Iqtisodiyotda axborot-komplekslari va texnologiyalar va tizimlar



Download 0,63 Mb.
bet2/3
Sana22.04.2022
Hajmi0,63 Mb.
#575210
1   2   3
Bog'liq
labaratoriya 5

1.O‘qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko‘pgina uslublar asosida o‘qituvchi
(pedagog) ilm beradi, o‘quvchi- talabalar esa faqat berilgan materialni
o‘qiydilar. Taklif qilinayotgan masofaviy o‘qitish asosida esa o‘quvchi-
talabalarning o‘zlari kompyuter axborotlar bankidan kerak bo‘lgan
ma’lumotlarni qidirib topadi va o‘zlarining tajribalarini boshqalar bilan yaxshi
muloqotda bo‘lishini ta’minlaydi hamda o‘z o‘rnida mehnat ta’limi olishini
rag‘batlantiradi.
2. Mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. Masofaviy o‘qitish
asosida ta’lim berish boshlang‘ich, o‘rta, oliy va malaka oshirish bosqichlarini
o‘z ichiga qamrab oladi. Tayyorgarligi turli darajada bo‘lgan inspektorlar
o‘zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari va o‘zining darajasidagi
talabalar bilan muloqotda bo‘lishi mumkin.
3. Ish joyidagi katta o‘zgarishlar. Masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish
turi millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab chiqarishdan ajralmagan
holda ta’lim olayotgan yoshlar uchun qulay shart-sharoitlarni yaratib beradi.
Bunday uslub asosida o‘qitish kadrlarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi.
4. O‘qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik
ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, masofaviy o‘qitish asosida ta’lim berish, ishlab
chiqarishdan ajralgan holda o‘qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, masofaviy
o‘qitish asosida ta’lim olish Oliy o‘quv yurti tomonidan qo‘yilgan chegaradan
ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta’lim olayotgan o‘quvchi-
talabalarning boshqalardan ustunligi ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va
o‘qituvchi (pedagog)lar bilan ta’minlanishidadir. Ta’lim berish va boshqarish
uslubiyotiga asoslangan holda o‘qituvchi (pedagog) auditoriyada o‘qitish
shartlaridan holi bo‘lishi kerak. Masofaviy o‘qitishning axborot-texnologiya asoslari.

Axborot texnologiyasi – obyekt, jarayon yoki hodisalarning holati


haqidagi yangi ma’lumotlarni olishda ma’lumotlarni yig‘ish usullari,
ma’lumotlarni yetkazib berishdan va vositalar majmuidan foydalanish
jarayonidir. Axborot texnologiyalari ta’limiy mahsulot va xizmatlarini tashkil
etishda dastgoh hisoblanadi.
Ta’limiy mahsulot – ta’lim jarayoniga tatbiq qilish uchun ifodalangan
ma’lumotlar majmuidir.Zamonaviy axborot texnologiyasi - shaxsiy kompyuter va

telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi axborot texnologiyasidir.


Jamiyatni axborotlashtirish – fuqarolarning axborotga bo‘lgan ehtiyojini
va ularning huquqlarini amalga oshirishni qanoatlantirishdagi maqbul
shartlarni, davlat va hokimiyat, mahalliy va o‘zini o‘zi boshqarish organlarini,
axborot resurslaridan foydalanish va ularni shakllantirish asosida jamoat
birlashmalarini tashkil etishni yaratishning tashkillashtirilgan ijtimoiy-iqtisodiy
va ilmiy-texnik jarayonidir.
Ta’lim jarayonini axborotlashtirish - jamiyatni axborotlashtirishning
muhim elementlaridan biri hisoblanadi. Ta’limni axborotlashtirish quyidagi
qulayliklarga ega:
- jamiyatning har bir a’zosi haqidagi ma’lumot va bilimlarni olishga yo‘l
ochib beradi;
- shaxsning intellektual va ijodiy qulayliklarini rivojlantiradi;
- jamiyatning har bir a’zosi faollik bilan malakasini oshirib, faoliyat
fazasini tezkor o‘zgartiradi;
- masofaviy o‘qitish yordamida ta’lim samarasini oshirishni ta’minlaydi.
Ta’lim mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish uchun quyidagi
axborot texnologiyalar qo‘llaniladi:
- guruhlash, turlash, hisoblash, ma’lumotlarni agregatlash uchun ularni
qayta ishlash axborot texnologiyalari ;
- masofaviy o‘qitish qatnashchilarining axborot talablarini qondirish
uchun boshqaruv axborot texnologiyalari;

- fanlar bo‘yicha ekspertlar mahsulotlarini masofaviy o‘qitishning


foydalanuvchilar tomonidan olish imkoniyatini beruvchi ekspert tizimlarining
axborot texnologiyalari.
Jahon iqtisodiy tizimlarining dunyo miqyosida umumiy keng tus olishi,
jahondagi bir nechta ilg‘or mamlakatlarni axborotlashtirish jamoa bosqichiga
kirishi va davlatning jahon iqtisodiyot kengashiga olib chiqilishi uchun
respublikamiz Prezidenti tomonidan qo‘yilgan masalalar, shu bilan birga shartli
bo‘lgan «raqobatni» hamma tarmoqlarga kiritish, ayniqsa davlatning oliy
ma’lumot tarmog‘iga kiritilishi davlatimizning oliy ma’lumot tizimidagi
raqobatchilik to‘g‘risidagi muammosi dunyo bozorida faol bo‘lishi turgan gap.
Berilgan muammoning asosiy yechimlaridan biri yangi ta’lim texnologiyalarini
kiritish, shu bilan birga respublikaning oliy ta’lim tizimida masofaviy o‘qitish
uslubi o‘z o‘rnini egallashi kerakligidadir. Dunyoda masofaviy o‘qitish
uslubini qo‘llash bo‘yicha juda katta tajriba orttirilgan. Jumladan, tajribali
o‘qituvchilar, mutaxassislar o‘qitilayotgan kishiga yakka tartibda yordam
berishi, talabalar o‘qishini turli uslubda nazorat qilinishi, ularning bilim
saviyasini baholash yo‘llari tufayli talaba va o‘qituvchilarning o‘qish sifati va
mehnat unumdorligi oshadi.Masofaviy o‘qitish uslubini sifatli qo‘llanishiga quyidagi yo‘llanmalar
kiradi:O‘qitilayotgan borliqni markazlashtirish. Respublikamiz va xorij olimlari
hamda mutaxassislarining bilim va tajribalarini qo‘llash, zamonaviy o‘quv
qurollaridan foydalanish e’tiborda tutiladi. Bunda turli o‘quv manbalaridan
foydalanish, talabalarni axborot bilan ta’minlash, bu axborot esa o‘z navbatida,
butun dunyo mutaxassislari bilimlaridan, elektron kutubxonalardan olingan
axborotlarni ishlatish talaba va o‘qituvchilar uchun katta imkoniyatlar yaratadi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish