Iii bob. Kichik biznes va xususiy korxonalarni tashkil etish


«Fikrlar hujumi» uchun savollar varaqasi



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/21
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#494052
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
3-mavzu(2)

«Fikrlar hujumi» uchun savollar varaqasi
1. Hozirgi paytda ishlatilayotgan mahsulotlardan foydalanmasdan xuddi shunday 
natijaga erishish mumkinmi?
2. Mana shu ishni umuman qilmasdan, o ‘shanday natijalarga erishish mumkinmi?
3. Mahsulot olishni yoki ishni osonlashtirish mumkinmi?
4. Jarayonni tezlashtirish uchun biror narsa qilish mumkinmi?
5. Buni yoqimliroq qilish mumkinmi?
6. Buni qulayroq qilsa bo‘ladimi?
VV


7. Buni tozaroq va tartibliroq qilish mumkinmi?
8. Buzilmaydigan va mustahkamroq shaklni topsa bo‘ladimi?
9. Buni xavfsiz, bezarar bajarsa bo‘ladimi?
10. Buni foydaliroq qilish mumkinmi?
11. Buni boshqa biror narsaga moslashtirsa bo‘ladimi?
12.Uning bahosini ko‘tarish uchun biror narsa qo‘shimcha qilsa bo‘ladimi?
13.Buni ishonchliroq qilsa bo‘ladimi?
14. Qanday qilib uni samaraliroq qilish mumkin?
15.Uni arzonroq qilsa bo‘ladimi?
16.Bu mahsulotning tashqi ko‘rinishini ko‘rkamroq va yaxshiroq qi- lish mum- 
kinmi?
17.Mahsulotdan foydalanish doirasini kengaytirish va undan ko‘p 
maqsadlarda foydalanadigan qilish mumkinmi?
18.Boshqa ixtirolarni birga qo‘shsa va rivojlantirsa bo‘ladimi?
19. Buni ixchamroq va foydalanishga qulayroq qilish mumkinmi?
20. Ommalashtirish usullarini yaxshilasa bo‘ladimi?
21. Joylashtirish, o ‘rash va h.k larni yaxshilash mumkinmi?
22. Yana nimalarni yaxshilash mumkin?
Ustki qismi kesilgan rezinali qopqoqcha bilan yopilgan idishcha. Boshidagi 
ikkita jumlani o ‘qing.
Ular mavjud mahsulotdan foydalanmasdan, o ‘sha ishlarni bajarmay natijaga 
eri-shish imkoniyatini o ‘ylab ko‘rishni taklif qiladi. Bizning misolimizda shunday 
imkoniyat bormi? Biz yelim o ‘rnini bosa oladigan, masalan, ikki tomoni yelimli 
tasmani taklif qila olamizmi? yelim ishlatishning qulayroq usulini topish mum­
kinmi? Ancha tezroq, umuman yaxshirog‘ini-chi?
Fikringizni rivojlantiradigan barcha yo‘nalishlarni diqqat bilan o ‘rganing. 
Har bir yo‘nalishni o ‘rganib, oxiriga, maromiga yetganingizga ishonch hosil 
qilganingizdan so‘ng, keyingi yo‘nalish to ‘g ‘risida fikr yuritishga va o ‘rganishga 
kirishing. Xuddi shu bosqichlarni boshqa turdagi mahsulotlar uchun ham sinab 
ko‘ring. Bunday o ‘z-o‘zini qo‘zg‘atish sistemasi usuli sizga muhim talablarni 
aniqlashga yoki uni qondirish yo‘llarini topishga yordam beradi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish muammolariga bag‘ishlangan Amerika ada- 
biyotlarida, tijorat g ‘oyalarini qiziqtirish yo‘li bilan maxsus nazorat savollari aso- 
sida tanlash usuli tavsiya etilgan. U quyidagi savollardan iborat:
1. Buyumning o ‘lchamini o ‘zgartirish mumkinmi?
2. Ularning sonini o ‘zgartirsa bo‘ladimi?
3. Uni yig‘ishni, harakatlar ketma-ketligini o ‘zgartirish mumkinmi?
4. Vaqt elementlarini o ‘zgartirsa bo‘ladimi?
5. Sabab va natijalarni o‘zgartirish mumkinmi?
6. Unga xos belgilarni o ‘zgartirsa bo‘ladimi?
7. Shaklini o ‘zgartirish mumkinmi?
8. Harakatlarni o‘zgartirish mumkinmi?
9. Holat va sharoitlarni o ‘zgartirish mumkinmi?
10. Sotish uchun biror yangilikni taklif qilish mumkinmi?
78


Uyingizda, yo‘lda, institutda siz har kuni to ‘qnashadigan xohlagan 
narsangizni tanlang. Qanday qilib bularni yaxshilash mumkin? Biz juda ko‘p 
hollarda atrofimizdagi narsalarni shundayligicha qabul qilamiz. Endi sizga 
atrofingizdagi sizni o ‘rab turgan olamni aql, mulohaza yuritish yoki kuzatish yo‘li 
bilan o ‘rganish taklif qilinadi. Yangi buyum yoki hodisani ko‘rishingiz bilanoq, 
to ‘xtang! - diqqat bilan qarang - chuqur mulohaza qiling. Balki sizda taklif etilgan 
savollar ro‘yxatiga, murojaat qilish istagi tug‘ilar. Lekin, har holda juda 
shoshilinch harakat qilmang. Har bir satrda hech bo‘lmasa uch daqiqa to ‘xtang. 
Sizda tug‘ilgan har bir g ‘oyani yozing. So‘ng ularga sayqal bering.

Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish