1
M. Jumayev, M. Sultanov, G.Ergasheva
IXTISOSLASHTIRILGAN
BOSHLANG‘ICH SINFLAR UCHUN
MATEMATIKADAN
DIDAKTIK TOPSHIRIQLAR
Boslang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun matematikadan metodik
qo‘llanma
Toshkent 2014
2
UO‘K
BBK
ISBN
Ushbu metodik qo‘llanma «Sog‘lom bola yili» Davlat dasturi
amaliyotga tadbiq etish asosida zamonaviy ta’lim texnologiyalariga
asoslangan bo‘lib Ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarining
boshlang‘ich sinflarida kuni uzaytirilgan guruhlarning samarali
faoliyatini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Metodik qo‘llanmada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun,
amaldagi
dastur
doirasida
darslikdagi
o‘quv materiallarni
mustahkamlash,
o‘quvchilar mustaqil ishlarini tashkil etish,
o‘quvchilar bilimini reyting baholash maqsadida testlar va didaktik
topshiriqlar to‘plamidan iborat.
Metodik
qo‘llanmadan
Umumta’lim
maktablarining
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari matematika darslari samaradorligini
oshirishga xizmat qilishi uchun amliyotga keng foydalanishlari uchun
mo‘ljallangan.
Taqrizchilar: pedagogika fanlari doktori, professor B. S. Abdullayeva
Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent A.V. Sadikova.
3
SO‘Z BOSHI
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» asosida tuzilgan umumiy o‘rta ta’limning «Davlat ta’lim
standartlari» respublikamizda umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va
rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Binobarin, milliy tiklanish mafkurasiga asoslanishi zarur bo‘lgan
ta’lim-tarbiya, uning yangicha mazmuni va tashkiliy jihatlarini puxta
o‘ylab ish yuritish joizdir. Qonunda ta’kidlangan bilimdonlik va
iste’dodni rag‘batlantirish tamoyili bolalardagi bilim va qobiliyatni
aniqlash hamda yuzaga chiqarishga doir dasturlar tayyorlash va
amalda qo‘llashni taqozo etadi. Umumta’lim maktablari boshlang‘ich
sinflarida asosan matematika fanini chuqur o‘rganishga yo‘nalgan
bo‘lib, zarur dastur darslik va boshqa qo‘llanmalarga bo‘lgan ehtiyoj
yaqqol sezilib turibdi. Ushbu o‘quv–metodik qo‘llanmada darsning
texnologik xaritasidan namunalar, iqtidorli o‘quvchilarni tanlash va
ular bilan ishlash uchun murakkab topshiriqlar, mustaqil ishlar, test
toshiriqlari to‘plamidan iborat.
Mazkur metodik qo‘llanma «Sog‘lom bola yili” davlat dasturining
75-bandi asosida ta’lim texnologiyalarini amalga oshirish yo‘lidagi
ehtiyojlarni qondirish maqsadida tavsiya etiladi. Ixtisoslashtirilgan
umumta’lim maktablarining boshlang‘ich sinflarida kuni uzaytirilgan
guruhlarning samarali faoliyatini tashkil etishda samarali xizmat
qiladi.
Qo‘llanmani yaratishda o‘z maslahatlarini bergan p.f.dok. prof.
B.S.Abdullayeva, Boshlang‘ich sinf darsliklari mualliflari Toshkent
shahar 96-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi N.Abduraxmonova,
26-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi S.Burxonov, Yu. Jabborova,
Surxondaryo viloyati 33-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
G.Jumayeva va boshqalarga o‘z minnatdorchiligini bildiradi.