Investitsion hamkorlik umumjahon va milliy muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Jahondagi bevosita I. faol oʻsib bormoqda: 1980-y.lar oʻrtalarida jahon boʻyicha umumiy yillik I. hajmi 450 mlrd. dollarni tashkil qilgan boʻlsa, 1990-y.lar oʻrtalariga kelib I. hajmi 2 trln. dollardan oshdi.
Oʻzbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida respublika iqtisodiyotida tuzilmaviy oʻzgarishlarni amalga oshirishda I.dan samarali foydalanilmoqda. OʻzRda 1996 y.dan boshlab respublika hukumati har yili davlat byudjeti va byudjetdan tashqari fondlar mablagʻlari hisobidan kapital qoʻyilmalar limitlari, chet el investitsiyalari va hukumat kafolati b-n olingan kreditlar hiso-biga aniq qurilishlar dasturi, shuningdek, bevosita chet el I. va kreditlari hisobiga qurilishlar dasturidan iborat boʻlgan Davlat I. dasturini qabul qiladi. Respublika iktisodiyo-tiga I. kiritishda davlat byudjeti mablagʻlari, chet el investitsiyalari, korxonalarning oʻz mablagʻlari va aholi jamgʻarmalari qatnashmoqda. Respublikada aholining qimmatli qogʻozlarga jamoaviy I.ni amalga oshiradigan xususiylashtirish I. fandlari (XIF) va kompaniyalari tarmogʻi rivoj topdi. 2000 y.da moliyalashtirishning jami manbalari hisobidan mamlakat iqtisodiyotiga salkam 700 mlrd. soʻm, shu jumladan, 810 mln. AQSH dollari investitsiyalandi. Uning 30,3% ni respublika byudjeti, 39,1% ni korxonalar va aholi mablagʻlari, 7,5% ni banklar kreditlari va b. qarz mablagʻlar, 21,7% ini chet el investitsiyalari va kreditlari, 1,4% ni byudjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari tashkil qiladi. Respublikada I. faoliyatining huquqiy bazasini yaratishda "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari toʻgʻrisida" (1995 y. 5 may), "Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida" (1998 y. 12 dek.), "Chet ellik investorlar huquklarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 apr.), "Chet el investitsiyalari toʻgʻrisida" (1998 y. 30 apr.), "Lizing toʻgʻrisida" (1999 y. 14 apr.), "Qimmatli qogʻozlar bozorida investorlarning huquklarini himoya qilish toʻgʻrisida" (2001 y. 30 avg .) qonunlarining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega boʻldi. Investitsiya faoliyatida investorlar har bir mamlakatdagi investitsiya muhiti b-n bogʻliq boʻlgan koʻpdan-koʻp xatarlarga duch keladilar. Shu sababli I.ni, ayniqsa, chet el I.larini su-gʻurta qilish muhim ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda xorijiy I.larni sugʻurtalash sohasida 1994 y.da tashkil etilgan "Oʻzbekinvest" eksport-import milliy sugʻurta kompaniyasi faoliyat olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |