Iqtisodiyot” kafedrasi “moliyaviy texnologiyalari” fanidan



Download 221 Kb.
bet4/9
Sana21.04.2023
Hajmi221 Kb.
#930969
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Iqtisodiyot” kafedrasi “moliyaviy texnologiyalari” fanidan

“Elektron retsept” axborot tizimi esa bemorlarning medikamentoz vositalar bilan samarali va xavfsiz davolanishini tashkil etish, shifokorlarning elektron reyestrini shakllantirishga yo‘naltirilgan loyihadir. Bu esa, o‘z navbatida, tibbiy vositalarni nazorat qilish va monitoring olib borish tizimini takomillashtirishga ko‘mak beradi.
Tibbiyot muassasalarida zamonaviy kompyuterlashtirilgan tizimni yaratish orqali tibbiy xizmatlar sifatini oshirish maqsadida “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlarini joriy etish ham ko‘zda tutilgan.
O‘zbekiston aholisining 60 foizi yoshlar bo‘lib, ularni zamonaviy axborot texnologiyalariga keng jalb qilish, dasturiy mahsulot yaratish va autsoring xizmatlarini ko‘rsatishga ko‘maklashish orqali ish bilan ta’minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu borada AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlashda qanday choralar ko‘rilmoqda?
O‘zbekistonning eng katta boyligi — aholisining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etuvchi yoshlardir. Shuning uchun ham yoshlarimizning jamiyatdagi nufuzini oshirish davlat siyosati jarajasiga ko‘tarilib, ularning yangi-yangi mutaxassisliklar va kasblarni egallashiga katta e’tibor qaratilmoqda.
2019 yil dekabr oyida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi AKT yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan maktabning zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Ayni paytda matematika va xorijiy tillar bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan 680 nafar bola ushbu maktabning 5-11 sinfida ta’lim olmoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti ta’lim sohasida ham katta ijobiy o‘zgarishlar ruy berdi. 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab universitet zamonaviy ta’limning kredit tizimiga o‘tkazildi, va hozirgi kunda bu tizimda 9 609 nafar talaba ta’lim olmoqda. Universitet tuzilmasida O‘zbek-Belarus qo‘shma fakulteti ham tashkil etildi.
2019 yil oktyabr oyida universitetda Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkilotining (JICA) 1,6 million AQSh dollar miqdoridagi texnik granti hisobiga zamonaviy o‘quv media markazi ochildi. Media markazda videokontentni tasvirga olish va ishlab chiqarish uchun barcha imkoniyatlar mavjud.
Mazkur davr mobaynida xalqaro aloqalarni rivojlantirish yo‘lida Toshkent shahridagi Inha Universiteti ham samarali ish olib bordi. 2019 yil mart oyida universitetda O‘zbekistonda biznes tahlilchilarni tayyorlash birinchi “ASPEX BI SCHOOL” maktabi ochildi.
Yoshlar o‘rtasida IT-asoslarini keng o‘qitish, ularning ushbu yo‘nalishda ta’lim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Vazirlik tomonidan “Besh tashabbus” dasturi doirasida aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishlarini tashkil qilish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi tashkil etilib, yangi ish o‘rinlari yaratildi. Bundan tashqari, Toshkent shahridagi Amiti Universiteti tashkil etildi.
Jahon tajribasi ko‘rsatmoqdaki, axborot texnologiyalari sohasidagi yuksak maqsadlarga zamonaviy dasturchilar tayyorlash jarayonini jadallashtirish orqali erishish mumkin. Shuning uchun mavjud bo‘shliqni to‘ldirish maqsadida Bir million dasturchi” loyihasi ishga tushirilgan.
Bugungi kunda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida mashg‘ulotlar uzbekcoders.uz o‘quv portali orqali olib borilmoqda. Unda talab eng yuqori to‘rtta mutaxassislik bo‘yicha bepul videokurslar, jumladan, ma’lumotlarni tahlil qilish, android ilovalar, veb-ilovalar va dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish bo‘yicha darslar o‘zbek tilida subtitrlar bilan taqdim etilgan.
Keng jamoatchilikni raqamli bilimlarni o‘zlashtirish va axborot texnologiyalari sohasidagi yangi mutaxassisliklarni o‘rganishga jalb qilish maqsadida vazirligimiz tomonidan “Bir million dasturchi” loyihasida yoshlar ishtirokini kengaytirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, uzbekcoders.uz portali orqali 2020/2021 o‘quv yilida 2,1 mingdan ortiq maktabning 47 mingdan ziyod o‘quvchisini, 44 ta oliy ta’lim muassasasining 54 mingdan ortiq talabasini o‘qitish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida tegishli yo‘nalishlarning mutaxassislik fanlari hamda umumta’lim maktablarining informatika fani dasturlariga “Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi dasturlash yo‘nalishlari mavzularini kiritish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda yurtimiz bo‘ylab aholi va yoshlar uchun raqamli texnologiya o‘quv markazlari tashkil qilingan. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan barcha hududlarda raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazini ochish rejalashtirilmoqda. Bu dargohlarda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yiladi.
Muhim yangiliklardan yana biri, endi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi IT-parkning tumanlardagi filiallari tomonidan har bir tuman va shaharda axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etiladi. Mamlakatimizdagi 200 dan ortiq shahar va tumanda bittadan maktab tanlab olinib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga ixtisoslashtiriladi.
Ushbu maktablar tuman va shaharlardagi boshqa maktablar uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida tayanch baza vazifasini o‘taydi. Informatika o‘qituvchilarining malakasini oshirish, hamkorlikda yangi loyihalar ustida ish borishni yo‘lga qo‘yadi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bu kabi yirik loyihalarga start berilgani Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida raqamli texnologiyalarning hayotimizdagi o‘rni va rolini, ularning yurtimiz bo‘ylab qamrovini jadal sur’atda oshiradi.
Tizim muntazam rivojlanyapti, keng ko‘lamli va kompleks loyihalar amaliyotga joriy etilmoqda. Shu bilan birga, hali oldimizda bajaralishi zarur bo‘lgan muhim vazifalar turibdi.
Zero, O‘zbekistonning taraqqiyoti raqamli texnologiyalarning barcha soha va tarmoqlarga joriy etilishi va qo‘llanishiga uzviy bog‘liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallash zarur va shartligi, bu yuksalishning eng qisqa yo’lidan borish imkoniyatini berishi, bugungi kunda korxonalar raqamli texnologiyalardan mutlaqo yiroqda ekanligi alohida ta’kidlanib, raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshirishi, shuningdek ortiqcha xarajatlarni kamaytirishi, natijadorlikni oshirishi, bir so’z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkinligi asoslab berildi. Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni nazarda tutadigan “Raqamli O’zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqish va joriy etish vaziflari belgilandi. Bu esa sanoatning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish, sohaga ilg’or texnologiyalarni joriy etish, yuqori texnologiyali korxonalar, texnoparklar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish, zamonaviy muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmalarini barpo etishga yanada keng imkoniyatlar yaratadi. Bugungi kunda oliy ta’lim tizimida Texnologik ta’lim yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarda sanoatlashgan mamlakatda ta’lim olishi, yashashi va ishlashi uchun zarur ko’nikmalarni shakllantirish dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari oxirgi 30 yil ichida jamiyatni o’zgartirdi. Shu bilan birga katta mehnat migratsiyasi, rivojlanmagan ijtimoiy infratuzilma qashshoqlik va ishsizlikning yuqori darajasi, infratuzilmaning eskirganligi, kadrlar kompetensiyalarining iqtisodiy rivojlanish strategik maqsadlariga nomuvofiqligi, intellektual mulkni himoya qilish muammolari, oliy ma’lumot olish imkoniyatlarining cheklanganligi, yuqori texnologiya va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarishning rivojlanmaganligi, inson kapitali va imijiga zarur miqdordagi investitsiyalarning sarflanmasligi, malakali xodimlarning yetishmasligi, o’rta bo’g’in rahbar va xodimlarning past darajadagi malakasi, ishchilarda mehnatga nisbatan rag’batning yo’qligi, ishchi va muhandis-texnik kasblar obro’sining tushgani, eskirgan ish usullaridan foydalanish kabi muammolar o’z yechimini kutmoqda. Sanoatda texnologik o’zgarishlarning yangi to’lqini kutilmoqda, bu esa iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlantirishda innovatsiyalarning rolini kuchaytiradi va ko’plab an’anaviy o’sish omillarining ta’sirini kamaytiradi. Texnologik ta’limni o’zlashtirgan bitiruvchilar sanoat sohasining barcha tarmoqlarida xususiy injiniring, ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik bazalarining yanada rivojlanishi, bir so’z bilan aytganda yuqori qiymatli raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilishida “drayver” rolini bajaradi. Ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSh, Israil, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlar ta’lim tizimida ham texnologik ta’lim ishlab chiqarishning asosiy bo’g’ini hisoblanib, jahon mehnat bozoriga malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim bosqichlari va tashkil etuvchilaridan biri deb qaraladi. Texnologiya - yunoncha so’z bo’lib “tehnos” ya’ni “mahorat”, “san’at” va “logos” –“ta’limot”, “fan” degan so’zlardan olingan. Texnologiya - bu berilgan parametrlarga mos keladigan mahsulot olishga yo’naltirilgan dastlabki materiallarni

Download 221 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish