Qimmatli qog’ozning ishonchliligi -
daromadni kam olish yoki investitsiya
qilingan kapitalni yo’qotish xavfi darajasi.
Qisman konvertitsiyalashtiriladigan valyuta -
valyuta operatsiyalarining
ayrimlarida va valyuta egalarining ayrim kategoriyalari uchun almashtiriladigan valyuta.
Qisqa muddatli obligatsiya -
3 yilga muddatga chiqarilgan obligatsiyalar.
Qisqa muddatli foizlar -
bir yildan kam muddatli investitsiya bo’yicha
hisoblanadigan foizlar.
Qoplash bahosi -
qarz majburiyatini qoplashdagi baho.
"Quyonlar" (zaytsi) -
nobirjaviy qimmatli qog’oz vositachisi bo’lib, keng
ommaga ma’lum bo’lmagan, ishonchsiz, rasmiy ro’yxatga olinmagan, tavakkalik asosida
ish tutuvchi brokerlar.
Xazinachilik vekseli -
davlatning qarzdorlik majburiyati.
Hisob stavkasi -
foizlar summasini o’sgan qiymatga nisbati.
Do'stlaringiz bilan baham: |