Bilimlarga asoslanish. Aqliy mehnat moddiy boyliklarni yaratishning, daromad va foyda olishning asosini tashkil etadi. Tayanch nuqta jismoniy kuchdan aqliy fikrlash kuchiga siljiydi. Bilimlar mahsulot ishlab chiqarishning tashkil etuvchisiga aylanadi. Bilimlarga asoslangan texnik vositlar ommalashadi. Axborotlarga asoslangan boshqaruv tizimlari takomillashtirilib, bilimlarga asoslangan tizimlarga evo;yutsiyalanadilar.
Ob’ektlarni raqamli shaklda tasvirlash. Hujjatlar elektron-raqamli ko’rinishda tasvirlanadilar. Odamlar o’rtasidagi munosabatlar, muloqotlar ham 0 va 1 raqamlari orqali amalga oshiriladi. Analogli texnikadan elektron-raqamli texnikaga o’tish amalga oshiriladi (aloqa, hodisalarni qayd qilish tizimlari, nusxalash).
Virtual tabiat. Jismoniy predmatlar, tashkilotlar virtual bo’lishlari mumkin. Virtual magazinlar, obmorlar, ish joylari, brigadalar. Ma’lumotlarni virtuallashtirish, inson barcha sezgi organlariga ta’sir ko’rsatuvchi “virtual reallik” tizimlari virtual tabiat namunalaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |