―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI
4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI
30 - SENTABR 2020 - YIL
―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal
301
www.academiascience.uz
orqali ularning orasidagi farqlarni topishga o`rgatishi lozim. Yoki shu harf bilan
boshlanuvchi so`zlarni yozdirish va ayttirish ham samaralidir. Buning uchun har bir
o`quvchiga bittadan toza qog`oz tarqatiladi va unga bosh B va D harflarini bir qator
yozish topshiriladi. Ikkinchi topshiriq sifatida harflar tagidan shu harflar bilan
boshlanuvchi biror narsa rasmini chizish beriladi:
―B‖ harfiga – bayroq, baliq, barg…
―D‖ harfiga- daraxt, do`ppi, dutor…
Tovushni to`g`ri anglagan o`quvchi rasm chizishda ham adashmaydi. To`g`ri
anglay olmagan o`quvchi esa rasm chizishda xatolikka yo`l qo`yadi va bu holatni
o`qituvchi kuzatish orqali bilib olishi muhim. Bu mashg`ulot orqali o`qituvchi
o`quvchining idrok qilish faoliyati qay darajada ekanini anglab topshiriq turini
o`zgartirib
boradi.
Ko`p
hollarda
o`zlashtirmslik
sabablari
orasida
o`qituvchilarimizning psixologik bilimlari va ta`sirlari ham juda katta deb o`ylayman.
Boshlang`ich sinf o`qituvchilarida zarur bo`lgan psixologik bilimlarning ahamiyatini
quyidagi holatlarda ko`rishimiz mumkin.
Birinchidan, bolalar psixologiyasini yaxshi bilmaslik (bola holatini anglamaslik,
bolalarda zaruriy motivatsiyani yuzaga keltira bilmaslik, ularning qiziqish va
intelektual xususiyatlarini o`rgana olmaslik).
Ikkinchidan, o`qitish, o`rgatish uslublarining bir xilligi yoki kamligi (interfaol
ta`lim metodlari, amaliy o`yin usullaridan foydalanmaslik, muammoli vaziyatni
yuzaga keltira olmaslik) o`quvchilarda o`rganilayotgan materiallar bo`yicha qiziqish
uyg`otolmaslik va diqqatni jalb qilolmaslikka sabab bo`ladi.
Uchinchidan, dars jarayonida mavzuni o`quvchilarga yetkazib berishda ketma-
ketlikning, mantiqiy va uzviylikning ta`minlanmaganligi, o`qitish jarayonida zarur
didaktik talablar va prinsiplar, shuningdek, hissiy o`qitishga amal qilmaslik.
To`rtinchidan, o`tilgan materiallarni mustahkamlamaslik, uy vazifalarini pala-
partish ko`rsatish yoki tushuntirish, o`quvchilarni mustaqil fikrlashga yo`naltiruvchi
faoliyatga unday olmaslik.
Beshinchidan, yetarli o`zlashtirishga erishmagan o`quvchilar bilan alohida
ishlamaslik.
Bolalar bilimida bo`shliq paydo bo`lishiga olib keladigan psixologik sabablar
quyidagilardir:
- didaktik va tarbiyaviy ta`sirlarning yo`qligi, o`quvchilarning o`zlashtirish
natijalari, shuningdek, psixologik va pedagogik jihatlarining e`tiborga olinmasligi;
- boshlang`ich sinflarda me`yorda o`qish uchun noqulay sharoitlarning kishi
istamagan holda vujudga kelishi (uzoq davom etgan kasallik, jismoniy nuqsonlar,
holsizlik), turmush sharoitining noqulayligi, ota- onalarning e`tiborsizligi,
maktabning yashash joyiga nisbatan uzoq masofada joylashuvi;
Do'stlaringiz bilan baham: |