11-metrli jarima to‘pi
Bo‘limning so‘nggi daqiqalarida yoki qo‘shimcha vaqtning oxirida belgilangan 11 metrli jarima to‘pini bajarish uchun vaqt berilishi shart.
Qo‘shimcha bo‘limlar
Musobaqa reglamentiga ko‘ra kerakli vaziyatlarda qo‘shimcha yana 2 ta bo‘lim o‘tkazilishi mumkin. Ushbu bo‘limlarda 8-Qoidaga rioya qilgan holda o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
To‘xtatilgan uchrashuv
To‘xtaligan uchrashuv qaytatdan to‘liq o‘tkaziladi, agar musobaqa reglamentida boshqacha karor qabul qilinmagan bo‘lsa.
Uchrashuv boshlanish arafasida
Har bir uchrashuv boshlanish arafasida ikki jamoa sardorlari orasida tanga orqali qur’a tashalanadi va qur’ada g‘olib chiqqan sardor jamoa uchun (birinchi bo‘limda) darvoza tanlash huquqini qo‘lga kiritadi.
Raqib jamoa esa o‘yinni boshlab beradi.
Qur’ada g‘olib chiqqan jamoa esa ikkinchi bo‘limni boshlab beradi.
Ikkinchi bo‘limda jamoalar o‘z darvozalarini almashtirishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |