yutuqlariga), voqeylikning o’zgarish va rivojlanish qonuniyatlariga tayangan holda chiqariladigan,
Ilmiy muammo o’z mohiyatiga ko’ra quyidagicha ko’rinishlarda uchrashi mumkin:
- ijtimoiy hodisalarning rivojlanish qonuniyatlariga tayanib jamiyat taraqqiyotining dolzarb
masalalarini hal etish;
- jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi dinamik va statistik qonuniyatlarni yaratish;
- jamiyat taraqqiyotiga va insoniyat manfaatlariga xizmat qiluvchi iqtisodiy masalalarni hal
etish metodologiyasini yaratish;
-demografik va siyosiy sohalardagi davlat boshqaruvining demokratik tomoyillarini
yaratishga qaratilgan
ilmiy izlanishlar;
- komil inson tarbiyasi va uning jamiyat taraqqiyotidagi roli va o’rnini ijtimoiy jihatlarini
ilmiy asoslash va h.k.
Har qanday turdagi muammo va uning yechimidan davlat, jamiyat, jamoa, odam va shu
kabilar albatta samara (foyda) ko’rish, ya’ni ilgarigi mavjud daraja yangi sifat darajasiga o’tish
kerak, chunki insonning muammo va uning yechimini topishi ijodkorlikdir. Ma’lumki, ijodkorlik–
yangilik uchun kurashish demakdir. Bunda ilm–fan va texnika-texnologiyaning eng so’ngi
yutuqlarini tahlil qila bilish va undan o’zining ilmiy faoliyatida oqilona foydalanishga erishish,
doimo o’z ustida ishlash orqali erishiladi.
Demak, har qanday ilmiy muammoni hal qilishda uning yangiligiga, yaratuvchiligiga,
rivojlantiruvchiligiga va shu kabilarga e’tibor berish kerak bo’lib, u muammo dolzarbligini baholash
jarayonida kerakli ko’rsatkichlardir.
Umuman olganda, muammo dolzarbligini aniqlashda quyidagilarga e’tibor berilsa maqsadga
muvofiq bo’ladi:
- shakllantirilayotgan (rejalashtirilayotgan) muammo tegishli soha (yo’nalish) va uning
jamiyat hamda davlat oldidagi istiqbolini bilish;
- rejalashtirilayotgan muammoga tegishli soha (yo’nalish) bo’yicha ilm-fan va texnika-
texnologiyalarning eng so’ngi yutuqlaridan habardorlik;
- tanlanayotgan muammoning unga tegishli bo’lgan soha (yo’nalish)dagi o’rnining
aniqlanganligi;
- tanlanayotgan muammoning yechimini topish natijasida tegishli soha (yo’nalish)dagi
rivojlanish, yaratuvchanlik haqidagi ishchi farazning mavjudligi;
- tanlangan mavzu yoki unga yaqin boshqa mavzularning ishlanganlik darajasi va ular
erishgan yutuqlarning amaliy hayotdagi va ayniqsa rejalashtirilayotgan tadqiqotni olib borish
jarayonidagi ahamiyatini hamda unga nisbatan yangiligi haqidagi bilim va tasavvurlarga egalik;
-tanlangan muammoning ilm–fan yoki texnika-texnologiyani rivojlantirish uchun xizmat qila
olishligi haqidagi fikrning shakllanganligi va uning nechog’lik mustahkam ifodalanganligi va h.k.
Demak, ilmiy muammo dolzarbligini to’g’ri ifodalash, ob’ektiv dunyo narsa–hodisalarning
muhim qonuniy aloqadorliklarini (munosabatlarini) aks ettirish va shu asosda voqeylikni ijodiy
o’zgartirish haqidagi tasavvurni shakllantirish imkonini beradi. Bunda ilmiy fikrning teranligi,
tanqidiyligi, uyg’unligi, kengligi va tezligi muammo dolzarbligini baholashda eng muhim sifatlar
bo’lib hisoblanadi.
Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar:
mavzu, deganda nimani tushunasiz?
ilmiy muammo ta’rifini ochib bering?
ilmiy muammoning mohiyatiga ko’ra ko’rinishlarini aytib bering?
muammo dolzarbligini aniqlashda nimalarga e’tibor berish kerak deb o’ylaysiz?
Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid
Do'stlaringiz bilan baham: