3. Talab va taklif muvozanati va vaqt omili
A. Marshall talab va taklif qonunini va shunga muvofiq bahoni tahlil qilishga alohida e’tiborni qaratdi. U tahlilni talabdan boshladi: «Sotilishi ko’zda tutilgan tovar miqdori qancha ko’p bo’lsa, unga qo’yiladigan baho shuncha past bo’lishi kerak, negaki u o’z xaridorlarini topa olsin... Baho pasayganda talab qilinadigan tovarlar miqdori ko’payadi, baho oshganda esa – kamayadi. Bunda bahoning pasayishi bilan talabning oshishi o’rtasida qat’iy o’rnatilgan bir xil nisbat bo’lmaydi».
O’z mohiyatiga ko’ra A.Marshall me’yorli foydaliliklar tengligi qonuniga asoslangan holda, foydalilik funktsiyasidan talab egri chizig’ini keltirib chiqargan birinchi iqtisodchi hisoblanadi. U quyidagi ko’rinishda aks ettiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |