I . BOB
QISHLOQ XO‘JALIK HAYVONLARINI URCHITISH.
I.1 Uy hayvonlarining kelib chiqishi va evolutsiyasi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarining kelib chiqishini o‘rganish nazariy va
amaliy ahamiyat kasb etadi. Hayvonlarning kelib chiqishini o‘rganish bilan
ulardagi evolutsion jarayonda ro‘y bergan o‘zgarishni ilg‘ash bilan birga amaliy
ahamiyat kasb etadi, ya’ni yovvoyi ajdodlardan foydalanib yangi zotlar yaratish,
mavjudlarini takomillashtirish imkoniyatlarini beradi.
Qishloq xo‘jalik hayvonlarini qo‘lga o‘rgatish va xonakilashtirish bundan
10-12 ming burun ibtidoiy odamlarning yovvoyi hayvonlarni ovlashidan
boshlangan. Ovdan bo‘shashgan va yarador hayvonlarning olib kelinishi, yosh
yovvoyi hayvonlarni turli usullar bilan ushlab ularni qo‘ra yoki g‘orlarda saqlash
qo‘lga o‘rgatishning boshlanishidan dalolat, odamlar ushbu hayvonlarni asosan
zahira go‘sht va hayrat uchun saqlaganlar.
Qo‘lga o‘rgatilgan hayvonlarni odamlar himoya qilgan, oziqlantirilgan,
asragan, lekin ko‘pchilik hollarda ular tutqunlikda avlod bermaganlar,
ayrimlaridan shunday sharoitda ham avlod olingan. Yosh hayvonlar osonroq
qo‘lga o‘rgangan.
Uy hayvonlarining kelib chiqish mintaqalari ularning yovvoyi ajdodlarini
tarqalishiga qarab ro‘y bergan. Asosiy xonakilashtirish mintaqalari bo‘lib Yefrat
va Tigr daryolari vodiysi, Hindiston, Hindixitoy, Xitoy, Shimoliy-Sharqiy
Afrika, Nil daryosining quyi oqimi, Kavkaz orti, Dnepr daryosining quyi oqimi,
Eron va O‘rta Osiyo hisoblanadi.
Ko‘pchilik hayvonlar Osiyoda qo‘lga o‘rgatilib, xonakilashtirilgan (it,
qoramol, ot, qutos, echki, qo‘y, cho‘chqa, bug‘u, ikki o‘rkachli tuya, tovuqlar,
tovuslar, kaptarlar, g‘ozlar, o‘rdaklar, asalari va ipak qurti, Yevropada - it,
qoramol, ot, qo‘y, quyon, cho‘chqa, g‘oz, o‘rdak va asalarilar hisoblanadi.
Amerikada lamalar, kurkalar va muskus o‘rdaklari, Avstraliyada esa faqat nandu
tuyaqushlari xonakilashtirilgan).
Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirilishi qator fanlar va usullar yordamida
ikkilamchi ko‘rsatgichlar asosida o‘rganiladi: arxeologik, anatomik, fiziologik,
etnografik.
Arxeologlar qo‘rg‘onlar, ibtidoiy kulbalar joylarini qazish natijasida
topilmalar chiqqan qatlamlar asosida xonakilashtirilish yoshini aniqlaydilar.
Anatomlar esa qazilmalarda topilgan suyaklarni hayvonlarning suyaklari
bilan solishtirib o‘xshashligini va evolutsiya davomidagi o‘zgarishlarni bilib
oladilar.
Fiziologik usul yordamida xonaki hayvonlar bilan yovvoyi ajdodlarining
oqsil tarkibi, qoni bilan solishtirib ularning kelib chiqishini aniqlash mumkin.
11
Etnografik usul esa ajdodlarimizning hayvonlarning tasviri tog‘, qoya
toshlariga va turli madaniy turmush ashyolarga tushirishiga qarab aniqlanadi,
ya’ni qoya tasvirlar hozirgi hayvonlar tana tuzilishi bilan solishtirib turiladi.
Hayvonlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
A) Yovvoyi hayvonlar-tabiat mahsuloti bo‘lib, himoya tusi, qo‘zg‘aluvchan
nerv tipi, kam mahsuloti va kech yetilishi bilan ta’riflanadi.
B) Qo‘lga o‘rgatilgan hayvonlar-tutqunlikda ko‘payishi va avlod qoldirish
imkoniyatlaridan mahrum (fillar, ov burgutlari).
V) Uy hayvonlari – xonakilashtirilgan va inson mehnati singgan hayvonlar.
G) Qishloq xo‘jalik hayvonlari – xonaki hayvonlar bo‘lib, insonlarning
chorva mahsulotlariga bo‘lgan talablarini qondirish maqsadida ishlab
chiqarishda foydalanadilar.
Ibtidoiy odamlar dastlab osonlikcha qo‘lga o‘rgatish mumkin bo‘lgan
mayda hayvonlarni xonakilashtirishgan. Itlardan keyin 7-8 ming burun qo‘y va
echkilar qo‘lga o‘rgatilgan. Qo‘ylarning yovvoyi ajdodlari bo‘lib muflon, arxar
va argali hisoblanadi. Echkilar qilichsimon va parsimon shoxli hamda ibeks
yovvoyi echkilaridan kelib chiqqan. Bundan 5-6 yil ilgari Osiyo va Yevropa
to‘ng‘izlari xonakilashtirilgan.
Qoramollar eramizdan 5 ming yil oldin xonakilashtirilgan, uning ajdodi –
tur hisoblanadi, faqatgina 4-5 ming yil burun otlar xonakilashtirilgan. Otlarning
ajdodi bo‘lib Prjevalskiy oti va tarpan hisoblanadi. Eshshaklar yovvoyi Afrika
eshshaklaridan kelib chiqqan.
Eramizdan 3-2 ming yil oldin ikki o‘rkachli (bakterian), bir o‘rkachli
(dramedar) tuyalar xonakilashtirilgan. Shimol bug‘ulari esa otlardan oldin
yovvoyi shimol bug‘usidan kelib chiqqan. Quyonlar eramizdan oldingi I asrda
yovvoyi quyonlardan, xonaki o‘rdaklar eramizdan oldingi I asrda yovvoyi-
baqiroq o‘rdaklarni xonakilashtirish natijasida, g‘ozlar yovvoyi kulrang g‘ozdan,
kaptarlar yovvoyi kaptarlar, asalarilar yovvoyi asalaridan, karp baliqlari esa
zog‘ora baliqdan kelib chiqqan.
Xonakilashtirishdan keyin evolutsion jarayonda hayvonlar keskin o‘zgarib
o‘zlarining yovvoyi ajdodlaridan ancha farqlanadilar. Hayvonlar tirik vazni,
mahsuldorligi, tana tuzilishi va tana qismlarining nisbati bilan har xillikga
erishganlar. Ularning yovvoyi ajdodlari tabiiy tanlash oqibatida bir xillikda
bo‘ladi. Xonaki hayvonlar vazni ba’zilarida yovvoyi xillariga nisbatan oshgan
bo‘lsa, ba’zilarida kamayganligiga guvoh bo‘lamiz. Romanov va qorako‘l
qo‘ylari tirik vazni hisor qo‘ylariga nisbatan 2 barobar kam. Simmental zotli
qoramollar jersey zotli qoramollarga nisbatan qariyib ikki barobar ko‘p tosh
bosadi. Skelet o‘zgarib, u yengil, suyaklari bo‘shashib, nimjonlashgan. Xonaki
hayvonlar o‘z qismi qisqargan (qoramol, cho‘chqa, it). Shox yovvoyi
hayvonlarda yirik bo‘lib himoya vazifasini o‘tagan (turda uning uzunligi 1,5 m,
vazni 15 kg bo‘lgan), hozirgi hayvonlarda u kichrayib, ba’zilarida yuqolib
ketgan (aberdin-anguss zoti). Mushaklari bo‘shashgan, noziklashgan, ba’zi
hayvonlarda yog‘ bilan qoplangan (marmar go‘sht). Teri yupqalashgani bilan
12
teri osti kletchatkasi kuchli rivojlangan, ayniqsa, bu hol go‘sht yo‘nalishidagi
hayvonlarga taalluqli (cho‘chqa, qo‘y, qoramol). Terida burmachalar paydo
bo‘lgan.
Ichki a’zolar qator o‘zgarishlarga uchragan. Hayvonlarning mo‘l-ko‘l
oziqlantirish, ayniqsa, yYemdan ko‘p foydalanish cho‘chqalarga ichak
kaltalashib, qoramol va quyonlarda uzaygan.
Yurak hajmi kichiraygan (arxar yuragi xonaki qo‘y yuragidan 2 barobar
hajmi), o‘pka, buyrak faoliyati ancha susaygan. Yovvoyi hayvon asosan bir xil
himoya tusiga ega bo‘lgan bo‘lsa, xonaki hayvonlarda rang-baranglik uchraydi,
oqdan tortib olagacha. Yovvoyi hayvonlar juni dag‘al bo‘lgan, xonaki qo‘ylar
juni uzun va mayinlashgan, ba’zi hayvonlarda jun butunlay yo‘qotilgan (junsiz
cho‘chqalar). Mayin junli qo‘ylarda bir xil faqat tivitdan iborat jun qirqib
olinadi. Evolutsion jarayonda hayvonlar mahsuldorligi keskin oshgan, unga
jussaning kattalashishi, ayrim tana qismlarining keskin rivojlanishi (orqa, bel,
biqin) hayvonlardan ko‘p sifatli, nozik, shirador go‘sht olish imkonini yaratib
bergan. Yovvoyi hayvonlar faqat o‘z bolalarini boqishga yetarli sut ishlab
chiqarganlar, xonaki hayvonlarda sut (sigirlar) 8-12 marta, tovuqlar
tuxumdorligi 10-15 barobar, qo‘ylarning jun mahsuldorligi bir necha barobar
ortgan.
Xonakilashgan hayvonlarda jinsiy va jismoniy balog‘at yoshi ikki barobar
kamaygan, yoki ular tez yetiluvchan bo‘lganlar. Jinsiy faoliyatining
mavsumiyligi yo‘qotilib, yil davomida bola olish mumkin bo‘lib, hayvonlarning
pushtdorligi oshgan. To‘ng‘izlar bir yilda bir marta tug‘ib, 4-6 cho‘chqa bolasi
bergan bo‘lsa, xonaki cho‘chqalar bir yilda 2-2,5 marta tugib, 20-25 cho‘chqa
bolasi beradi. Xonakilashtirish jarayonida hayvonlar asab faoliyati ham
o‘zgarishga uchradi. Ular kam harakat, yuvvosh bo‘lib, hurkaklik va g‘araz
fe’llarini hamda yovvoyi hayvonlar ba’zi shartli va shartsiz reflekslarini
yo‘qotgan.
Xonakilashtirish
jarayonida
ro‘y
bergan
o‘zgarishlarning sababi
quyidagilar hisoblanadi:
1. Harakatlanishning chegaralanishi. Hayvonlarning erkinlikni yo‘qotishi
(chegaralangan joyda saqlash) organizmdagi o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan,
muskullar ishi susayganligi uchun ko‘proq yog‘ to‘planadi, skelet bo‘shashdi,
yurak, o‘pka va boshqa a’zolar faoliyatining pasayishiga sabab bo‘ldi.
2. Oziqlantirish sharoitining o‘zgarishi. Oziqlantirish me’yori va xilining
hayvon talablariga to‘liq javob berishi ularning mo‘tanosib rivojlanishi va
yuqori mahsuldorligiga sabab bo‘ldi.
3. Hayvonlarni odamlar o‘z himoyasiga olishi, ularning bo‘shashishiga,
tabiiy tanlash ta’sirining yo‘qolishiga olib keldi.
4. Insonlar hayvonlarni tanlash natijasida o‘zi uchun kerakli hayvonlarga
erishdi.
13
5. Hayvonlarni bir jug‘rofiy hududdan boshqa hududga, bir qit’adan
ikkinchi qit’aga olib o‘tilishi ularning evolutsion jarayoniga sezilarli ta’sir
ko‘rsatadi.
6. Hayvonlarni favqulotda turli tur, zot, xillarini chatishtirish ularning
shakllanishiga sabab bo‘ldi.
7. Oxirgi XIX asr oxiri va XX asrda hayvonlarni ongli tanlash va juftlash,
yosh hayvonlarni maqsadli o‘stirish ularning shakllanishida asosiy o‘rin tutadi.
Hayvonlar evolutsion jarayonida inson harakatlantiruvchi kuch bo‘lib
maydonga tushgan.
Yer yuzidagi 1500 mingdan ortiq turdagi mavjudotdan inson faqat qishloq
xo‘jalik ishlab chiqarishga faqat 60 turinigina jalb qila oldi xolos, shularga ipak
qurti, asalari va karp balig‘i ham kiradi.
Xonakilashtirilgan hayvonlar ikki tipga mansub:
A) Xordalilar tipi, umurtqalilar kenja tipi; sut Yemizuvchilar, qushlar va
baliqlar sinfi, sut Yemizuvchilar sinfidan.
Jufttuyoqlilar turkumiga (qoramol, qo‘tos, gayal, banteng, buyvol, shimol
bug‘isi, echki, tuya, lama, qo‘y va cho‘chqa);
Yirtqichlar turkumi (it, mushuk); kYemiruvchilar otryadi (quyonlar);
qushlar sinfidan (tovuq, tovus, tustovuq, sesarka, kurka). Suvda suzuvchi
parrandalar turkumidan (o‘rdak va g‘oz). Kaptardoshlar turkumidan (kaptar).
B) Bug‘inoyoqlilar tipi, hashoratlar sinfi, pardaqanotlilar turkimi (asalari);
tangacha qanotlilar turkumi (ipak qurti). Tabiatda hali foydalanilmagan
hayvonot olami vakillari mavjud, shu boisdan xonakilshtirish jarayoni
tugallangan deyish qiyin. Bu jarayon ba’zi mo‘ynali hayvonlar, bug‘ular, loslar,
tuyaqushlar, bedonalar va boshqalarda davom etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |