Jizzax davlat pеdagogika instituti


Davlat xizmatini o'tash sharoitlariga



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/95
Sana23.06.2021
Hajmi1,31 Mb.
#99497
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95
Bog'liq
m am u r i y x u q u q fanidan

Davlat xizmatini o'tash sharoitlariga esa quyidagilarni kiritishimiz mumkin: 
•    xizmat  vaqtining,  har  yilgi  mehnat  ta'tilining  davomiyligi;  qo'shimcha  mehnat 
ta'tillari; 
•  xizmatchilarning pul ta'minoti; 
•  imtiyozlar, kafolatlar va kompensatsiyalar; 
•  davlat ijtimoiy sug'urtasi; 
•  xizmat uyi, xizmat avtotransporti bilan ta'minlash tartibi; 
•  xizmat safarida bo'lganda ijtimoiy-maishiy va texnik-xususiyatdagi xizmatlar. 
Davlat-xizmat  huquqiy  munosabatlarining  vujudga  kelishida  ikki  asosiy  huquqiy 
hujjatni: birinchidan, mehnat shartnomasi; ikkinchidan, fuqaroni davlat xizmatidagi davlat 
lavozimiga tayinlash to'g'risidagi buyruqni farqlay olish lozim. 
Fuqaroning davlat xizmatiga kirishi mehnat shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. 
O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga binoan mehnat shartnomasi xodim bilan 
ish  beruvchi  o'rtasida  muayyan  mu-taxassislik,  malaka,  lavozim  bo'yicha  ishni  ichki 
mehnat  tartibiga  bo'ysungan  holda  taraflar  kelishuvi,  shuningdek,  mehnat  to'g'risidagi 
qonunlar  va  boshqa  normativ  hujjatlar  bilan  belgilangan  shartlar  asosida  haq  evaziga 
bajarish haqidagi kelishuvdir. 
Davlat  xizmatida  mehnat  shartnomasi  quyidagi  maqsadda  dastlabki  sinov  sharti 
bilan  ham  tuzilishi  mumkin:  xodimning  topshirilayotgan  ishga  layoqatliligini  tekshirib 
ko'rish;  xodim  mehnat  shartnomasida  shartlashilgan  ishni  davom  ettirishning  maqsadga 
muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi. 


 
58 
Dastlabki sinovni o'tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo'lishi lozim. 
Bunday shartlashuv bo'lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb 
hisoblanadi. 
Homilador  ayollar,  uch  yoshga  to'lmagan  bolasi  bor  ayollar,  korxona  uchun 
belgilangan  minimal  ish  joylari  hisobidan  ishga  yuborilgan  shaxslar  ishga  qabul 
qilinganda,  shuningdek,  olti  oygacha  muddatga  ishga  qabul  qilish  haqida  xodimlar  bilan 
mehnat shartnomasi tuzilganda dastlabki sinov belgilanmaydi. 
Dastlabki  sinov  muddati  uch  oydan  oshib  ketishi  mumkin  emas.  Vaqtincha 
mehnatga  qobiliyatsizlik  davri  va  xodim  uzrli  sabablarga  ko'ra  ishda  bo'lmagan  boshqa 
davrlar dastlabki sinov muddatiga kiritilmaydi. 
Dastlabki  sinov  davrida  xodimlarga  mehnat  to'g'risidagi  qonun  hujjatlari  va 
korxonada  o'rnatilgan  mehnat  shartlari  to'liq  tatbiq  etiladi.  Dastlabki  sinov  davri  mehnat 
stajiga kiritiladi. 
Dastlabki sinov muddati tugagunga qadar har bir taraf ikkinchi tarafni uch kun oldin 
yozma ravishda ogohlantirib, mehnat shartnomasini bekor qilishga haqlidir. Bunday holda 
ish  beruvchi  mehnat  shartnomasini  sinov  natijasi  qoniqarsiz  bo'lgandagina  bekor  qilishi 
mumkin. 
Agar  dastlabki  sinov  muddati  tugagunga  qadar  taraflardan  birortasi  ham  mehnat 
shartnomasini  bekor  qilishni  talab  qilmagan  bo'lsa,  shartnomaning  amal  qilishi  davom 
etadi va bundan keyin uni bekor qilishga umumiy asoslarda yo'l qo'yiladi. 
Davlat 
xizmatini 
o'tashdagi 
asosiy 
elementlardan 
yana 
biri-bu 
davlat 
xizmatchilarining  xizmat  bo'yicha  harakatlanishidir.  Davlat  xizmatchilarining  xizmat 
bo'yicha harakatlanishi quyidagicha bo'lishi mumkin: 
- xodimning xizmat bo'yicha harakatlanishi maqsadida yuqori lavozimni egallashi; 
-  bir xil ahamiyatdagi lavozimni egallashi; 
- quyi lavozimga o'tkazilishi; 
-    o'qishga  kirishi  munosabati  bilan  lavozimidan  ozod  qilish,  shuningdek,  o'qishni 
tamomlaganidan so'ng lavozimga tayinlanishi. 
Davlat  xizmatchisining  xizmat  (lavozim  yoki  mansab)  bo'yicha  harakatlanishi 
tegishli rahbarning buyrug'i bilan rasmiylashtirilishi 
lozim. 
Davlat  xizmatini  takomillashtirish  va  tartibga  solishni  xizmatchilarni  doimiy 
attestatsiyadan o'tkazishsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Attestatsiya qoidalarini ishlab chiqish 
va  o'tkazish  tartibi  hamda  xizmat  bo'yicha  harakatlanish  bevosita  bog'liq  bo'lgan 
jarayonlardir. 
Davlat  xizmatini  o'tashda  davlat  xizmatchilarining  attestatsiyasidan  o'tkazish 
huquqiy  instituti  katta  ahamiyatga  egadir.  Mazkur  huquqiy  institut  O'zbekiston 
Respublikasining turli qonun hujjatlari bilan tartibga solingan. 
Davlat  xizmatchilarini  attestatsiyadan  o'tkazish  to'g'risida  gapirishdan  oldin  shuni 
alohida  ta'kidlab  o'tish  lozimki,  yuridik  adabiyotlarda  bu  masala  unchalik  yoritib 
berilmagandir. 
Attestatsiya,  tor  ma'noda,  xizmatchilarning  professional,  ish-chanlik  va  shaxsiy 
xislatlariga  baho  berish,  uning  xizmat-lavozim  talablariga  mos  kelishini  tekshirish 
maqsadida o'tkaziladi. 
Attestatsiya keng ma 'noda, quyidagi asosiy vaiifalarni amalga oshiradi: 
1) amaliyotda davlat xizmati tamoyillariga rioya etish; 


 
59 
2)  davlat xizmati tizimida qonuniylikni ta'minlash; 
3) davlat organlarining professional kadrlar majmuasini tashkil 
etish; 
4)  davlat  xizmatchisining  xizmat  bo'yicha  harakatlanishi  maqsadida  ularning 
potensial imkoniyatlarini aniqlash; 
5)  davlat xizmatchisiga javobgarlik choralarini qo'llash; intizomni va javobgarlikni 
oshirish; 
6) xizmatchilarning xizmat zinapoyasi bo'yicha harakatlanishini ta'minlash; 
7)  davlat xizmati muvozanatini ta'minlash; 
8) davlat xizmatchilarining malakasini oshirishni tartibga solish; 
9)    davlat  xizmati  tizimida  huquqbuzarliklarga  va  korrupsiyaga  qarshi  kurash  va 
ogohlantirish va boshqalar. 
Attestatsiya davlat xizmatchilarining professional xislatlariga baho berishdir. Ayrim 
hollarda  attestatsiya  aniq  maqsadlarga  erishish  va  aniq  qo'yilgan  vazifalarni  hal  etish 
maqsadida ham o'tkazilishi mumkin. 
Davlat  xizmatchilarini  attestatsiyadan  o'tkazishni  tashkil  etish  organlarning 
rahbarlari  zimmasiga  yuklatiladi.  Attestatsiyani  o'tkazish  maqsadida  attestatsiya 
komissiyasi  tuziladi,  attestatsiya  o'tkazish  jadvali  tasdiqlanadi, attestatsiyadan  o'tkazilishi 
lozim  bo'lgan  shaxslar  doirasi  belgilanadi  hamda  attestatsiya  komissiyasi  uchun  zarur 
bo'lgan hujijatlar tayyorlanadi. 
Attestatsiya  natijalariga  ko'ra  davlat  xizmatchilariga  quyidagiuch  turdagi  baho 
berilishi mumkin: 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish