2.Tizimning yaratilishi, unda foydalanilgan g‘oyalar, shakllangan
ko‘nikmalar va qaror qabul qilish.
Tizim yaratilishining barcha imkoniyatlari keng ma’noda “tizimlilik”
deyiladi. Ushbu termin ikkita asosiy ma’noni anglatadi:
1)
Insonga
bog‘liq bo‘lmagan aniqlilik xususiyati, tizimlilikning
ob’ektivlilik bilan mosligini tashkil qiladi;
2)
Insonlar tomonidan to‘plangan xususiyatni o‘zi haqidagi tushunchalarni
anglatadi, ya’ni u o‘zida gnoseologik hodisalarni, turli tabiatli tizimlar to‘g‘risidagi
bilimlarni ifodalaydi.
11
Fan sohasidagi ko‘p jihatli va kordinal yutuqlar, tizimli dunyoqarash va
tizimli tahlilning keng qo‘llanilishi asosida kelib chiqqan. Keyingi yillarda ilmiy
texnikaviy inqilob texnik yangilanishlar yaratishda so‘zsiz tizimli yondashuv
bo‘lib xizmat qildi va nihoyat, ishlab chiqarishning muvaffaqiyatlari ham
tizimlashtirildi.
Qat’iyat bilan shuni aytish mumkinki, XX asr faqatgina atomni kashf qilish
yoki kompyuterni ixtirosi bo‘lib qolmadi.Uning asosiy yutug‘i bu tizim
dunyoqarashini yaratilishi, ya’ni, bilim olishning tizimli metodi, so‘ngra atom
energiyasidan oqilona foydalanish, kompyuter va internetning yaratilishi, va ta’lim,
texnika, ishlab chiqarish, siyosat va madaniyat sohalarida minglab yutuqlarga
erishildi.
SHu yillarda tizimning umumiy va qisman nazariyasi ishlab chiqarila
boshlandi. Keyinchalik, tizimli bilimlarning ajratilgan amaliy sohasi –
sistemotexnika (tizimli texnika) tizimlar to‘g‘risidagi muhandislikka yo‘naltirilgan
bilimga aylandi.
Tizimli tahlil uslubiyatini yanada chuqurroq aniqlab olish uchun u
foydalangan g‘oyalarni ko‘rib chiqamiz.
1- g‘oya. Murakkab ob’ektni o‘rganayotganda asosiy e’tiborni uning ichki
qismlarining tuzilishiga emas, balki obektni boshqa tizimlardagi tashqi aloqalariga
ajratish lozim, garchi oxirgisi istisno qilinmaydi. Misollar bilan aniqlaymiz.
Firmada biror bir muammo paydo bo‘ldi, masalan, sotuv hajmining kamayib
ketishi, daromadning pasayib ketishi va h.k. Muammoning oddiy echishni yo‘li bu
muammoni firmaning ichidan qidirishdan iborat: oldindan yozib qo‘yilgan
texnologik yozuvlar tartibining buzilishi, noto‘g‘ri boshqaruv va h.k. Ammo
omadsizlik firmaning ichida bo‘lmasligi ham mumkin. Tizimli yondashuv ushbu
tizimning (firmaning) echimini ko‘rib chiqarib beradi.
Bu holatda bozorni ko‘rib chiqish haqiqatga yaqinroq hisoblanadi, ya’ni,
iste’molchilar talabini ko‘rib chiqishga kiritish, raqobatchi – firmalar va h.k.,
balkim, bu tizimning yangi kengaytirilishini talab qiladi, masalan, barcha iqtisodiy
tizimlarni ko‘rib chiqish, bu muvaffaqiyatsizlikning sababi moliyaviy holatlarning
12
barqaror emasligi, mamlakatning noto‘g‘ri moliyaviy siyosati va h.k.lar bo‘lishi
mumkin.
Bu sharoitda firmaning ichidagi muvaffaqiyatsizlikning sababini izlash
qoniqarli natija bermaydi yoki oxirigacha doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqish va
yangilashga to‘g‘ri keladigan xususiy qaror qabul qilishga olib keladi.
2-g‘oya.
Murakkab
ob’ektni
o‘rganilayotganda
ustunlik
undan
chiqariladigan strukturaning maqsadi va funksiyalariga beriladi, ya’ni tizimli tahlil
– funksional yondashuvdir.
Bu g‘oyani izohlaymiz. Hayotda ko‘pincha teskari holat bilan to‘qnashishga
to‘g‘ri keladi, ya’ni ob’ektning strukturasi mavjud, u qandaydir funksiyaga ega,
lekin shunga qaramay undan kelib chiqadigan natijani bashorat qilish qiyin.
Vazifasi oldindan ma’lum bo‘lgan texnik tizimlar haqida gap borganda bunday
yondashuv jiddiy xatolikka olib kelmaydi. Inson yoki jamiyatdek murakkab
tizimlar bilan ish olib borilganda an’anaviy yondashuv katta xatoliklarga olib
kelishi mumkin. Gap shundaki, bunday tizimlarning vazifasi oldindan ma’lum
emas va bunday noaniqliklar ularni boshqarishda qo‘shimcha qiyinchiliklar
tug‘diradi. Tizimli tahlil boshqacha yondashuvni taklif qiladi, ya’ni bunda maqsad
(funksiya) mavjud, unga erishish uchun esa qanday struktura kerakligini aniqlash
funksional yondashuv orqali amalga oshiriladi. Bunday yondashuv funksiyalar
qaytarilishi va ularning takrorlanishini istisno etib, optimal echimlarni ishlab
chiqish imkonini beradi.
3-g‘oya. Tizimlar bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni echishda zarur va
bo‘lishi mumkin bo‘lgan, istalgan (kutilgan) va erisha oladigan, samaradorlik va
samaradorlik uchun kerakli bo‘lgan resurslarni solishtirish kerak. Boshqacha qilib
aytganda, doimo talab qilinayotgan natijani olish uchun qanday “narx” to‘lash
kerakligini nazarda tutish kerak. CHunki, biz turli maqsadlarni qo‘yamiz va
bundan ko‘p narsani kutamiz, lekin mavjud resurslarni, ya’ni fizik, intellektual,
moddiy, energetik, moliyaviy, axborot, vaqt va boshqalarni oldindan baholay
olmasak, u holda biz xohish va maqsadlarimizni amalga oshira olmaymiz. Buni
esdan chiqarish esa bajarib bo‘lmaydigan loyihalarga qaysiki aniq natijani
13
bermaydigan o‘zoq muddatli ko‘p sonli dasturlarga olib keladi (bu hayotda eng
ko‘p uchraydi), xayoliy loyihalarga olib keluvchi asoratlar haqida gapirmasa ham
bo‘ladi.
4-g‘oya. Tizimlarda qaror qabul qilishda ko‘rib chiqilayotgan barcha
tizimlar uchun echimning natijalarini hisobga olish kerak, Amaliyotda quydagicha
bo‘lishi kuzatiladi: har qanday darajada qaror qabul qilishdan osoni yo‘qday
bo‘ladi. Bunda quyidagicha fikr kiritiladi: agar menga qiziq bo‘lmasa,
boshqalarning qiziqishlarini nima uchun bilishim kerak? Biroq hisobga olinmagan
tizimlar qiziqishlarning bunday qarorlarini amalga oshirishda ushbu qarorlarga
qarshilik ko‘rsatish boshlanadi va oqibatda bajarilmaydi, qaror qabul qilgan uchun
natija salbiy bo‘ladi. Tizimli yondashuv turli qiziqishlarni hisobga olish va qarorni
ishlab chiqishga boshqa tizimlarni jalb qilish nazarda tutiladi. Jalb qilish natijasida
katta tizim uchun eng yaxshi qarorni va tashkil qiluvchi tizimlar uchun eng yaxshi
mumkin bo‘lgan qarorni olish mumkin bo‘ladi. Bunday yondashuvning
unumdorligini quyidagi fakt tasdiqlashi mumkin: tizimli yondashuv boshqa
rivojlangan mamlakatlarda bo‘lgani kabi keng tarqalgan YAponiyada qaror qabul
qilishda 90% vaqt taaluqli bo‘lganlarning barchasi bilan kelishishiga va 10% uni
amalga oshirishga sarflanadi. Tizimlarni loyihalash bilan yuzaga keladigan
vazifalar orasida tuzilmali va funksional jihatlarini birlashtirish muammolari
muhim hisoblanadi. Murakkab masalalardan biri ierarxik tashkil etishni loyihalash
muammolariga kiradi. Har qanday ko‘p yoki kam murakkab tizimlari ierarxik
prinsipi bo‘yicha tashkil qilingan. Bu axborotni markazlashgan tarzda qayta ishlash
bilan bog‘liq bo‘ladi va qarorlarni qabul qilish axborotning hajmi ko‘pligi,
kechikishi va buzilishlar sababli ko‘p hollarda mumkin emas. Murakkab tizimlarni
ierarxik tashkil etishning afzalliklarini ko‘rsatish uchun quyidagi misolni keltirish
mumkin: ikki usto ming detaldan har biri o‘z usuli bo‘yicha konstruksiyani yig‘adi.
Tizimli usul aniq va uslubiy vazifalarni, tizimli nazariya esa-tushuntiruvchi
va tizimlashtiruvchi vazifalarni tadbiq qiladi. SHu tariqa, tizimlilik aniq faoliyat
instrumenti sifatida, hamma borliqning bilish usullari konkret qurollari sifatida
14
talqin qilinadi. Tizimli nazariya tizimlar haqidagi bilim sifatida ularni to‘playdi,
tartibga soladi turli tabiatli tizimlarni tushuntirishda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |