Ikkinchidan, aviasiya sohasini liberallashtirish o'zbek iste`molchilariga tanlash imkoniyatini beradi va ular hamyonbop narxlarda aviachiptalar sotib oladigan bo'ladi. Hozirgi kunda o'zbek iste`molchisining aviakompaniya tanlash imkoniyati deyarli yo'q. Agar uning “O'zbekiston havo yo'llari” samoyotida uchishga mablag'i etmasa, avtobusda o'z hayotini xatarga qo'yib bo'lsa-da, Rossiya yoki Qozog'istongacha ketishdan boshqa iloji qolmaydi.
Aviasiya sohasi liberallashtirilsa, buning muqobil yo'llari paydo bo'ladi. Eng muhimi, Qozog'iston hududida avtohalokatga uchrayotgan o'zbekistonliklar soni keskin kamayishi aniq.
Do'stlaringiz bilan baham: |