Impuls texnologiyasida qisqa muddatli intervalgacha elektr tebranishlari qo'llaniladi



Download 3,53 Mb.
bet39/44
Sana26.02.2022
Hajmi3,53 Mb.
#471458
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Bog'liq
impulsli va raqamli MA\'RUZA

RAQAMLI QURILMALAR
30-Ma’ruza
Mantiqiy elementlardan tashkil topgan triggerlar

Trigger deb, shunday qurilmaga aytiladiki, ikkita turg‘un holatdan birida tura olib, bir holatidan ikkinchisiga kirish signali ta’sirida o‘tadi. Trigger holati kirish signali orqali aniklanadi. Trigger ketma ketlik raqamli qurilmaning baza elementi hisoblanadi. Unda 0 yoki 1 saqlanishi mumkin.


Ketma ketlik raqamli qurilmaning sxemalarida triggerlar ikkita chiqish qismiga ega:
1) to‘g‘ri Q (1) chiqish; 2) inversli (chiqish 0).
Triggerni 1 holatiga uning chiqish qismidagi Q Yuqori satxli signal (1), chiqish qismida esa past sath (0) bo‘ladi. Triggerni 0 holatiga Q chiqish qismida kichik sathli (0) signali, chiqish qismida esa Yuqori satxli (1) mos keladi.
Triggerlarning kirish qismlari informatsion (axboriy) va yordamchi (boshqaruvchi) larga bo‘linadi. Informatsion (axboriy) kirish qismiga kelayotgan signallar triggerni holatini boshqaradi. YOrdamchi (boshqaruvchi) kirish qismiga kelayotgan signallar esa, triggerni avvaldan kerak bo‘lgani holatiga o‘tkazish va isnxronlashtirish uchun xizmat qiladi. YOrdamchi kirish qismlari axboriy sifatida qo‘llanilishi mumkin.
Triggerni kirish qismlari uning strukturasiga va vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. Triggerning axboriy kirish qismlari S,R,J,K,D,T, boshqaruvchi kirish qismlari esa, C,V harflari bilan belgalanadi. Triggerlar uchun standart belgilanish (13.1-rasm ) ma’lum. Bu erda S va R axboriy kirish bulib, Q va - chiqishlari, T trigger belgisidir. Inversli chiqish qismi doira shakli bilan belgilangan.
Trigger mantiqiy elementlarni ulanishi, ya’ni chiqishdan kirish qismiga teskari aloqa sxemasi (13.2-rasm) da tasvirlanganidek qurilishi mumkin. Trigger 0 (Q=0, =1) holatda bo‘lsa, R va S kirish qismida 0 signallar beriladi. Trigger holati o‘zgarmaydi. Haqiqatan ham, birlik chiqish signal sxemadagi ILI (YOKI) sxemasining 1-nchi nomerli kirishiga keladi. SHu sxemaning chiqish qismida R=0 ekanligini inobatga olinsa, birlik chiqish signali hosil bo‘ladi. Bu signal 2-nchi nomerli NE (YO‘Q) sxemasini kirish qismiga keladi. Natijada ushbu sxemaning chiqish qismida, ya’ni Q-chiqishida avvalgidek signal 0 bo‘ladi. Sxema 2-chi chiqish qismidan 0 signali 3-nchi nomerli ILI (YOKI) sxemasini biron kirish qismiga keladi.

13.1-rasm 13.2-rasm

Ushbu sxemaning ikkinchi kirish S qismiga ham 0 signali beriladi. Natijada 3-nchi sxemaning chiqish qismida nol signali bo‘ladi. Bu signal 4-nchi nomerli NE (YO‘Q) sxemaning kirish qismga keladi va chiqish qismida birlik signal, ya’ni triggerni nol holatini ( =1, Q=0) tasdiqlanadi. SHuningdek, agarda trigger 1 holatda bo‘lsa, va R va S kirish vismlarida nol signali bo‘lsa, bunday holat saqlangan bulur edi.


Endi, faraz qilaylik triggerning kirish qismiga nol holatda (Q=0, =1) bo‘lganida, axboriy signallar S=1, R=0 keladi. S signal ta’sirida ILI (YOKI) 3-nchi nomerli sxemaning chiqish qismida birlik signal bo‘ladi. Bu holda NE (YO‘Q) 4-nchi nomerli sxemasining chiqish qismida signal 0 bo‘ladi. Demak, trigger birlik (Q=1, =0) holatiga o‘tadi.
Haqiqatan ham, chiqish signali =0 4-nomerli NE (YO‘Q) sxemaning chiqishidan 1-nchi nomerli ILI (YOKI) sxemaning kirish qismiga keladi. Ushbu sxemaning chiqish qismidan nol signali 2-nchi nomerli NE (YO‘Q) sxemasining kirish qismiga keladi. Natijada ushbu sxemaning va Q ning chiqishida birlik signali hosil bo‘ladi, qaysiki 3-nchi nomerli ILI (YOKI) sxemasining kirish qismiga keladi. Agar S-ni kirish qismidagi birlik signalini olib tashlansa, tringger birlik holatigda qolaveradi.
Triggerni nol holatiga o‘tkazish uchun R-kirish qismiga birlik signali berilishi, xamda S-kirish qismiga esa nol signali berilishi lozim. Triggerni birlik holatidan nol holatiga o‘tkazish Yuqorida bayon etilganidek amalga oshiriladi.
Triggerni teskari aloqali sxemadan tashkil etilishi, uni asosiy qurilishini tashkil etadi. Bu uslubdan foydalanib turlicha trigger sxemalarini tashkil etish mumkin.

Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish