19
Aytgancha, mis so‘zining slavyan tillaridagi tarjimasi, xususan, ruschadagi «
med»
(
медь), ukrainchadagi
mid, polyakcha
miedž, chex tilida
mêd′ kabilarning ildizi ham, o‘sha
nemischa
smȋda so‘ziga borib taqaladi.
Mis elementining lotincha nomi –
cuprum - O‘rta Yer dengizidagi Kipr oroli nomi bilan
bog‘liq. Kiprda eramizdan avvalgi III asrdayoq yirik mis rudalari o‘zlashtirilgan va u yerdan
katta miqdorda mis qazib olinar edi. Aynan orol nomidan ushbu metallga ham atama yasab
olingan. Yunon tilida Kipr orolini
Kypros deb ataladi. Kyparis esa o‘z navbatida yana boshqa
bir yunoncha so‘z –
kyparisos - «kiparis» so‘zi bilan bog‘liq. Rimliklar misni
aes Cuprium deb
nomlashgan. Ularning tilida bu so‘z «
Kiprdan keltirilgan metall» degan ma’noni anglatgan.
Keyinchalik, ushbu so‘z
cuprum ko‘rinishigacha qisqarib, biroz o‘zgarib qolgan. Hozirda ham
ayrim Yevropa tillarida misni lotincha talqini, ya’ni, cuprum ga yaqin tarzda qo‘llaydigan
holatlar mavjud. Masalan, rumin tilida misni
cupru deyiladi. Uels mahalliy aholisi tilida esa
mis
copr deyiladi. Inglizcha
copper, nemischa
kupfer, gollandcha
koper, fincha
kupari,
islandcha
kopar, fransuzcha,
cuivre, ispancha va portugalcha
cobre, basklar tilidagi
kobrea
so‘zlari ham misni anglatadi va ular o‘sha – lotincha
cuprumdan yasalgan. Shunisi qiziqki,
Bolqon xalqlarida misni tamomila boshqacha, ya’ni, «
bakar» tarzida aytiladi. Boltiqbo‘yi
xalqlarida ham mis o‘zaro o‘xshash tarzda, ya’ni,
varš (latishlarda), yoki,
varis (litvaliklarda)
hamda
vask (estonlarda) tarzida yuritiladi. Italyanlar misni
rame, vengrlar
rêz, Maltaliklar esa
ram deyishadi. Yunonchasiga esa mis
chalkos deyiladi. Mis kolchedani (CuFeS
2
), ya’ni,
xalkopirit
mineralining nomi ham shu, yunoncha «
xalkos»dan kelib chiqqan.
Temir
Ushbu so‘zning kelib chiqishi ma’lum emas. Eski turkiy tillarda, xususan O‘rxun
obidalarida «temur» shaklida ishlatilgan. Temirning inglizchasi
iron, nemischasi
eisen va
gollandchasi
ijzer («
eyzer» deb o‘qiladi) qadimgi sanskritcha «
ishir», ya’ni, «qattiq»,
«mustahkam» so‘zlarini anglatuvchi so‘zdan yasalgan. Temirning lotinchasi
ferrum – lotin
tilida nafaqat temirning o‘zini, balki, «qattiq» degan ma’noni ham anglatadi. Shuningdek,
qadimgi lotin qo‘lyozmalarida qurol-yarog‘ni ham
ferrum deyilgan. Qator Yevropa tillaridagi
temir so‘zi aynan lotin tilidagi
ferrumdan kelib chiqqan. Masalan, fransuzcha
fer, italyancha
ferro, ispancha
hierro so‘zlarining ildizi shunga borib taqaladi. Shuningdek, ferritlar,
ferrosilitsiy, ferromagnetizm, ferrotsen singari ilmiy terminlarning kelib chiqishi ham ushbu
lotincha so‘z bilan bog‘liq.
Temirning tabiiy karbonati
siderit deb nomlanadi. Bu yunoncha «
sidereus» so‘zidan
kelib chiqqan bo‘lib, uning ma’nosi «yulduzli», «yulduzdan» degan so‘zlarga to‘g‘ri keladi va
uni shuningdek «samoviy» deb ham talqin qilish mumkin. Qadimgi odamlar tabiatda to‘qnash
kelgan ilk temir haqiqatan ham osmondan tushgan bo‘lgan. Uni Yerga meteorit bilan birga
tushgan deb taxmin qilishadi olimlar. Mallasoch odamlarning sochini ushbu rangda bo‘lishiga
sababkor pigment –
trixosiderining nomi ham ushbu yunoncha so‘z bilan aloqador bo‘lib, bu
pigment orqali hosil qilingan rangni hatto vodorod peroksid bilan ishlov berish orqali ham
ketkazish qiyin.
Temirning baland haroratli chegaraviy-markazlashgan kubik modifikatsiyasi, hamda,
temirning γ-fazasiga
uglerod
li qattiq qorishma kiritilishi
austenit deyiladi. Austenit hech
20
qanday lotincha yoki yunoncha so‘z bilan bog‘liq emas. Aksincha, u 1843-1902 yillarda yashab
o‘tgan ingliz metallurgi Uilyam Chandler Roberts-Ostinning familiyasi bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: