31-modda. Murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish
Jismoniy yoki yuridik shaxsning iltimosiga ko‘ra murojaatni ko‘rib chiqqan davlat
organi, tashkilot va ularning mansabdor shaxslari murojaatga javobni uning mazmunini
o‘zgartirmasdan tushuntirishi, shuningdek yo‘l qo‘yilgan xatolar va arifmetik xatolarni o‘z
tashabbusiga ko‘ra yoki murojaat qiluvchining iltimosiga ko‘ra, murojaatga javobning
mazmuniga daxl qilmagan holda tuzatishi shart.
Murojaat qiluvchining murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish to‘g‘risidagi
iltimosi u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqiladi.
5-bob. Murojaatlarni ko‘rib chiqishda jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, davlat
Do'stlaringiz bilan baham: |