Ichki ishlar idoralari xodimlarining


Tezkor-qidiruv xodimlari axloqining asosiy belgilari



Download 0,5 Mb.
bet91/161
Sana06.02.2023
Hajmi0,5 Mb.
#908221
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   161
Bog'liq
Respublikasi

Tezkor-qidiruv xodimlari axloqining asosiy belgilari. Ichki ishlar idoralarining oliy ta’lim muassasalarida kasb axloqini o‘rganishning ikki yo‘li mavjud: birinchisi – kasb axloqini maxsus kurslarni o‘qish jarayonida yoritib borish; ikkinchisi – axloqiy masalalarni tinglovchilar va talabalar uchun mo‘ljallangan barcha fanlar va amaliy topshiriqlar mazmuniga singdirish. Ularning har biri o‘z ustunliklari va kamchiliklariga ega.
Masalan, birinchi yo‘l kursning to‘liq o‘rganilishini ta’minlaydi, biroq
«Tezkor-qidiruv faoliyati» kursining o‘ziga xosliklari, uning katta qismini foydalanish cheklangan (maxfiy) ma’lumotlar tashkil etishi tufayli bu faoliyatning ko‘pgina axloqiy jihatlarini ko‘rib chiqishning imkoni yo‘q.
Ikkinchi yo‘l – axloq-odob muammolarini butun kursga «singdirib yuboradi», bu esa, o‘z navbatida, ularning yaxlit idrok etilishini istisno qiladi.
Shuning uchun axloq va odob masalalarini o‘rganishni maxsus kurslarda ham, «Tezkor-qidiruv faoliyati» kursini o‘rganish jarayonida ham amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Tezkor-qidiruv deganda davlat tomonidan belgilangan vakolatlarga ega tezkor qidiruv bo‘linmalarining xodimlari tomonidan fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i, huquq va erkinliklari, mol-mulkini hamda jamiyat va davlatning xavfsizligini turli jinoyatchi unsurlar tajovuzidan saqlash maqsadida oshkora yoki maxfiy tarzda bilan olib boriladigan ishlar tushuniladi.
Tezkor-qidiruv bilan shug‘ullanuvchi ichki ishlar idoralari xodim- larining axloqiy faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra boshqa xizmatdagilarning axloqidan quyidagi belgilari bilan farq qiladi:

  1. Tezkor-qidiruv ishlari razvedka xarakteriga ega bo‘lib, strategik jihatdan jinoyatchilarga qarshi kurash bo‘yicha ma’lumot va axborot to‘plash hamda ulardan jinoyatlarni ochish,tergov va suddan yashirinib yurgan shaxslar hamda bedarak yo‘qolganlarni qidirib topishda foydalanishni yo‘lga qo‘yishdan iboratdir. Taktik jihatdan esa jinoyat-

chilarni yo‘ldan chalg‘itish, ularning haqiqiy maqsadlarini bilish, qachon va qayerda jinoyat sodir etishlaridan xabardor bo‘lish, qilmoqchi bo‘layotgan jinoyatlaridan qaytarish va boshqa qonunga zid xatti- harakatlarning oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazishdan iborat. Ma’lumki, bunday tadbirlarni amalga oshirish uchun tezkor-qidiruv xodimlari o‘zlarining kasbiy burchiga sodiq qolgan holda, omma ichida har xil «axloqiy o‘yinlar» o‘ynashiga to‘g‘ri keladi. Bunday «axloqiy o‘yin»ni vosita sifatida qo‘llash ularning maqsadlarini oqlaydi. Shunga ko‘ra, tezkor-qidiruv xodimlari axloqiy-ma’naviy faoliyatining birinchi belgisi «axloqiy o‘yin» shaklida ekanligi bilan ifodalanadi.

  1. Tezkor-qidiruv xodimlari jinoyatchilarni qo‘lga olishda asosan oshkora bo‘lmagan (maxfiy) tarzda ish olib borishi, ba’zi tadbirlarni o‘tkazishda istisno tariqasida oshkoralikka yo‘l qo‘yilishi bilan ham o‘zgalardan farqlanib turadi. Bunda jinoyatchilardan ularni zararsiz- lantirish bo‘yicha qo‘llaniladigan vosita, usul, reja, o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tadbirlar yashiriladi, ya’ni oshkor qilinmaydi. Shunga ko‘ra, tezkor-qidiruv xodimlari axloqiy-ma’naviy faoliyatining ikkinchi belgisi

«maxfiy rolli axloqiy fazilat» (shaxsning o‘zi, uning rolli axloqiy fazilatlari, vajlari barchadan sir saqlanadi) shaklida ekanligi bilan belgilanadi.

  1. Tezkor-qidiruv faoliyati ichki ishlar idoralarining barcha bo‘linmalari tomonidan emas, balki davlat hokimiyati organlari belgilab bergan maxsus xodimlar jamoasi tomonidan amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, tezkor-qidiruv xodimining axloqi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, normativ xarakterga ega. Har qanday tezkor-qidiruv xodimi axloqiy normalarni buzganligi (sir saqlash tartibini buzganligi yoki jinoyatchilar to‘dasiga maxfiy tarzda xizmat qilganligi hamda boshqacha shakldagi sotqinliklari) uchun jazoga tortilishi, vijdon azobiga uchrashi, davlat va xalq oldida sharmandayu sharmisor bo‘lishi aniq. Shunga ko‘ra, tezkor-qidiruv xodimlari axloqiy-ma’naviy faoliyatining uchinchi belgisi – «maxfiy normativ axloq» shaklida ekanligidir.


Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish