Ijtimoiiy fanlar



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/370
Sana29.12.2021
Hajmi1,93 Mb.
#77906
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   370
Bog'liq
Публикация2

1(1.1)-ilova 
Kurs bo’yicha tinglovchilarning o’zlashtirishlarinibaholash mezonlari 
Muddati
 
Nazorat shakllari
 
Reyting ballari
 
Amaliy mashg`ulot darsida.
 
Amaliy 
mashg`ulotda 
individual 
topshiriqlarni  bajarish  va  guruhda 
45 ball
 
Kurs tugagandan so’ng bir hafta 
ichida.
 
Mustaqil 
ish 
variantlari 
bo’yicha 
individual topshiriqlarni bajarish.
 
10 ball
 
Kurs oxirida.
 
Test topshirish.
 
15 ball
 
Doimiy.
 
Ijodiy yondoshuv.
 
30 ball
 
Jami:
 
 
 
100 ball
 
267 
 
rashayotgan Madaminbek bilan Anvar Poshoning taqdirlari esa fojiali tugadi. 
Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati 1919 yil yozining oxiri va kuzida o’zining yuqori 
cho’qqisiga  chiqdi.  Madaminbek  boshchiligidagi  islom  qo’shinlari  safiga  Jalolobodda  turgan 
rus krestyanlar armiyasining qo’shilishi vodiyda sovet hokimiyatini aQdarish uchun real kuch 
edi. Sentyabrning dastlabki kunlarida Madaminbek lashkarlari Jalolobod shahrini egalladi. Qur-
shob  qasabasi  yonidagi  janglarda  sovet  armiyasi  qismlari  katta  mag’lubiyatga  uchrab,  O’sh 
shahriga chekindi. 8 sentyabrda bir yarim kecha-kunduzlik qonli janglardan keyin O’sh shahri-
dagi  garnizon  taslim  bo’ldi  va  qamoqhonada  yotgan  mahbuslar  istiqlolchilar  tomonidan  ozod 
qilindi. 
Madaminbek qo’shinlari 13 sentyabrda Eski Marg’ilon shahrini egalladilar. SHu bilan birga 
vodiydagi  eng  yirik  strategik  shahar-Andijonni  qamal  qilishga  kirishdilar.  Afsuski,  bir  oy 
davomida  Farg’ona  vodiysini  larzaga  keltirgan  Madaminbek  boshchiligidagi  musulmon 
qo’shinining hujumi pirovard natijada mag’lubiyat bilan tugadi. 
1919 yil 22 oktyabrda Pomirning Ergashtom ovulida bo’lgan anjumanda Farg’ona muvaqqat 
muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga 16 musulmon va 8 rus, hammasi bo’lib 24 ki-
shi  kiritildi.  Madaminbek  hukumat  boshlig’i  bo’lishi  bilan  birga  Bosh  qo’mondon  qilib  ham 
tayinlandi. 
1919 yilning kech kuziga kelib Madaminbek qo’l ostida 30 mingga yaqin yigit qizil armi-
yaga qarshi istiqlol janglarini olib bordilar. Bu paytda SHermuhammadbekda 20000 yigit, Er-
gash qo’rboshida 8000 yigit bo’lgan. Aynan ana shu uch lashkarboshi vodiydagi jangovor hara-
katlarni yo’naltirib turganlar. 
Madaminbek  siymosida  sarkardalik,  davlat  va  siyosat  arbobiga  xos  sifatlar  o’zaro  uy-
g’unlashib ketgan edi. U Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilarning haqiqiy ma’nodagi dohiysi, tan 
olingan  yo’lboshchisi  edi.  Madaminbek  vodiydagi  sovet  hokimiyati  organlariga  muqobil  rav-
ishda o’z siyosiy boshqaruv usulini joriy qildi. Bunday boshqaruv usulini yana Ergash va SHer-
muhammadbek qo’rboshilargina joriy etgan edilar. 
Turkistondagi istiqlolchilik harakati 1920 yilning yozi va kuzida o’zining yangi bosqichiga 
qadam  qo’ydi.  Kurash  yana  ham  shafqatsiz  va  murosasiz  tus  oldi.  Farg’ona  vodiysi  va 
Samarqand  viloyatidagi  vatanparvarlar  bilan  bir  qatorda  endilikda  Xorazm  va  Buxorodagi  fi-
doyilar ham bosqinchi qizil armiya jangchilariga qarshi muqaddas kurashga otlandilar. Kurash 
bayrog’ini vodiyda Madaminbek o’rniga endi SHermuhammadbek ko’tardi. Farg’ona vodiysi-
dagi butun qo’rboshilar va tinch aholi vakillari Oltiariq tumanida o’zlarining nav-batdagi qurul-
toylariga to’plandilar. Qurultoy 1920 yil 3 mayda Turkiston muvaqqat hukumatini tuzdi. Ushbu 
qurultoyda SHermuhammadbek hukumat raisi va islom qo’shinlarining Oliy bosh qo’mondoni 
qilib saylandi. Bolshevik maddohlardan birining e’tiroficha, «Madaminbek qo’rboshilar o’rta-
sida eng kuchlisi bo’lgan bo’lsa, SHermuhammadbek shubhasiz, eng xavflisi edi». 
Turkiston MIK raisi Inog’omjon Xidiraliyevning sal keyinroq yozishicha, «1920 yil senty-
abrda bosmachilarning soni 70000 kishiga yetdi va kuchli vahima uyg’otdi». 
Turkistondagi istiqlolchilik harakatining g’oyaviy rahnamolari ham yetarli darajada mavjud 
bo’lib, ular asosan jadid munavvarlari va islom ulamolari edi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, 
istiqlolchilik  harakatiga  g’oyaviy  rahnamolik  qilish  borasida  jadidlar  bilan  ulamolar  o’rtasida 
o’zaro  raqobat  mavjud  edi.  Namanganlik  Nosirxon  To’ra  Said  Kamolxon  To’ra  o’g’li, 
toshkentlik  muftiy  Sadriddinxon  Maxsum  SHarifxo’ja  Qozi  o’g’li,  Turkiston  MIKning  sobiq 


266 
 
mustamlakachilik  zulmi  ostida  ezilib  kelgan  Farg’onaliklar  endi  bolsheviklar  tuzumi  va  sovet 
Rossiyasiga  qarshi  qurolli  kurashga  otlandilar.  Demak,  Turkistonda  sovet  hokimiyati  va 
bolshevikcha  tuzumga  qarshi  istiqlolchilik  harakatining  boshlanishini  xronologik  jihatdan  1918 
yil fevral oyining so’nggi o’n kunligida deb belgilashimiz mumkin. 
Dastlabki istiqlolchi guruhlarining tuzilishi Qo’qon atrofidagi Bachqir qishlog’idan chiqqan 
Kichik va Katta Ergashlarning nomlari bilan uzviy bog’liqdir. 27 fevralda bo’lgan janglarning 
birida Kichik Ergash shahid bo’lgach, uning o’rniga Katta Ergash qo’rboshi (uni Mulla Ergash 
ham deyishgan) Farg’ona vodiysida bolsheviklarning mustamlakachilik tartibiga qarshi kurash 
boshladi. 
Skobelev  uyezdida  esa  Marg’ilon  militsiyasining  sobiq  boshlig’i  Muhammad  Aminbek 
Ahmadbek o’g’li-Madaminbek sovetlarga qarshi kurash e’lon qildi. «YAkkatut volosti Garbobo 
qishlog’idagi  Madaminbek  guruhining  qarorgohiga  ommaviy  ravishda  mahalliy  yoshlar  kelib 
qo’shilardi», deb yoziladi 1918 yilga oid arxiv hujjatlarining birida. 
1918  yil  mart  oyiga  kelib  Farg’ona  vodiysida  bir-biridan  mustaqil  ravishda  40  dan  ortiq 
qo’rboshi  dastalari  faoliyat  ko’rsatardi.  Madaminbek  Skobelev  uyezdida,  aka-uka 
SHermuhammadbek  va  Nurmuhammadbek  Marg’ilon  atroflarida,  Omon  Pahlavon,  Qobul, 
Sotiboldi  Qozi  va  Rahmonqul  Namangan  uyezdida,  Parpi  qo’rboshi  Andijon  shahri  atrofida, 
Eshmat  qo’rboshi  Qo’qonning  Buvayda  qishlog’ida,  Jonibek  Qozi  O’zgan  tomonda, 
Muhiddinbek Novqatda o’z faoliyatlarini boshladilar. 
Istiqlolchilik harakatining harbiy birlikka aloqasi bo’lmagan qurolli bezorilik yoki bosqinchilik, 
yoxud «bosmachilik» harakati emasligini alohida ta’kidlab o’tish kerak. Istiqlolchilik harakatining 
o’ziga xos milliy yo’nalishi va Turkistonga mos xususiyatlari bo’lgan. Harakatning boshdan oxiri-
gacha ustuvor g’oya-bu butun Turkistonning milliy istiqloli edi. 
Sovet  hokimiyati  vakillarining  butun  Turkiston  o’lkasida  yuritgan  shovinistik  va  mustam-
lakachilik siyosati, mahalliy aholi manfaatlari bilan hisoblashmay ularning nafsoniyatiga tegishi 
istiqlolchilik harakatining doimiy ravishda avj olishi hamda uning uzluksiz davom etishiga olib 
keldi. 
Turkistondagi  istiqlolchilik  harakatining  asosiy  harakatlantiruvchi  kuchlari  dehqonlar, 
chorikorlar,  mardikorlar,  hunarmandlar  va  kosiblar  edi.  Turkiston  respublikasi  rahbarlaridan 
birining  e’tirof  etishicha,  istiqlolchilik  harakatiga  «asosan  dehqonlar  va  hunarmandlar  qat-
nashdi».  Farg’onadagi  qurolli  muxolifat  kuch  va  son  jihatdan  tish-tirnog’igacha  qurollangan 
sovet qo’shinlaridan ba’zan mag’lubiyatga uchrab tursa-da, e’tiqod va ozodlik uchun kurashay-
otgan istiqlolchilar vodiydagi butun aholi orasidan doimo madad va yordam olib turardilar. 
Turkistondagi  istiqlolchilik  harakatining  uyushgan  bir  shaklda  namoyon  bo’lishida  qo’r-
boshilar ko’rsatgan g’ayrat-shijoatni alohida ta’kidlab o’tish kerak. O’z vaqtida Farg’ona vodi-
ysida  Kichik  va  Katta Ergashlar, Madaminbek,  SHermuhammadbek,  Islom  Pahlavon,  Buxoro 
Xalq  Respublikasida  Said  Olimxon  (sobiq  amir),  Ibrohimbek,  Mulla  Abdulqahhor,  Anvar 
Posho,  Salim  Posho,  Davlatmandbek,  Jabborbek,  Oston  Qorovulbegi,  O’rmon  Polvon,  Hayit 
Amin,  Fuzayl  Mahdum,  Doniyolbek,  Xorazm  Xalq  Respublikasida  Junaidxon,  G’ulomalixon, 
Qo’shmamedxon,  Temir  Alixon  kabi  qo’rboshilar  bu  harakatni  yagona  kuchga  birlashtirish 
uchun  rahbarlikni  birin-ketin  o’z  qo’llariga  olsalar-da,  lekin  Farg’ona  vodiysi,  Xorazm  va 
Buxorodagi istiqlolchilik harakati boshdan oxirigacha yagona markazga to’liq uyusha olmadi. 
Turkiston  fidoyilarining  ozodlik  harakatini  yagona  markazga  birlashtirish  uchun  izchil  ku-
73 
 

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   370




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish