374
1 mavzu bo’yicha tarqatma material
“Obod turmush yili” Davlat dasturidan o’rin olgan ijtimoiy-iqtisodiy
masalalar.
2011 yilning yanvar oyida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
“BMT Mingyillik maqsadlarini O’zbekistonda amalga oshirish bo’yicha
qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” maxsus qaror qabul qildi. Unda
O’zbekistonda BMTning Mingyillik rivojlanish maqsadlariga muvofiq aholi
turmush darajasi va sifatini izchillik bilan yuksaltirish uchun zarur bo’lgan
qo’shimcha choralarni amalga oshirish maqsadida vazirliklar, idoralar, markaziy
va mahalliy hokimiyat organlarining mamlakatda inson salohiyatining muttasil
rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan kompleks harakat dasturi belgilangan
34
.
Inson taraqqiyoti kontseptsiyasiga ko’ra, jamiyatning rivojlanishi markazida
faqat oddiy iqtisodiy ko’rsatkichlar emas, balki avvalo, inson turishi kerak.
Taraqqiyotning pirovard maqsadi va uning samarasining bosh mezoni –
odamlarning imkoniyatlarini kengaytirish, ularning tabiiy, jamiyatda umume’tirof
etilgan qadriyatlarga mos keladigan ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini sifatliroq
qondirish, yanada yuqori turmush darajasiga erishish demakdir.
Prezidentimiz - 2013 yilni mamlakatimizda “Obod turmush yili” deb e’lon
qilishni taklif etar ekan, “ana shu yo’nalishda boshlagan ishlarimizni izchil davom
ettirish, ularni yangi, yuksak bosqichga ko’tarishni asosiy maqsad deb bilamiz”,
deya ta’kidladi.
2013 yilda byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqa va
stipendiyalar miqdorini o’rtacha 23 foizdan kam bo’lmagan darajada oshirish,
2013 yilda va keyingi ikki yilda aholi real daromadlarini kamida 1,5 barobar
ko’paytirish vazifasi qo’yilmoqda.
“Obod turmush yili” davlat dasturini ishlab chiqishda eng avvalo
mahallalarda, ko’p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro tomonidan
tinchlik va osudalikning qadriga etish, uni munosib himoya qilish ko’nikmalarini
shakllantirish, tinchlik uchun kurashishga oliy burch sifatida qarash kabi
qadriyatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlarga e’tibor qaratish zarur
bo’ladi.
Obod turmushning yana bir muhim sharti – bu inson salomatligini
mustahkamlash bilan bog’liq. Aholi salomatligi borgan sari yuqori darajadagi
ijtimoiy rivojlanishning integratsiyalashgan ko’rsatkichiga aylanib bormoqda. Shu
munosabat bilan aholining salomatligini mustahkamlash, sog’liqni saqlash
muassasalarining profilaktika, ya’ni kasalliklarning oldini olish borasidagi
faoliyatining samaradorligini oshirish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb
etadi.
34
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 yanvardagi “O‘zbekistonda BMTning Mingyillik
rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 21-sonli qarori. //
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. 2011 yil. 4-5-son. 35-modda.