«ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat» kafedrasi


shakllantirish. kasb axloqi va madaniyati



Download 0,58 Mb.
bet47/75
Sana20.01.2022
Hajmi0,58 Mb.
#393793
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
Bog'liq
МФУМ умк янги

shakllantirish. kasb axloqi va madaniyati

Reja:

1.Mutaxassisning shaxsiy va kasbiy sifatlari.

2. Kasb etikasi, odobi va kasb madaniyati.

3. Bo’lajak mutaxassislarda kasbiy madaniyatni shakllantirish.
Mavzuga oid tayanch so‘zlar: ma’naviyat, axloq, tarbiya, madaniyat, aqliy faoliyat, axloqiy tarbiya, urf-odat.

Hozirgi kunda yoshlarni barkamol inson, o‘z vatanining ilg‘or kishisi sifatida tarbiyalash eng asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Chunki aynan yoshlar davlatimizning kelajagidir.

Mamlakatimizda chuqur, keng qamrovli iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma’naviy yuksalish va yangilanish ilg’orlab bormoqda. Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish – O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma’naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o‘z mustaqilligini tushunib etish va ozodlikni sevish tuyg‘usi bilan birgalikda yetilgan. Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan birga singadi. Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u ma’naviyat belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi. Tabiatga yaqinlik, jonajon o‘lkaning benihoya go‘zalligidan bahramand bo‘lish ma’naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi. Ma’naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib etishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi.1[2]

Ma’naviyati yuksak shaxslar yurtni tanitadi. Shaxsni esa uning ma’naviy qiyofasi tanitadi. Ma’naviyat – tarbiyadan boshlanadi. Ta’lim–tarbiyasiz ma’naviyatning bo‘lmasligi barchaga ayon haqiqatdir.

Milliy pedagogika asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo sadoqat, yo falokat masalasidir!” degan so‘zlari fikrimizga dalil bo‘ladi.

Tarbiya – ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari va ehtiyojlarini nazarda tutgan holda, o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqotidir.

Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu xatti-harakatini sekin-asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Bu esa, insonni mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi, ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta-sekin komillikka erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi.

Jamiyat taraqqiyoti tarixi shuni ko‘rsatadiki, faqat ma’naviyat-ma’rifat keng quloch yoygan, ilm-urfon taraqqiy etgan mamlakatdagina adolatli jamiyat qurish va unda bir-biriga mehr-oqibatli, kamolotli insonlar shakllanishi mumkin. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi va bunyodkorlik, yaratuvchilik ishiga, ezgulikka intilishi kuchli va jamiyat fuqarolarida sog‘lom fikr, aql-idrok har doim ustuvor bo‘ladi.

Mustaqillik bizga ma’rifiy, madaniy, adolatli va insonparvar jamiyat qurish imkonini berdi. Endi bu jamiyatga har bir inson o‘z o‘rni, mavqeiga yarasha vijdonan hissa qo‘shmog‘i lozim.

Insonning ma’naviyati uning odobi, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va siyosiy bilimlari zamirida shakllanadi. Mazkur bilimlar o‘z navbatida inson ijobiy sifatlarining kamol topib, boyib borishiga olib keladi. Fazilatlar insonning ijobiy sifatlari majmuidan iborat.



Sifat – alohida bir shaxsning muayyan bir xislatini ifodalovchi axloqiy kategoriyadir.

Fazilat – alohida shaxs, el, elat, xalq, ulusga taalluqli bo‘lgan ijobiy axloqiy sifatlar majmui.

Odamning inson sifatida shakllana borishi jarayonida uning kamoloti darajasi odob, axloq, madaniyat, ma’naviyat elementlarining unda qanchalik mujassamlanganligi bilan belgilanadi. Shu o‘rinda bu kategoriyalarning mohiyati ustida to‘xtalib o‘tish joizdir.




Download 0,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish