Qoida buzilishi - bu qoidalarga rioya qilmaslikdir. Bunda qoidani buzgan jamoa tomonidan to’pning yo’qotilishi jazo bo’lib hisoblanadi.
Fol - bu qoidalarga rioya qilmaslik. U qoidani buzgan o’yinchi nomiga yoziladigan va qoidaning moddalari shartlariga muvofiq munosib darajada jazolanadigan raqib bilan shaxsiy muloqotni yoki sportchilarga zid bo’lgan xatti- harakatlarni o’z ichiga oladi.
Shaxsiy fol - bu to’p o’yinda jonli yoki jonsiz bo’lishi yoki bo’lmasligidan qat’iy nazar, raqib bilan to’qnashuvni sodir qilgan o’yinchiga berilgan foldir.
O’yinchi qo’llari, elkalari, sonlari va tizzalarini qo’yib, o’z tanasini odatdagidan tashqari holatda bukib, raqibning harakatlanishiga xalaqit berishi, to’qnashishi, oyog’idan chalishi, itarishi, oyog’idan ushlab qolishi, yo’lini to’sishi hamda qanday bo’lsa ham qo’pol taktika qo’llashi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |