―ILM-FAN VA TA‘LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR, MUAMMOLAR, TAKLIF VA YECHIMLAR‖ MAVZUSIDAGI 4-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-ONLAYN KONFERENSIYASI 30 - SENTABR 2020 - YIL ―UzACADEMIA‖ scientific-methodical journal 137
www.academiascience.uz
o‘zgartirmaydilar degan xulosaga kelamiz. Bu xaqikatda shunday ro‘y beradi. Buni
superpozitsiya prinsipi deb ataladi. Superpozitsiya prinsipi bajarilganda fazoda bir
vaqtda tarqalayotgan elektromagnit to‘lqinlarning ye va N kuchlanganliklari o‘zaro
algebraik ravishda qo‘shiladilar, lekin ikki yorug‘lik to‘lqinining tebranishlarining
fazalar ayirmasi vaqt bo‘yicha o‘zgarmas bo‘lsa, bu prinsip bajarilmaydi. Bu
to‘lqinlarni kogerent to‘lqinlar deyiladi. Kogerent to‘lqinlar qo‘shilganda fazoning bir
qismida yorug‘likni kuchayishi ya‘ni maksimumi, boshqa qismlarida yorug‘likni
susayishi, ya‘ni minimumi kuzatiladi. Bunday hodisaga yorug‘lik to‘lqinlarining
interferensiyasi deyiladi. YOrug‘lik interferensiyasi faqat kogerent yorug‘lik
to‘lqinlari qo‘shilganda ro‘y beradi.
Kogerent to‘lqinlarni kogerent manbalar sochadi. Ammo tabiatdagi barcha
yorug‘lik manbalari o‘zaro kogerent bo‘lmaydi. SHu sababli birinchi marta yorug‘lik
interferensiyasini kuzatish uchun sun‘iy usuldan foydalanganlar, ya‘ni bir manbadan
chiqayotgan yorug‘likni ko‘zgu, linza yordamida yoki boshqa usulda ikkiga ajratib,
so‘ng uchrattirganlar. Bunday usuldan Frenel, YUng, Lloyf, Bete, R. Pol kabi olimlar
foydalanganlar. Misol tariqasida YUng sxemasini ko‘ramiz. T.YUng bir tirqishdan
tarqalayotgan yorug‘lik yo‘liga ikki tirqishli to‘siq qo‘ydi. Natijada to‘siqdan so‘ng
yorug‘lik ikki mustaqil dasta sifatida tarqaladi. Bu ikki yorug‘lik bir manbadan
chiqayotgan bo‘lgani uchun o‘zaro kogerent bo‘ladi va ekranda interferensiya
maksimumlari va minimumlari kuzatiladi. Agar ekranda uchrashayotgan ikki
kogerent yorug‘lik to‘lqinlarining optikaviy yo‘llari farqi juft sonli to‘lqin
o‘zunligiga teng bo‘lsa
(2.1)
interferensiya maksimumi kuzatiladi. YOzilgan (2.1) shart interferensiya
maksimumlari sharti deyiladi. Agar ekranda uchrashayotgan ikki kogerent yorug‘lik
to‘lqinlarining optikaviy yo‘llari farqi toq sonli to‘lqin o‘zunligiga teng bo‘lsa
(2.2)
interferensiya minimumlari kuzatiladi. YOzilgan (2.2) ifoda interferensiya
minimumlari sharti deyiladi.
Interferensiya hodisasini hayotda biz uchratib turamiz. Masalan, suv yuzidagi
yupqa yog‘ yoki moy qatlamlariga yorug‘lik tushganda ularning tovlanishini
ko‘ramiz. Bu hodisaga optikada yupka plastinkalar rangi deb nom berilgan. Bunday
rangli tovlanishlar sovun pufaklarida juda yupqa neft pardalarida, eski shisha yoki
metallar sirtida ham kuzatiladi. Agar yupqa shaffof plyonkani yoritsak, unda ham
shunday hodisani ko‘ramiz. Buning sababi shundaki, yorug‘lik yupqa plastinkaning
ikki sirtidan qaytganda yorug‘lik to‘lqini ikki kogerent dastani vujudga keltiradi. Bu
dastalar o‘zaro uchrashib interferensiyani beradi. Bunda hosil bo‘lgan interferension
manzaralar lokallangan manzaralar deyiladi. Chunki ular faqat parda sirtiga yaqin