KITOBAT SAN’ATI (arab, kataba -yozish, yozmoq so‘zidan)
— qolyozma kitoblarni yaratish va ziynatlash. Markaziy Osiyoda
(jumladan, 0 ‘rta Osiyoda) qolyozma kitoblarni bezash
juda qadimdan mahalliy madaniyat taraqqiyoti bosqichlari bilan
bogliq holda shakllangan. Eng qadimgi kitoblardan «Avestu»
qolyozmalari; so‘g‘d tilida yaratilgan «Vessantaraka jataka» asari
(uning varaqlari turli mamlakatlar Rossiya, Fransiya, Angliyada
saqlanadi); sopol yuzasidagi bitiklar, charm o'ramlari, metall buyumlardagi
yozuvlar, qog‘oz varaq taxlamalari (taxtachalar orasiga
olib tizimchalar bilan boglangan turi) va b. 0 ‘rta asrlarda umum
musulmon yoki arab tilidagi qolyozma an’analariga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |