Valeologiyaning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
- inson salomatligi holati va rezervlarini miqdoriy baholashni
tadqiq etish;
- o‘quvchilarni sog‘lom turmush tarzi to‘g‘risidagi bilimlar
bilan boyitish;
- sog‘liqni saqlash va mustahkamlashga aniq va individual
tavsiyalar berish;
- insonning ruhiy salomatligini saqlash va ishchanlik qo-
biliyatini oshirish to‘g‘risida kerakli ko‘nikma va malakalarga
ega bo‘lishiga erishish.
Inson salomatligi - uzoq umr ko‘rish davomida yuqori
sur’atdagi ishchanlik qobiliyati va ijtimoiy faolligini, uning
ruhiy hamda fiziologik sifatlarini saqlash va rivojlantirishdir.
Organizmning sog‘lomlik holati o‘zaro bog‘liq jarayon bo‘lib,
yoshi, jinsi, kasbiy faoliyati, hayot tarzi bilan bog‘liqlikda
zaiflashib ketadi va mustahkamlanadi.
4
Shubhasiz, valeologiya “salomatlik”, “sog‘lom bo‘lish”
tushun chalarni bildirib, hozirgi vaqtda aholini tibbiy madani-
yatini oshirish masalalarini hal etishda zarur o‘rin egallaydi.
Ma’lumki har bir bola, o‘smir, yigitlar, qizlar va katta odam
sog‘lom bo‘lishning asosiy tarkibiy qismlari:
- faol harakatli rejim - chiniqish, jismoniy madaniyat va
sport bilan shug‘ullanish;
- ovqatlanish, mehnat va dam olish gigiyenasi, ya’ni
kundalik tartibga rioya qilish;
- shaxsiy va jamoatchilik gigiyenasi talablariga rioya qilish;
- atrofimizdagi olam (ekologiya va salomatlik)ni asrash;
- zararli odatlarning oldini olish;
- psixogigiyena talablariga amal qilish;
- jarohatlanish va baxtsiz hodisalarni oldini olish;
- reproduktiv salomatlikka oid bilimlarga ega bo‘lish uzoq
va sog‘lom umr ko‘rishning muhim shartidir.
Olimlaming fikricha, valeologiya - XXI asr fani. Sog‘lom
bo‘lish uchun inson valeologiya asoslarini o‘zlashtirgan bo‘lishi
kerak.
Mazkur kurs bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish natijasida
o‘quvchi salomatlikning miqdori va sifati: ijobiy motivatsiyaning
rivojlanishi, sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini egallash
orqali shaxsiy salomatligini saqlash va mustahkamlashni
baholash, pedagogik mehnat bilan shug‘ullanish jarayonida esa,
o‘quvchilarda o‘quv, mehnat va dam olish davomida o‘zlarining
salomatliklarini saqlash va mustahkamlashga mas’uliyatli
munosabatni shakllantira olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi.
Kursning salomatlikni jismoniy, ruhiy, jinsiy, ijtimoiy,
bundan tashqari, individual va jamoatchilikka oid jihatlariga
e’tibor qaratadigan “Inson salomatligi” bo‘limi dunyodagi
zamonaviy muammo sifatida alohida qiziqish uyg‘otadi.
Shuning uchun, salomatlikning shunday jihatlari sifatida
5
genetik, bioximik, funksional, psixologik, ijtimoiy-ma’naviy,
klinik; jamoatchilik salomatligi ko‘rsatkichlari: tug‘ilish, o‘lim,
kasallanish, hayotning davomiyligi hamda nogironlik ko‘rib
chiqiladi. Bunday masalalarga e’tibor qaratish esa, salomatlik
darajasi va uni baholash usullari haqida gapirishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |