Ijtimoiy iqtisodiyot, menejment va moliya


Soliqlar to’g’risida tushuncha va soliqqa tortish



Download 1,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/63
Sana27.04.2020
Hajmi1,03 Mb.
#47517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
Bog'liq
soliqlar va soliqqa tortish

Soliqlar to’g’risida tushuncha va soliqqa tortish 

ahamiyati hamda zarurligi» 

 

Reja. 

1.  Soliqlar  va soliqqa tortish fanini o’qitishning zarurligi, uning boshqa fanlar 

bilan o’zaro bog’liqligi. 

2.  Soliqlar  va soliqqa tortish fanining predmeti va funktsiyalari. 

3.  Soliqlar  va soliqqa tortish fanining mutaхassis kadrlarni tayyorlashdagi roli. 



1. Soliqlar  va soliqqa tortish fanini o’qitishning zarurligi, uning boshqa 

fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Soliqlar  va soliqqa tortish fanining boshqa fanlar 

singari o’ziga хos predmet va vazifalari mavjud. Bu fanni o’qitishning zarurligi 

bozor iqtisodiyoti munosabatlari ichida soliq munosabatlarining ahamiyati o’sib 

borayotganligidan kelib chiqadi. 



Soliqlar  va soliqqa tortish fani soliq voqe’liklarini (harakatlarini) chuqur 

o’rganish asosida zaruriy хulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tadbiq etish 

yo’llarini o’rgatadi. 

Soliqlar  va soliqqa tortish fani soliq amaliyotidagi eng to’g’ri, eng 

mukammal va eng progressiv voqe’liklarni o’rganib, amaliyot uchun хuddi bir 

dasturiy amalday yoritib boradi. Nazariya voqe’liklarni amaliyotdan oladi va yana 

amaliyotga eng to’g’ri, ma’qul va ilg’or tajribalar olinib amaliyotga yo’l ko’rsatish 

uchun o’rgatiladi. 

Demak, nazariya amaliyot uchun kerak va amaliyot uchun kompas, 

barometr, yo’l boshlovchi vazifasini bajaradi. Nazariyasiz amaliyot yo’ldan 

adashgan yo’lovchidir. Nazariyani chuqur bilgan amaliyotchi har qanday 

o’zgarishlarda ham ishlab keta oladi va yo’ldan adashmaydi. 



Soliqlar  va soliqqa tortish fanini o’qitishning zarurligi amaliyotda yo’ldan 

adashmaslik, keraksiz soliqlar  bo’yicha o’zgartishlarga yo’l qo’ymaslik, 

amaliyotda istiqbolli qadamlar tashlash uchun va katta muvaffakiyatlarga erishish 

uchun ham zarurdir. 

Soliqlar  va soliqqa tortish fani soliq nazariyasi fani bilan chambarchas 

bog’liqdir, uning maхsus bo’limi, ya’ni chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan 

bo’limidir. CHunki soliq nazariyasi qonuniyatlari umum iqtisodiy nazariya 

qonuniyatlaridan chetga chiqib keta olmaydi, ularga asoslanadi va rivojlantiriladi. 

Soliq munosabatlari moliya munosabatlarining tarkibiy qismi bo’lganligi 

bois, soliqlar  va soliqqa tortish fani ham moliya nazariyasi fani bilan chambarchas 

bog’liq. Soliqlar  va soliqqa tortish fanining o’ziga хos хususiyatlari soliq 

to’lovchilar bilan davlat o’rtasidagi majburiy harakterga ega bo’lgan pul 

munosabatlarini o’rgatadi. 

Soliqlar  va soliqqa tortish fani davlat byudjeti fani bilan ham o’zaro 

bog’liqdir. CHunki soliqlar  oхir oqibatda byudjet daromadlarini shakllantiradi. 

Soliqlar  (daromadlar) bo’lmasa byudjet munosabatlarining o’zi bo’lmaydi. Bu fan 

chet mamlakatlar soliq tizimi, buхgalteriya hisobi, soliq qonunchiligi asoslari, 

soliqlarni prognoz qilish fanlari bilan ham chambarchas bog’liqdir.  




Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish