Ko’p partiyaviylik tizimi. Milliy siyosat Partiyalar va harakatlar demokratik jamiyat qur-
ishning zaruriy sharti bo’lib, 80-yillarning oxirlaridan boshlab O’zbekistonda bir qator ijtimoiy
harakatlar paydo bo’ldi. «Birlik» xalq harakati, «Erk» demokratik partiyasi, O’zbekiston erkin
yoshlar uyushmasi kabi norasmiy tashkilotlar faoliyat ko’rsatib, jamiyatdagi muhim muammo-
larni ilgari sursa ham sovet rejimi ularni rasmiy tan olmadi. Faqat mustaqillik sharofati bilan
1991 noyabr oyida «Birlik» va «Erk» tashkilotlari O’zbekiston Adliya vazirligi tomonidan
ro’yxatga olindi. Biroq bu harakat rahbarlarining so’l qarashlari va boshqa sabablar oqibatida
oradan ko’p o’tmay ularning faoliyati to’xtatildi.
Mustaqillik yillari mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya tashkil topdi. O’zbekiston Xalq de-
mokratik partiyasi 1991 yil noyabrdan faoliyat ko’rsatib, o’z safida 420 mingdan ziyod a’zoni
birlashtirgan. Oliy Majlisning 69 ta deputati uning a’zolaridir. «Vatan taraqqiyoti» partiyasi
1992 yil may oyida tuzilgan bo’lib, uning saflarida 35 mingdan ortiq a’zo bor. Uning 14 a’zosi
Oliy Majlis deputati. «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi 1995 yil fevralda tashkil topgan
bo’lib, 30 mingdan ortiq a’zosi bor. Oliy Majlisda 47 deputatdan tashkil topgan o’z fraksiyasiga
ega. «O’zbekiston Milliy Tiklanish demokratik partiyasi» 1995 yil iyunida tashkil topgan.
Saflarida 6 mingga yaqin a’zosi bor. 1998 yil «Fidokorlar» milliy-demokratik partiyasi tashkil
topdi. 2000 yilda maqsad va vazifalari mamlakatni har tomonlama rivojlantirishdan iborat bo’l-
gan «Vatan taraqqiyoti» va «Fidokorlar» yagona partiyasiga birlashdilar. SHuningdek, Respub-
likada 1995 yil iyun oyida ta’sis etilgan «Xalq birligi» harakati ham mavjud. Bu partiya va
harakatlarning har biri jamiyat ma’lum qatlamlarining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy
45
mavzulari ustida ishlash;
- fanga oid ma'lumotlarni o‘rganish, ularni tahlil qilish;
- talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari
yoki mavzularni chuqur o‘rganish;
- faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv
- mashg‘ulotlari;
- masofaviy (distansion) ta'lim.
O‘zbekiston tarixi fanidan talabalarning mustaqil ishlarini referat, seminar, ma'ruza tayyor-
lash, Prezident asarlarini konspektlashtirish va boshqa shakllarda tashkil etilishi tavsiya etiladi.
Mustaqil ish mavzularini belgilashda ma'ruza va seminar mashg‘ulotlari mavzularini
to‘ldirishga harakat qilinishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |