Islom karimov nomidagi



Download 2,58 Mb.
bet17/120
Sana01.01.2022
Hajmi2,58 Mb.
#289219
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120
Bog'liq
O`zb Yangi tarixi 2021 UMK

Birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo'ysundirilishi mumkin emas. Buning ma'nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish kerak.

Ikkinchidan, o'tish davrida davlat bosh islohotchi bo'lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo'nalishlarini belgilab berishi, o'zgartishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o'tkazishi shart.

Uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo'lishi lozim. Buning ma'nosi shuki, demokratik yo'l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qi-lishi va ularga og'ishmay rioya etishi lozim.

To'rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o'tkazish.

Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta'sirchan choralar ko'rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo'lidagi eng dolzarb vazifa bo'lib keldi va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi.



Beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o'tish obyektiv iqtisodiy qonunlar talablarini hisobga olgan holda, yaqin o'tmishimizdagi

«inqilobiy sakrash»larsiz, ya'ni evolutsion yo'l bilan puxta o'ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

Ana shu muhim qoidalar O'zbekistonning Mustaqil rivojlanish va taraqqiyot yo'liga asos qilib olindi, yangi jamiyatga o'tish dav-rining negizini tashkil etdi. O'tgan davr mobaynida bu qoidalarning amalga oshirilishi respublikada ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni, eng muhimi, bozor munosabatlarini joriy etish yo'lidan izchil harakat qilishni ta'minladi.

  1. O`zbekiston mustaqilligi huquqiy asoslarining yaratilishi.

Davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish bilan bog'liq ko'zda tutilgan vazifalar pirovardini davlat hokimiyatining barcha tarmoqlari va tuzilmalarini (qonun chiqaruvchi, ijroiya va sud hokimiyati), qolaversa, munitsipal hokimiyat tuzilmalarini demokratlashtirish, ularning bir-biridan mustaqil holda ish tutishi tamoyillarini yanada takomillashtirish, davlat hokimiyati vakolatlarini bosqichma-bosqich munitsipal organlarga va nodavlat hamda fuqarolarning o'z-o'zini boshqarish tuzilmala-riga o'tkazib borish kabilar tashkil qiladi. Shu o'rinda fuqarolik jamiyatini barpo qilish g'oyasi Prezident tomonidan O'zbekistonning davlat mustaqilligi e'lon qilingan dastlabki yillardanoq rivojlantiri-lib kelinganligini aytish joiz. Xususan, Yurtboshimiz o'zining birinchi chaqiriq Oliy Majlisning 1-sessiyasidagi «Demokratiya - bosh yo'limiz» nomH .ma'ruzalarida bu masalaga keng urg'u berib, «Bu-gun biz qanday davlat qurayapmiz? Uning siyosiy va ijtimoiy negizi, uning qiyofasi qanday bo'lishi kerak? Yangi demokratik jamiyat shakllanishida uning ta'siri qanday bo'ladi?» - degan savollarga javob topish, bu xususda atroflicha fikr yuritish fur-sati yetdi» - deya alohida ta'kidlagan edilar. Va ayni chog'da bu savollarni mushohada qilishni davom ettirib, jamiyatimiz kelajagini quyidagicha bayon qildilar: «Biz fuqarolik jamiyati qurishga in-tilmoqdamiz. Buning ma'nosi shuki, davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish, ya'ni o'zini o'zi boshqarish organlarini yanada rivojlantirish demakdir».

Shu o'rinda jamiyat siyosiy hayotini erkinlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini barpo qilish vazifasining Prezident tomonidan keyingi 3-4 yil davomida ilgari surilgan ustuvor vazifalardan keng o'rin egallashi kishini chuqurroq mulohaza yuritishga unday-di. Darhaqiqat, ushbu ustuvor yo'nalish Yurtboshimizning 1999-yildagi o'n to'rtinchi sessiyadagi ma'ruzalarida ham, 2000-yil yan- var oyidagi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida ham, qolaversa, 2002-yildagi 9- sessiyadagi ma'ruzalarida ham eng asosiy vazifa sifatida e'tirof etildi. Bu o'rinda Prezident quyidagi-larga asoslandi:



Birinchidan, yuqorida ta'kidlanganidek, jamiyat hayotini erkin-lashtirish, mqarolik jamiyatini barpo etish g'oyasi bugun yoki kecha paydo bo'lgan emas. Balki, bu g'oyaning vujudga kelishi mustaqil-likning ilk g'oyalari bilan bog'liq bo'lib, shu jihatdan ham adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish g'oyasini O'zbekistonning davlat mustaqilligi bilan bir xil siyosiy ma'no kasb etadi, deb qarash mumkin. Shunday ekan, fuqarolik jamiyatini qurish, uning siyosiy hayotini erkinlashtirish O'zbekiston kabi yosh mustaqil mamlakatlar uchun bir yoki bir necha yillik jarayon emas. Lekin shu o'rinda tari-xan qisqa davr mobaynida O'zbekistonning misli ko'rilmagan taraqqiyot darajasiga erishganligi nafaqat vatandoshlarimizda faxr hissini, balki jahonning ko'plab siyosiy doiralarida O'zbekistonga nisbatan katta qiziqishni ham uyg'ota olganligini alohida ta'kidlash adolatdan bo'lur edi.

Ikkinchidan. O'zbekistonda jamiyat hayotini isloh qilish ta-moyillaridan biri bu - islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iboratligini e'tiborga olgan holda ta'kidlash lozim-ki, siyosiy hayotni erkinlashtirish va jamiyatning turli qatlamlari siyosiy-ijtimoiy faolligini oshirish bilan bog'liq erishilgan natijalar bosh maqsad yo'lidagi muhim qadam, bosqich sifatida baholanib ke- linadi. Bu haqda Prezident I. Karimov 1999-yildayoq: «Biz bugungi erkinlashtirish jarayonlariga, jamiyatimizni demokratiyalashti-rish natijalariga bu yo'lda erishilgan dastlabki bosqich sifatida qaraymiz», - degan fikrni ilgari surgan edi.

Shu ma'noda ham agar e'tibor berilsa, 14-sessiyada ilgari suril-gan ustuvor vazifaga mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish sifatida qaralgan bo'lsa, 2000-yildagi ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning birinchi sessiyasida belgilangan vazifa mohiyatan ijtimoiy hayotning barcha soha-laridagi demokratlashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, yangicha ma'no-mazmun bilan boyitish, bu boradagi qo'llanilayotgan tadbir- larning izchilligini, samaradorligini oshirish bilan bog'liq. Prezident I. Karimovning 2002-yil avgust sessiyasidagi ma'ruzasida esa bu jabhaga yanada kengroq va chuqurroq e'tibor qaratilib, bu masa- lalar bir yo'la uchta: ya'ni, birinchidan, inson huquqlari va erkinlik-larining, so'z va matbuot erkinligining, bir so'z bilan aytganda demokratik tamoyillarning realligini ta'minlash; ikkinchidan, nodavlat va jamoat tashkilotlari faoliyatiga fuqarolik jamiyatini barpo etish-ning asosi sifatida qaralishi; uchinchidan, markaziy va yuqori davlat boshqaruv organlari vakolatlarini asta-sekinlik bilan quyi tuzilmalar-ga, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish tuzilmalariga berib borish bilan bog'liq bo'lgan ustuvor yo'nalishlarda o'z aksini topgan.

Qolaversa, bu ustuvor jihat O'zbekiston davlat siyosatida izchillik va uzluksizlik mohiyatiga egaki, bu mamlakatni modernizatsiyalash, jamiyatni yangilash jarayonini bir me'yorda tashkil etish imkonini beradi.

2002-yili bo'lib o'tgan ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning IX sessiyasida Prezident I. Karimov ayni ana shu ko'p qirrali islohotlarni amalga oshirishning yangi tamoyillarini o'rtaga tashladi.

«O`zbekistonda demokratik o'zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishning asosiy yo'nalishlari» deb atalgan ushbu ma'ruzasi, aytish mumkinki, katta konseptual ahamiyatga ega bo'ldi. Unda islohotlarga doir yettita masala - ustuvor yo'nalish belgilab berildi. Chunonchi:


Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish