Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi, uslubiy jihatidan uzviyligi va ketma-ketligi
Algoritmlash va dasturlash tillari fani asosiy kasbiy fanlaridan biri hisoblananib, 1, 2, 3 va 4 semestrlarda o’qitiladi. Dasturni amalga oshirish o’quv rejasidagi rejalashtirilgan nazariy informatika, ma’lumotlar bazasi va ularni boshqarish tizimlari fanlaridan olingan nazariy va amaliy bilimlarga tayanadi.
Fanning ta’limdagi o’rni
Zamonaviy dasturlash tillari fanidan olingan bilim, ko’nikma va malakalar umumta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlaridagi kasbiy faoliyatida asosiy o’rin tutib, yoshlarga bilim berishda va mutaxassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Umumta’lim maktablari, akademik lisey va kasb – hunar kollejlarda «Informatika» yo’nalishidagi fanlarni o’qitish uchun kadrlarni tayyorlab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |