Qoida buzarliklar-jazolar
Agar o’yinchi to’pni yon chiziqdan o’yinga kiritgandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pga tegsa(faqat qo’li bilan emas):
o’yin Qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi kerak. *
Agar o’yinchi to’pni yon chiziqdan o’yinga kiritgandan so’ng, to’pga boshqa o’yinchi tegmasdan turib ikkinchi marta to’pni atayin qo’li bilan o’ynasa:
o’yin Qoidasi buzilgan joydan raqib jamoa foydasiga jarima to’pi belgilanishi kerak;
agar o’yinchi o’z jarima maydonchasida to’pni qo’li bilan o’ynagan bo’lsa, 11- metrlik jarima to’pi belgilanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |