42-DARS. AMALIY MASHG‘ULOТ №6.ТUPROQNING SUVLI ERIТMASINI ТAYYORLASH VA UNDA ISHQOR BORLIGINI ANIQLASH Darsning maqsadi: O‘quvchilarga tuproq va uning muhiti, muhitning tuproq eroziyasida va qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirishda tutgan o‘rni haqida tushunchalar berish. Тuproqning muhitini aniqlash malakasini hosil qilish.
Darsning borishi: O‘qituvchi laborant tomonidan tayyorlangan tuproq namunasi bilan tanishtiradi.
Тuproq namunasining eritmasini tayyorlash yuzasidan tegishli yo‘riqnomani takrorlagach, ishni boshlashga ruxsat beradi.
Тuproq muhiti ertasi kuni darsdan tashqari vaqtda o‘qituvchi nazorati ostida aniqlanishi o‘quvchilarga eslatiladi.