Жиззах давлат педагогика институти ректори проф



Download 492,11 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana13.07.2021
Hajmi492,11 Kb.
#118262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
buyuk geografik kashfiyotlar va toponimika

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 


 

 

18 



II-BOB. BUYUK GEOGRAFIK KAShFIYOTLAR DAVRIDA SAYOH-

OLIMLAR TOMONIDAN BAJARILGAN IShLAR. 

 

2.1. XRISTOFOR KOLUMBNING BUYUK GEOGRAFIK  KAShFIYOTLAR DAVRIDA 

BAJARGAN IShLARI 

 

Buyuk  geografik  kashfiyotlar  davrining  eng  buyuk  kashfiyoti  shubhasiz 

Amerikaning  kashf  etilishidir.  Bu  ishni  amalga  oshirgan  odam  Xristofor  Kolumb 

1451 yilda Genuyada tug’ilgan. Portugaliya qirg’oqlarida kema halokatidan omon 

qolgan Kolumb Portugaliyada qolib, dengizchilik ilmini o’rganadi. G’arb tomonga 

suzib Osiyo qirg’oqlariga yetib borish fikri shu yerda tug’iladi.  

1485  yilda  bu  fikrni  u  qirolga  taqdim  etadi  va  rad  javobini  oladi.  Shundan 

so’ng u  Ispaniyaga borib  o’z  g’oyasini  amalga  oshirish uchun 7  yil ruxsat kutadi. 

Nihoyat  qirol  uni  qabul  qilib,  u  bilan  shartnoma  tuzadi.  Shartnomaga  ko’ra  agar 

muvaffaqiyat qozonilsa, X.Kolumb yangi ochilgan yerlarning hukmdori, vise-qirol 

va  admiral  unvonini  olishi,  barcha  daromadlarning  1/10  ga  egalik  qilishi, 

ekspedisiya  xarajatlarining  1/8  qismini  va  savdo  xarajatlarining  ham  1/8  qismini 

to’lashi kerak bo’lar edi.  

1492  yil  3  avgustda  2  ta  karavella  “Pint’ya”  va  “Nin’ya”  hamda  flagman 

“Santa-Mariya”  og’ir  kemalari  Palos  portidan  yo’lga  chiqdi  va  3  kundan  so’ng 

Kanar orollaridan o’tib ochiq okeanga chiqdi. Ta’kidlash lozimki, ekspedisiyaning 

muvaffaqiyatiga  deyarli  hyech  kim  ishonmagan,  kemalar  ekipajini  to’plash  ham 

juda  qiyin  kechgan.  X.  Kolumb  bu  ekspedisiyada  Toskanellining  dunyo  kartasini 

asos  qilib  olgan.  Uningcha,  qisqa  muddatda  Yapon  orollariga  yetib  borilishi  va 

janubga  suzib  Xitoy  qirg’oqlari  bo’ylab,  Marko  Poloning  marshrutini  takrorlagan 

holda Hindistonga yetib borilishi kerak bo’lgan.  

Umuman X. Kolumbning birinchi suzishi  omadli deb hisoblanadi. Yo’lovchi 

shamol  2  hafta  davomida  esib  turgan, 16 sentyabrda  ko’plab  suv  o’tlariga  duch 

kelganlar va bu yana umid bag’ishlagan. Lekin bu Sargass dengizining boshlanishi 

bo’lib  quruqlikka  hali  bor  edi.  Ekipaj  orqaga  qaytishni  talab  qila  boshlagan. 7-

oktyabrda  suv  qushlariga  duch  kelgan  Kolumb  dengizchilarni  yana  quruqlik 

yaqinligiga ishontiradi va qushlarga ergashib kemalarni janubi-g’arbga buradi.  



 

 

19 



Bu  ham  omadli  fikr  edi,  chunki  avvalgi  yo’nalishda  ular  Gol’fstrim  oqimiga 

tushib qolgan bo’lar  edilar.  Nihoyat 1492  yil  12  oktyabrda quruqlik  ko’rindi. Bu 

Bagam  orollari  edi.  Osiyoning  sharqiy  qirg’oqlariga  yetganiga  shubha  qilmagan 

Kolumb  janub  tomonga  Yaponiyani  izla  suzib  ketdi.  Kuba,  Gaiti  va  yana  bir 

qancha  orollarni  kashf  etdi.  Gaiti  orolini  Espan’ol  deb  atab,  ispan  koloniyasini 

barpo  qildi. 1493 yilda  Ispaniyaga  qaytib  kelgan  Kolumbga  Dengiz-okeanlar 

admirali  degan  unvon  berildi  va  to’xtovsiz  ikkinchi  ekspedisiyaga  tayyorgarlik 

ko’rila  boshlandi.  Bu  gal  ishchilar,  ruhoniylar,  dehqonlar  ham  olib  ketilishi  kerak 

edi.  

1493  yil  11  oktyabrda  17  ta  kema  yo’lga  chiqdi.  Bu  safar  marshrut 



janubroqdan  olindi  va  Antil  orollariga  yetib  kelindi.  Kolumb  katta  yerni  izlab 

Karib  havzasidagi  orollarni  kashf  qildi  va  ispan  koloniyasiga  qo’shib  oldi. 1496 

yilda  Ispaniyaga  qaytgan  Kolumb  oldiga  aniq  vazifa  oltin  va  ziravorlar  topish 

qo’yildi.  U  uchinchi  ekspedisiyasi  davrida  Trinidad  va  Tobago  orollari  kashf 

qilindi.  

Ammo  oltin  va  ziravor  topilmaganligi  uchun  Kolumb  hibsga  olinib, 

Ispaniyaga  jo’natildi. 1500 yilning  oxirida  oqlandi  va  1502  yilda  4-ekspedisiyaga 

otlandi.  Bu  gal  Markaziy  Amerika  qirg’oqlariga  yetib  borildi  va  2  ming  km. 

masofadagi  qirg’oq  chiziqlari  aniqlandi.  Lekin  oltin  kam  topildi,  ziravorlar  esa 

umuman  yo’q  edi.  X.  Kolumbning  safarlari  juda  katta  ahamiyatga  ega  bo’lsada, 

ispan  qirolligi  uchun  katta  boylik  olib  kelmadi  va  Kolumb  barcha  unvonlaridan 

mahrum bo’lib, 1506 yilda qashshoqlikda vafot etdi.  

Yangi qit’aning Amerigo Vespuchchi nomi bilan atalishini 1507  yilda  nemis 

kosmografi  Martin  Val’dzemyuller  “Kosmografiyaga  kirish”  asarida  taklif  etgan. 

Bu bilan u X. Kolumbning xizmatlarini  yo’qqa chiqarmoqchi  emas  edi. Uning bu 

taklifi  ital’yan  savdogari  Emerigo  Vespuchchining  maktublariga  asoslangan  va  u 

Kolumbni haqiqatdan ham Osiyo qirg’oqlariga yetib borgan deb hisoblagan.  

Vespuchchi esa o’z maktublarini 1497-98 yillar sanasi bilan belgilagan. Lekin 

u  aslida  1502-1503  yillarda  sayohat  qilib,  Janubiy  Amerika  materigining  sharqiy 

qirg’oqlari  bo’ylab  Rio-de  Janeyrogacha  suzib  borgan  va  Osiyo  haqidagi 




 

 

20 



tasavvurlar bilan solishtirib, bu hududlarning aslida  yangi  yerlar  ekanligini  e’tirof 

etgan va Yangi Dunyo deb atashni taklif etgan edi.  

Olimlarning Yer shar shaklida bo’lishi haqidagi taxminlari XV - asrda dengiz 

sayyohlarning  qiziqishini  yanada  oshirdi.  Italiyalik  olim,  astronom  Paolo 

Toskanelli  bu  g’oyadan  kelib  chiqib  dunyo  kartasini  tuzdi.  Kartada  Osiyo  qit’asi 

Atlantika  okeanining  g’arbiy  qirg’oqlarida  tasvirlangan  bo’lib,  olimning  fikricha, 

Yevropa  qirg’oqlaridan  doimo  g’arbga  suzib  Hindistonga  borish  mumkin  bo’ladi. 

Paolo  Toskanelli  yer  ekvatori  uzunligini  xato  tasavvur  qilib, 12 ming  kilometrga 

yanglashgan, Keyinchalik bu xato - buyuk kashfiyotlarga olib keldi. 

XV  -  asrning  oxirida  Ispaniya  ham  yangi  dengiz  savdo  yo’llarini  izlashga 

harakat qildi. Ispaniya qiroli Ferdinand va qirolicha Izabellaga o’zining Toskanelli 

tasdiqlagan  Hindistonga  G’arbiy  dengiz  yo’lini  ochishi  loyihasini  topshirgan 

Xristofor  Kolumb  (1451-1506-yillarda  yashagan)  Italiyaning  Genuya  shahrida 

to’quvchi  oilasida  tug’ilgan.  Xristofor  15  yoshiga  qadar  yaxshigina  ma’lumot 

olgan  edi.  Keyin  oilaviy  sharoiti  tufayli  dengizchilikka  yollanib,  kemalarda 

matrosdan kapitanga qadar bo’lgan  lavozimlarda xizmat qildi. 

Nihoyat, 1492-yili  Ispaniya  qiroli  sayohatga  ruxsat  berdi.  Palos  portidan 

1492-yil  yozida  Kolumb  o’zining  90  kishilik  komandasi  bilan  uchta  “Ninyae, 

“Pinta”  va  “Santa-Mariya”  nomli  kemalarda  dengizga  chiqdi.  Orqadan  esayotgan 

shamol  kemalarni  g’arb  tomonga  tez  haydab  borardi,  Kunlar  ketidan  kunlar, 

haftalar  ketidan  haftalar  o’tdi,  lekin  yer  hamon  ko’rinmasdi.  Saragossa  dengiziga 

yetganda  suv  o’tlari  yerning  yaqinligi  xayolini  tug’dirdi.  Passat  shamollari 

yo’nalishidagi kemalar ildam oldinga suzardi. Yana bir necha kun o’tgandan keyin 

dengizchilarda qo’rquv paydo bo’ldi. Oradan ikki oy o’tgandan so’ng dengizchilar 

talabi bilan kemalar janubi-g’arbga tomon yo’l oldi. Nihoyat, 1492-yil  12-oktyabr 

kuni kechasi kemalardan binning machtasi ustidan matrosriing “Yer!, “Yer!” deya 

baqirgan ovozi eshitildi, 

Ertasiga  kemalar  kichik  bir  orol  yoniga  kelib  to’xtadi.  Kolumb  qirg’oqqa 

Ispaniya  bayrog’ini  tikib,  orolni  qirol  mulki  deb  e’lon  qildi.  Ekspedisiya  a’zolari 

bu  yerdan  oltin  izlab  janub  tomonga  yo’l  oldilar  va  Kuba  hamda  Gaiti  orollarini 




 

 

21 



kashf  qildilar.  Gaiti  qirg’oqlarida  o’zining  eng  katta  kemasidan  ayrilgan  Kolumb 

dengizchilarning  bir  qismini  yangi  qurilgan  Navidad  fortida  qoldirib,  o’zi 

Ispaniyaga qaytdi.  

Keyingi  yillarda  Kolumb  g’arbga  yana  3  marta  sayohat  qildi.  U  Karib 

dengizidagi ko’plab  orollarni kashf qildi. Lekin  omad unga kulib boqmadi, u  o’zi 

izlagan Hindistonning oltin boyliklarini topa olmadi, Yangi qit’a kashf qilinganini 

Kolumb umrining oxiriga qadar bilmagan. O’zi kashf qilgan joylarni Hindiston, u 

yerlar  aholisini  “hindular” (“indeyeslar”)  deb  atadi.  Shu  sababdan  Amerikaning 

ko’plab tillarda gaplashadigan, turli nomdagi xalqlari va qabilalarini adabiyotlarda 

“indeyeslar” deb atash rasm bo’lib ketdi.  

Kolumbdan  keyin  1498-yili  g’arbda  sayohatda  bo’lgan  Amerigo  Vespuchchi 

Kolumb kashf qilgan yerlarning “yangi qit’a” ekanligi haqidagi fikrlarini o’z do’sti 

nemis kosmografi Valdzemyullerga yozib yuborgan. Nemis olimining taklifi bilan 

yangi  qit’a  Amerika  deb  atala  boshlandi.  Xristofor  Kolumbning  nomi  Kolumbiya 

davlatiga,  Amerika  Qo’shma  Shtatlari  okruglaridan  biriga,  ko’plab  shaharlarga, 

universitetga,  tog’,  daryo  va  hatto  fazoni  tadqiq  etish  loyihalaridan  biriga 

qo’yilgan. 

 


Download 492,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish