’lsa, unda mazkur asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lashni hisobga olmagan holdagi sotib olish qiymati bo’yicha qabul qilinadi. Bunda sotib olish qiymati va to’lovning umumiy summasi o’rtasida yuzaga keladigan farq kechiktirib yoki bo’lib- bo’lib to’lash davri davomida joriy to’lovning kechiktirib yoki bo’lib-bo’lib to’lash bo’yicha to’lovlarning umumiy summasidagi solishtirma og’irligiga bog’liq holda moliyaviy xarajatlar (foizlar bo’yicha xarajatlar)ga kiradi.
Asosiy vositalar sotib olish va ularning harakati bilan bog’liq bir qancha sxemalar mavjud.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |