7. Qadimgi Rimdagi iqtisodiy qarashlar
Rimning yirik siyosiy arbobi va yozuvchisi Katta Mark Portsiy Katon (m.av. 234–149) o’zining «Dehqonchilik to’g’risida» asarida qishloq xo’jaligini xalq xo’jaligidagi asosiy tarmoq deb hisoblaydi. Katon dehqonchilikni tashkil qilishning eng qulay usulini qo’llashga, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini sotishni tashkil qilishga katta e’tibor berdi. U faqat ortiqcha mahsulotni sotish, xo’jalikda ishlab chiqarish mumkin bo’lmagan narsalarni esa sotib olish zarurligi to’g’risida fikr yuritdi. Zaytun yog’ini eng foydali mahsulot deb hisoblagan. Katon savdogarlar va sudxo’rlar faoliyatiga salbiy munosabatda bo’lgan.
Katon tovar qiymatidan ortiqchasini foyda deb bilgan va qiymatni to’la ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga kiritgan. Masalan, uningcha, barcha «qiymat o’zagini» material sarflari, usta va yordamchilarga to’lanadigan haq tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |