g) Xuquqiy munosabat - irodaviy munosabatdir. Ma'lumki, xuquqiy normalarda
muayyan davlat irodasi ifoda etiladi. Shu bilan birga huquqiy munosabat vujudga kеlishi
uchun uni ishtirokchilarining ham irodasi talab qilinadi. Shunday huquqiy munosabatlar
borki, ularning vujudga kеlishi uchun barcha ishtirokchilar irodasi bayon etilishi lozim.
Aytaylik, nikoqga kirayotgan qar ikki tomon o’z irodasini bildirishi yoki oldi-sotdi
munosabati sotuvchi bilan xaridor xoqish-irodasi tufayligina amalga oshishi mumkin.
Ba'zi xuquqiy munosabatlarda bir tomon iroda bayon etsa, еtarli xisoblanadi. Bunday
xuquqiy munosabatlar, xususan, ma'muriy ishlar yoki xuquqni muqofaza etuvchi idoralar
amri bilan ko’zqatiladigan jinoyat ishlari bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |