37
o’rganilishi ta’minlanadi;
-nazorat uchun - moliyaviy
axborotlarning xaqqoniyligi, moliya ishlarining
yo’lga qo’yilganligi, moliyaviy rejalarning bajarilishi va umuman olganda,
boshqaruv qarorlarining ijro etilishi tekshiriladi.
Xo’jalik sub’ektlarining moliyaviy investitsiya faoliyatini buxgalteriya
hisobida to’g’ri aks ettirish hamda moliyaviy tahlil qilishni chuqurlashtirish, uning
metodik usullarini yanada rivojlantirish va takomillashtirish mamlakatning bozor
iktisodiyotiga muvaffaqiyatli o’tishining muhim shartlari hisoblanadi.
Bozor munosabatlarini shakllantirish sharoitida
faoliyat yuritayotgan
xo’jalik sub’ektlarining investitsiya resurslarini boshqarishda buxgalteriya hisobi
va auditning axamiyati tobora ortib borayotgani tufayli, ularning nazariy va uslubiy
muammolarini tadqiq qilish dolzarb masalaga aylandi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan korxona, tashkilotini va
muassasalarda mavjud mablag’lardan samarali foydalanish,
korxona ixtiyoridagi
aktivlarning samaradorligini maksimal darajada ko’tarish asosiy vazifa bo’lib
hisoblanadi.
Chunki mablag’lardan samarali foydalanish korxona aktivlari unumdorligini
oshirishda va bu orqali maksimal darajada foyda olishda muhim axamiyat kasb
etadi.
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tkazish va
tarmoqlar
iqtisodini
izchil
rivojlantirish
investitsiyalardan
foydalanish
samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir.
Albatta, investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishda moliyaviy
investitsiyalar va ular bo’yicha olingan daromadlarni to’g’ri hisobga olish, ularni
maqsadli ishlatilishini nazorat qilish va hisobini ta’minlash, investitsiyalar
samaradorligini taxlil etish hamda auditini o’tkazish muhim o’rin tutadi, auditining
uslubiy
muammolarini
bartaraf
etish
hamda
takomillashtirish
dolzarb
vazifalarimizdan biri bo’lib hisoblanadi.
Bugungi kunda investitsiyalarni bozor iqtisodiyotiga
moslashtirish va
investitsion faoliyatni boshqarish o’zgacha yondoshishlarni talab etmoqda. Chunki
38
xo’jalik yuritishning zamonaviy yo’lini tanlash investitsion siyosatni ham tubdan
o’zgartirishni talab qiladi. Investitsion siyosatni amalga oshirishda bozor
munosabatlariga mos dastaklardan foydalanish, ya’ni investitsion jarayoni
qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini
belgilab berish; mamlakatda
investorlar uchun to’laqonli raqobatni ta’minlash: moliyaviy, moddiy va aqliy
boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat qilish va shunga tenglashtirilgan
tadbirlarni amalga oshirishni talab qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: