702—711 yillarda Marokash hududi arab xalifaligiga qoʻshib olindi. Mamlakatda arab tili va islom dini tarqala boshladi. 788 yil Marokashdagi birinchi davlat — Idrisiylar davlati tashkil topdi. 9-asrning 20-yillarida Idrisiylar davlati bir necha mayda xonliklarga boʻlinib ketdi. 13-asrning 2-yarmida Marokashda hokimiyat barbarlar sulolasi — Mariniylar qoʻliga oʻtdi (1195—1465). Bu davrda qishloq xoʻjaligi ancha taraqqiy etdi, madaniyat yuksaldi; Fos shahri madaniyat markazi boʻlib qoldi. Birok, 15-asrda mamlakat yana boʻlinib ketdi. Ana shu davrdan Marokash hududini yevropaliklar — Atlantika okeani sohilini portugallar, Oʻrta dengiz sohilini ispanlar bosib ola boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |