Iqtisodiy munosabatlar tizimida mulk munosabatlari, ularning O’rni va ro’lI



Download 139,48 Kb.
bet12/16
Sana19.02.2022
Hajmi139,48 Kb.
#459835
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
IQTISODIY MUNOSABATLAR TIZIMIDAI

2.2.1 chizma

Davlat mulkini hususiylashtirishning usullari




Mulkni bepul bo’lib berish orqali hususiylashtirish

Mulkni sotish orqali hususiylashtirish



Mehnat jamoalariga bepul topshirish

Mehnat jamoalariga sotish





Barcha jamiyat a’zolariga bepul berish

Barcha jamiyata’zolariga sotish



Kim oshdi savdosida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga sotish

Aholining ayrim ijtimoiy qatlamlariga bepul berish





Korxonalarni keyinchalik mehnat jamoalari tomonidan sotib olinishi sharti bilan ijaraga berish

Xar bir jamiyat a’zosining davlat mulkini xosil qilishdagi ishtroki, yani qo’shgan hissasiga qarab bo’lib berish





Foyda keltirmayotgan korxonani mehnat jamoasiga bo’lib berish

Chet el fitmalari va fuqarolariga tashqi qarzni uzish evaziga berish yoki sotish





Mulkni bepul bo’lib berish hamda sotish usullarini uyg’unlashtirish orqali hususiylashtirish


Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari.

Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan davlatning mono’ol hukmronligiga chek qo’yib, jamiyatda faollik ko’rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbussiga keng yo’l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatlashtirishdan qaytish yo’llaridandir. Xususiylashtirish davlat mulkini ma’lum darajada haqiqiy egalari -fuqarolarga berish demakdir. Ko’’incha xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini bo’lib berib bo’lmaydi, bunda aholining hammasi mulkka ega bo’lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni o’z zimmasiga olavermaydi.


Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, avvalom bor, xususiylashtirish yo’li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasidan to’laroq foydalanish va ular yo’l qo’ygan xatolar takrorlanmasligi kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlashi mumkin. Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng ko’lami dasturini ishlab chiqarish zarur.
Xuquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy xo’jalik yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha kamaytirish va ayrimlarini ma’lum muddatga soliqdan ozod qilish zarur.
Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo’lib, aholining daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo’lib, akstiya sotib olish va korxona mulkida o’z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar.
Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ma’lum jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat qonunlari asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni doimo raqobat kurashida o’z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo korxona raqobat kurashiga dosh berolmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat byudjetidan mablag’ hisobiga uni saqlab qolish hollariga xususiylashtirish orqali barham beriladi.
Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga o’tishni aks ettirmasligi kerak, balki xususiylashtirish oldiga qo’yilgan vazifa katta bo’lib, ya’ni xususiylashtirish orqali avvalo barcha sohani o’z qaramog’ida turli uslublar orqali birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajratish uchun bir qancha tadbirlarni ishlab chiqish kerak bo’ladi.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, uning yangi bosqichiga o’tishiga bo’lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir. Xususiylashtirishning rivojlanishini ta’minlaydigan muhim omillardan biri - bu ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligidir. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilarmonlar, aholining faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo’lib qolmay, balki o’rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni takomillashtirishdan manfaatdor qiladi.
Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urf-odatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko’zda tutadi.
Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo’nalishlari bu ijara munosabatlarini rivojlantirish va akstionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma’lum tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u mehnat jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga ‘utur etkazmasligi, shu bilan birga iste’molchilar manfaatlariga ham zid bo’lmasligi zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyadan samarali foydalanish, tovar ishlab chiqarishni ko’’aytirish hisobiga bozorda narxlarning ‘asayishiga erishish yo’li bilan aholining moddiy farovonligining oshishiga erishish talab etiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos jihati – bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir (4-chizma).
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutstion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki mono’olizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’’ ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror to’ishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi.
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondoshuvning muhim xususiyati - uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o’z ichiga olib, bu bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini hamda qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi. Engil, mahalliy sanoatga, trans’ort va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o’rta va yirik korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko’’roq ijra korxonalariga, jamoa korxonalariga, yo’iq turdagi akstionerlik jamiyatlariga aylantirildi. Akstiyalarning nazorat ‘aketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo’jaligining iqtisodiy jihatdan samarasiz bo’lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida muhim rol o’ynaydigan ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va mablag’ bilan ta’minlash vazifalarini o’z zimmasiga oldi.


Download 139,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish