Milliy valyutaning konvertlanganligi ichki va tashqI, shuningdek, joriy amallar hamda kapitalning harakati bo‘yicha bo‘lishi mumkin.
Kapitalning harakati bo‘yicha konvertlanishni joriy qilish mamlakat tashqarisidan resurslarni jalb qilishga yordam berishi mumkin. Xorijliklarning u yoki bu mamlakatga kapital qo‘yishga (kirishga) tayyorligi bu mamlakatdan soliqlar ushlab olingandan so‘ng foyda, daromadni olib chiqib keta olish, shuningdek, dastlabki kiritilgan kapitalni repatriatsiya qilish (vatanga qaytarish) mumkin yoki mumkin emasligiga bog‘liqdir. Bu to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfel investitsiyalari (kapitalning mamlakat tashqarisidagi istalgan korxonalarga uzoq muddatga qo‘yilishi)ning hamma shakllariga taalluqlidir. Ular xorijiy kompaniyalarning aksiyalarini sotib olish shaklida amalga oshiriladi. Bu investitsiyalar investorlarga korxona faoliyati ustidan to‘liq nazorat qilish huquqini beradi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasida tegishli choralar ko‘rilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining va xorijiy davlatlarning jismoniy shaxslari banklardagi o‘z valyuta hisoblari va jamg‘armalaridan mablag‘larni va ular bo‘yicha foizlarni chet el valyutasida yoki so‘mlarda olish huquqiga egadir. Valyuta birjalarida respublikada xalq iste’moli mahsulotlarini ishlab chiqarish va respublikaning ichki bozorini to‘ldirish bilan shug‘ullanuvchi yoki iqtisodiyotning bazaviy va yetakchi tarmoqlaridagi ustuvor loyiha-larni amalga oshirishda qatnashuvchi, jismoniy bo‘lganidek, huquqiy xorijiy shaxslarning kapitali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar valyutalarini konvertlashda ustun, imtiyozli huquqqa ega ekanliklari belgilab qo‘yilgan.
Erkin konvertlangan valyutadagi kreditni hukumatning qaroriga ko‘ra yoki uning kafolati orqali olgan erkin konvertlangan valyutada olingan kreditni o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlagan shaxslar ustun huquqqA ega.
Bunday toifaga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining summalarini erkin konvertlangan valyuta imtiyozli konvertlashtirish huquqiga berilgan potentiga ega bo‘lgan shaxslar ham kiradilar. Va nihoyat, bular qatoriga eksportga mahsulot va tovarlar Ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchilar ham shunday imtiyozlardan foydalanadilar.
Xorijiy investitsiyali korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati valyuta tamoyiliga asoslanadi, shuning uchun xorijiy investorlarga tegishli foyda va dividendlarni bir qismi konvertatsiyalanishi kerak. Xorijiy ishtirokchilarga tegishli bo‘lgan foyda va dividendlarning bir qismini reportratsiya qilish maqsadlarida mablag‘larni konvertlashtirish uchun korxonalar vakil qilingan bankka xorijiy valyutani sotib olish uchun buyurtmani, foydani taqsimlash haqidagi hujjatni hissadorlar umumiy majlisining qarorini, shuningdek, konvertlashtirilishi lozim bo‘lgan mablag‘larning korxona rahbari va soliq idorasi tomonidan tasdiqlangan hisob-kitobni taqdim etadilar. Shu bilan bir vaqtda korxona mablag‘larining so‘mlarda saqlab qo‘yilishi (deponent qili-nishi) uchun topshiriq ham beradi. Bu O‘zbekistonda hamma to‘lovlar va hisob-kitoblar milliy valyuta-so‘mlarda amalga oshiriladi. Banklar bu mablag‘larning valyuta birjasining maxsus hisob raqamiga o‘tkazilishini ta’minlaydilar. Taqdim etilgan hujjatlar vakil qilingan banklarning eksportlari tomonidan bir hafta muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Eksport xulosasi pul-kredit siyosati bo‘yicha respublika komissiyasiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Qaror qabul qilinganidan so‘ng korxona tegishli Ro‘yxatga kiritiladi va valyuta birjasidagi savdolarda konvertlashtirishga qo‘yiladi. Bunday qaror bir martalik tartibda (bir marta) qabul qilinadi. Korxonalar o‘zini valyuta hisobida ham oqlaydigan loyihalarni – bundaylarga xorijdan uskunalar, texnologiyalar, butlovchi mahsulotlar, xom ashyo sotib olish kiradi – amalga oshirish uchun milliy valyutada kreditlar berish uchun vakil qilingan banklar xorijiy valyutani valyuta birjasiga taqdim etish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |