HALQARO KENGASh QARORI
Qaror 1
Agar darvozabon o’z jarima maydonchasi ichida qo’lidagi o’yin holatidan chiqmagan to’p bilan raqib jamoa o’yinchisiga zarba bersa yoki bunga harakat qilsa, uchrashuv xakami 11-metrlik jarima to’pi belgilashi kerak.
Qaror 2
Ogoxlantirish yoki maydondan chetlatish bilan jazolanuvchi qoidabuzarlikka yo’l qo’ygan o’yinchi, qoidani qaerda (maydonda yoki maydon tashqarisida) va kimga nisbatan (raqib o’yinchiga, jamoadoshiga, bosh hakamga, yordamchi hakamlarga yoki boshqa shaxsga) nisbatan buzganligidan qat’iy nazar, o’yin Qoidalariga binoan jazolanishi kerak.
Qaror 3
Darvozabon to’pni egallab oldi deb hisoblash uchun, u to’pga qo’lining istalgan qismi bilan to’pga tegib turgan vaziyatda bo’lishi kerak. Bundan tashqari, darvozabon o’zi tomon harakatlanayotgan to’pni oyoqlari bilan qisib olgan holatda ham to’pni darvozabon egallab oldi deb xisoblanadi. Lekin, xakamning fikriga ko’ra, to’p tasodifan darvozabonning qo’llaridan chiqib ketsa, masalan darvoza tomon yunaltirilgan zarbani qaytarishda darvozabon to’pni qo’llarida ushlab qola bilmasa, darvozabon to’pni egallab oldi deb hisoblanmaydi.
Darvozabon to’pni 5-6 sekunddan uzoq vaqt davomida qo’llarida yoki tanasiga qisgan holda ushlab tursa, o’yin vaqtini cho’zganlikda ayblanadi.
Qaror 4
12 – Qoidaning ko’rsatmalariga binoan o’yinchi to’pni boshi, ko’kragi, tizzasi va x.k. orqali o’z darvozaboniga etkazib berishi mumkin. Biroq, hakamning fikriga ko’ra, agar o’yinchi o’yin paytida ongli ravishda 12 – Qoidada belgilab qo’yilgan cheklovlarni oshib o’tishga harakat qilsa, u sport qoidalariga xilof ravishda harakat qilganlikda ayblanadi. Bunday xollarda o’yinchi sariq kartochka ko’rsatish orqali ogoxlantirilib, raqib jamoa foydasiga o’yin Qoidasi buzilgan joydan erkin zarba belgilanadi.
Jarima yoki erkin zarbani amalga oshirish vaqtida 12-qoidaga asosan cheklashlarni aylanib o’tish maqsadida akrobatik harakatlar amalga oshirilsa, o’yinchi hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirishi va zarba qaytatdan ijro etilishi lozim.
Yuqorida ko’rsatilgan holatda keyinchalik darvozabonning to’pga tegish yoki tegmasligi axamiyat kasb etmaydi. Chunki bunday hollarda o’yin Qoidasini darvozabon emas, balki o’yinchi buzgan deb topiladi, ya’ni u 12 – Qoidaga rioya kilmaganlikda ayblanadi.
Qaror 5
To’pni orqadan raqib o’yinchiga jaroxat etkazish xavfi bilan egallab olish uchun harakat qilish qo’pol qoida buzilishi sifatida jazolanishi kerak.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan 5 – Qarorda, bunday qoida buzilishga yo’l qo’ygan o’yinchi 12 – Qoidaning 1-bandi, ya’ni «Maydondan chetlatish» bandiga asosan
maydondan chetlatilishi (kizil kartochka) kerakligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |