Hamlet
A — karomatim!
Qotil mening amakim?
Arvoh
Ha.
Qondoshiga nomarddir va past zinokor.
Xulqidagi makkorlik, shirinsuxanlik
Hunarlari shunchalik zo'rki, shu bilan
Malikani ko'ndirib nafsoniyatga
O’zi bilan o'ynashmoq yo'liga soldi.
(Shunday yo'ldan urguvchi hunarga la'nat)
Bilasanmi, bu qanday tushkunlik, Hamlet
Nikoh kuni qilishgan ahdu paymonda —
Sodiq qolgan u yuksak sevgim o'rniga
Bir yaramas maxluqqa quchoq ochmoqlik,
Bu qanday bir tushkunlik!
Ammo buzuq qancha ham jodu qilmasin —
Saf axloqni buzishga ojiz bo'lganday —
Shahvoniy nafs farishta quchog'ida ham
Bezib gashtu rohatdan, havaslanadi ——
Murdor go'shtiga...
Jim bo'l! mayin shabada esa boshladi,
Sahar yaqin. Qaltaroq qilay qissamii.
Peshindan so'ng bog'chada uxlagan edim,
Birdan sening amaking qo'lida shisha,
La'nati “zahri qotil” shishasin ushlab
Asta keldi boshimga, va u zaharni
Quydi quloqlarimga. Bu mudhish og'u
Qonga shunday dushmanki, simobdan ham tez
Tomirlarda chopadi va oqliq tushgan
Sut singari qonlarni uyutib qo'yar.
Shunday bo'ldi mening ham holatim u chog'.
Birdan moxov Lazarning1 badani kabi
Qoplab oldi terimni yomon yaralar.
Olib qo'ydi, xullas gap uyqumda, ukam —
Tojimni ham, jonimni ham, malikamni,
Gunohlarim etganida avji a'loga,
Hali tavba-tazarru qilmasdan burun
Men afv so'rolmayin bobi-rahmatdan,
Bo'ynimda barcha qora amallar bilan
Jo'natildim maydoni siyosatga tez.
Oh, bu dahshat, ko'p dahshat, dahshatdir, inon.
_______________
1 Lazar — Injil afsanalaridan olingan bir ism. Shekspir davrida moxovlarni lazar'a deb aytishar edi.
sen o'zingin otangga o'g'il deb bilsang
Daniya shohlarining yotoqxonasi —
Uynashlarga bo'lmasin bir ishratxona !
Ammo sening qasosing qancha qizmasin —
Nomusingni bulg'ama va o'z onangga
Yomon bir qasd aylama. Uning jazosi —
Uning xudavandi ham — vijdon azobi.
Hayr endi, qarab ko'r, yaltiroq qurtlar
Teng chog'in kutgan sayin kursizlanmoqda.
Xayr endi, alvido, meni unutma.
(Ketadi.)
Hamlet
Ey zamin, ey osmon! yana kim tinglar?
Balki do'zax qulog'i; chidab tur yurak!
Oyoqlarim rost turing, aslo bukilmani!
U dediki — kunutma — seni unutmoq?!
Modomiki, kallada yashar xotira —
Modomiki, esim bor, seni uyutmam.
Men yodim daftaridan o'chirib tashlab —
Hissiyotning barcha ham nishonalarin,
Go'daklikdan miyaga yozilgan tamom —
Qitoblarning so'zlarin, barcha naqshlarin,
Qissalarning hissasin o'chiray, ammo, —
Ammo sening farmoning yagona kitob,
Pokiza kitobdurkim u bo'lar mazmun
Xayolimda yozilgan sahifalarga.
Ey yaramas, past xotin, ey badzot maxluq!
Ey kulgusi Shirinu, yuragi qora.
Buni yozib qo'yayin, qani daftarim,
Buni yozib qo'yayki, kulgan odam ham
Kulimsirab ko'p ablah bo'lmog'i mumkin.
Boshqa yurtda maholu Daniyada mumkin.
(Yozadi.)
Buni yozdim, amakim, endi shiorim:
Xayr endi, alvido, meni unutma!
Bunga qasam ichaman.
Gorasio va Marsell (sahna orqasiyin).
Shahzoda, Hamlet!
Do'stlaringiz bilan baham: |