Jo`rayeva A


Oqsillarning muhim belgilari



Download 26,61 Mb.
bet8/303
Sana25.02.2022
Hajmi26,61 Mb.
#462405
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   303
Bog'liq
O. O. Obidov Biokimyo darslik oxirgi

Oqsillarning muhim belgilari. Oqsillar yuqori molekulali, tarkibida azot saqlovchi organik birikmalar bo`lib, peptid bog`lari yordamida birlashgan aminokislotalar zanjiridan tashkil topgan, murakkab tuzilishga ega bo`lgan moddalardir.
Oqsillarga xos muhim belgilar quyidagilardan iborat:

  1. tarkibidagi azot miqdorini doimiy (quruq vazninig 16 % i ) bo`lishi;

  2. tuzilish birligi bo`lgan aminokislotalardan hosil bo`lishi;

  3. peptid zanjirida aminokislotalarni birlashtiruvchi peptid bog`larining mavjudligi;

  4. yuqori molekula og`irligiga ega bo`lishi (4 – 5 mingdan bir necha million daltongacha);

  5. oqsillarning fizik-kimyoviy va biologik xossalarini belgilab beruvchi polipeptid zanjirning murakkab tuzilganligi.

Oqsillarning tarkibidagi elementlar. Birinchi belgisi oqsildagi elementlar tarkibiga bog`liq (oqsil quruq massasiga nisbatan % larda):
uglerod………..51-55 vodorod………………….6-7
kislorod……….21-23 oltingugurt………………0,3-2,5
azot……………15-18 anorganik moddalar…….0-0,5

Ko`pchilik o`simlik, hayvon va mikroblar oqsili tarkibida azot miqdori boshqa elementlardan farqli o`laroq doimiy – taxminan 16 %; ushbu raqam bo`yicha oqsilning miqdorini hisoblash mumkin: tahlil natijasida topilgan azot miqdorini 6,25 koeffitsiyenti (100:16=6,25) ga ko`paytiriladi. Lekin ba’zi oqsillar uchun bu ko`rsatkich mos kelmaydi. Masalan, protamin tarkibida azot miqdori 30% ga yetadi, shunga ko`ra oqsilni elementar tarkibi bo`yicha azot tutuvchi boshqa moddalardan aniq ajratish qiyin.


Oqsillarning struktura tarkibi yoki monomerlarini kislotali gidroliz yo`li bilan aniqlash mumkin. Bu usuldan ko`proq oqsil tarkibini o`rganishda foydalaniladi. L-qatoridagi α-aminokislotalar oqsil monomerlari hisoblanadi. Aminokislotalar zanjirda kovalent peptid bog`lari bog`lanadi.
Oqsillarning molekula og`irligi. Oqsillarning molekula massasining kattaligi ularning muhim xossasi hisoblanadi. Barcha polipeptidlarni zanjirining uzunligiga qarab uch guruhga bo`lish mumkin:

  1. peptidlar – 2-10 ta aminokislota;

  2. polipeptidlar – 10-40 ta aminokislota;

  3. oqsillar – 40 tadan ortiq aminokislotadan tashkil topgan.

Agar har bir aminokislota molekula og`irligini o`rtacha 100 deb qabul qilinsa, unda peptidlarning molekula og`irligi - 1000, polipeptidlarniki - 4000, oqsillarniki esa 4000-5000 dan bir necha millionga yaqinlashadi.

Download 26,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish