G`umbak-
G`uncha-
G`uzor shahri- Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi shahar (1977-yildan). Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl statsiyasi Gʻuzor (3 km). Viloyat markazi (Qarshi shahri) dan 58 km janubi-sharqda joylashgan. Aholisi 22,5 ming kishiga yaqin. Shaharda paxta tozalash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, taʼmirlash, qurilish, "Shoʻrtangaz" unitar sho`ba, "Shoʻrtangaz-kimyo" sanoat korxonalari, non kombinati, avtokorxona, MTP, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, avtovokzal, avtokemping , dehqon bozori va boshqa ishlab turibdi. Umumiy taʼlim maktablari, litseylar, kasb-hunar kollejlari bor. Tuman markaziy kutubxonasi, klub muassasalari, madaniyat uylari, madaniyat va istirohat bogʻlari mavjud. Tuman markaziy kasalxonasi, poliklinika, dorixona va boshqa tibbiy muassasalar aholiga xizmat koʻrsatadi. Gʻuzor. yonidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtgan. Gʻuzordan Qarshi, Samarqand va boshqa shaharlarga avtobus va marshrutli taksilar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |