6
bo‘lardi. O‘yin davomida basketbolchini faqat jarohatlangandagina
almashtirish mumkin edi. Dastlabki to‘p otishda markazdan bosh-
laydigan basketbolchilar bitta qo‘llarini orqalariga qilib turishi, ja-
moa hujumchilari esa old zonaga o‘tib turishi kerak edi.
Basketbolchining bir joyda to‘pni
ikki soniyadan oshiq tutib
turishi taqiqlanardi. To‘pni savatga ikki qo‘l bilan pastdan va bir
qo‘l bilan yelkadan otish keng qo‘llaniladigan usullardan bo‘lib hi-
soblangan.
Musobaqa qoidalari yildan yilga takomillashadi. Shchit maydon-
ni chegaralovchi chiziqdan 60 sm ichkariga o‘rnatiladigan bo‘ldi.
Respublika bo‘ylab keng tarqalgan basketbol o‘yini 1927- yil-
da Butun o‘zbek spartakiadasi dasturiga kiritildi. Bu spartakiadaga
tayyorlanish davrida ko‘pgina shaharlarda basketbol musobaqalari
bo‘lib o‘tdi. Spartakiadaga Toshkent, Andijon, Farg‘ona va Samar-
qand viloyatlarining jamoalari qatnashadilar.
1928- yilda II Butun o‘zbek spartakiadasi bo‘lib o‘tdi. Spar-
takiadada Toshkent erkaklar va ayollar jamoalari birinchi o‘rinni
egalladi. Bu bellashuvda Moskvada o‘tkaziladigan Butunittifoq
spartakiadasiga qatnashadigan terma jamoa a’zolari aniqlandi.
Butunittifoq spartakiadasida O‘zbekiston basketbolchilari birin-
chi xalqaro uchrashuvni o‘tkazdilar. Ular Fransiya terma jamoasi
bilan
uchrashib, 49 : 12 (erkaklar) va 24 : 12 (ayollar) hisoblar bilan
g‘alaba qozondilar.
1929- yildagi shaharlar birinchiligi uchun olib borilgan kurash-
ga ishlab chiqarish jamoalari bilan bir qatorda, oliy o‘quv yurtla-
rining jamoalari ham qatnashdilar. Shu yildan boshlab basketbol
Butun o‘zbek spartakiadasi dasturiga kiritildi va muntazam ravish-
da respublika birinchiliklari o‘tkazila boshlandi. 1934-
yilda bas-
ketbol bo‘yicha o‘tkazilgan birinchi O‘rta Osiyo spartakiadasida
esa O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari birinchi o‘rinni
egalladi.
Respublikamiz basketbolchilari O‘rta Osiyo respublikalari va
Qozog‘iston o‘rtasida o‘tkazilgan hamma spartakiadalarda 1952-
7
yilgacha birinchilikni qo‘ldan bermadilar. 1952- yilda va undan
so‘ng ham ayollar jamoasi 1973- yilgacha Qozog‘iston jamoasini
oldinga o‘tkazib, ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandi.
1939- yilda mamlakatimizda musobaqaning yangi qoidalari
joriy etildi. Bu qoidalar xalqaro musobaqalar qoidalariga moslab
tuzilgandi. Masalan, musobaqalar «toza» o‘yin vaqti bo‘yicha
o‘tkaziladigan bo‘ldi. Jamoalar boshqa
zaxira basketbolchilarga
ega bo‘lishga va bu basketbolchilarni xohlagancha almashtirib
o‘ynashga ruxsat berildi. Yangi qoida bo‘yicha maydon ikki zonaga
bo‘linib, «zona» qoidasi kiritildi. Basketbolchilarning to‘pni orqa
zonada 10 soniyadan ortiq ushlab turishi taqiqlandi.
Yangi qoida bo‘yicha, savatiga to‘p tushgan jamoa baskebolchi-
lari o‘yini markazdan emas, balki to‘pni o‘z zonalarining shchiti
ortidagi chiziq orqasida o‘yinga kiritadigan bo‘lishdi. Jarima to‘pi-
ni endi «jabrlangan» basketbolchining o‘zigina bajaradigan bo‘ldi.
Yangi qoidalar qo‘lanishi o‘yinni birmuncha tez olib borishga,
o‘yin texnikasi va taktikasining takomillashuviga olib keldi. Res-
publikaning kuchli baketbolchilari to‘pni ko‘krakdan ikki qo‘llab
va yelkadan bir qo‘llab uzatish kabi usullarni qo‘llay boshladilar.
Mahalliy millat erkaklar jamoalari o‘rtasidagi respublika
chempionati 1945- yilda Andijonda bo‘lib o‘tdi. Musobaqalarda
4
jamoa qatnashib, birinchi o‘rinni Samarqand, ikkinchi o‘rinni
Namangan, uchinchi o‘rinni Andijon, to‘rtinchi o‘rinni Toshkent
jamoalari egalladi.
1945- yilda Toshkentda III Butun o‘zbek spartakiadasi bo‘lib
o‘tdi. Spartakiadaning basketbol turnirida 7 tadan ayollar va erkak-
lar jamoalari qatnashdi. Birinchi o‘rinni Toshkent shahrining ayol-
lar va erkaklar jamoalari egalladi.
1946- yilda Andijon mahalliy millat erkaklarning jamoalari
o‘rtasida ikkinchi respublika chempionati o‘tkazildi.
1946- yilda o‘zbek basketbolchilari sobiq Ittifoq birinchiligi ning
II guruhida qatnashib, ayollar 6- o‘rinni, erkaklar esa 11- o‘rinni
egalladi.
8
1947- yilda mahalliy millat erkaklar jamoalari o‘rtasida
uchin-
chi respublika chempionati o‘tkazildi.
Xullas, 1946–1960- yillar respublikada basketbol o‘yinining
rivojlanishida muhum bosqich bo‘ldi.
1960- yildan boshlab O‘zbekistonda basketbolining rivojlani-
shida yangi bosqich boshlandi. Bu davrda ko‘plab yangi musoba-
qalar tashkil qilindi, sport mashg‘ulotlarini yil bo‘yi muntazam olib
borish yaxshi yo‘lga qo‘yildi.
1960–1966- yillarda Toshkentning «Mehnat» jamoasi tuzildi va
jamoa bazasida tuzilgan respublika ayollar terma jamoasi yuqori
natijalarga erishdi. Jamoa a’zolari 1961- yildan boshlab sobiq It-
tifoq chempionatining «A» klassi bo‘yicha musobaqalarda qatna-
shish huquqiga ega bo‘ldilar.
1965- yil sobiq Ittifoq birinchiligida «Mehnat» ayollar jamoa-
si 4- o‘rinni egalladi. Bu musobaqalarda jamoaning hay’at a’zosi
R. Salimova, T. Volnova, R. Belausova, N. Chernishova, A. Is-
nova va T. Tomina O‘rta Osiyo respublikalari va Qozog‘iston xo-
tin-qizlari o‘rtasida birinchi bo‘lib basketbol bo‘yicha
sobiq Ittifoq
sporti ustasi normasini bajardilar.
1972- yildan boshlab O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya ins-
tituti «SKIF» jamoasi bo‘lib sobiq Ittifoq birchiligida qatnashib
keldi.
1972- yilda basketbol bo‘yicha «Universitet» erkaklar jamoasi
tashkil etildi.
Do'stlaringiz bilan baham: