I qism. Vagonlari elektr uskunalarining qisqacha tavsifi



Download 445,18 Kb.
bet6/27
Sana05.01.2022
Hajmi445,18 Kb.
#319854
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Kurs ishi boyicha uslubiy qollanma (5)

1.4. Vagonlarni isitish
Vagonning isitish tizimlari tashqaridagi sovuq havo va vagon ichidagi havo o‘rtasidagi harorat farqi tufayli yuzaga keladigan issiqlik yo‘qotilishining o‘rnini to‘ldirish, shuningdek ventilyasiya tizimi vagonga uzatadigan tashqi sovuq havoni isitish uchun mo‘ljallangan.

Bunda vagonlarni konveksion-sirkulyasion isitish tizimi nisbatan kengroq tarqalgan. Bu tizimda tashqi havo kalorifer yordamida vagon havosi haroratiga qadar isitilib, shu holda vagonga uzatiladi. Vagon devorlari orqali, infiltratsiya (eshik, deraza ochilganidagi issiqlik yo‘qotishlar) va boshqa yo‘qotishlar vagon ichida joylashgan pechlarning isitish elementlari yordamida kompensatsiyalanadi.

Isitish qurilmalari konstruksiyasi isitish uchun ishlatiladigan energiya turi bilan belgilanadi.

Vagonlarni suv bilan individual isitish tizimi juda keng qo‘llanadi. Bu holda vagon qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan qozonga ega bo‘ladi. Qozonda isitilgan suv trubalar bo‘ylab kaloriferga va vagonning yon devorlari bo‘ylab joylashgan isitish jihozlariga kelib tushadi. Suv sirkulyasiyasi tabiiy, ko‘proq hollarda esa majburiy bo‘lishi mumkin. So‘nggi holda suv sirkulyasiyasi uchun vagonda elektr dvigatelli sirkulyasiya nasosi ham bor. Individual tizim vagon harakatlanayotganida, shuningdek u to‘xtab turgan payt, shu jumladan uzoq muddat to‘xtagan, vagon uzib qo‘yilganida ham bir xil ishlab turadi. Trubalarning va isitish jihozlari haroratining yuqori emasligi chang kuyishi, hamda noxush hidlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Qozon isitish ishi to‘xtaganida, masalan u ta’mirlangan payt, suvning katta issiqlik sig‘imi vagon ichidagi havo haroratining keskin tushib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Suv bilan individual isitish tizimi sodda, xavfsiz va ishda ishonchli hisoblanadi.

Bu tizimning kamchiligi – vagonda yoqilg‘i mavjud bo‘lishini talab qilishida. Uni vaqti-vaqti bilan to‘ldirib turish uchun yo‘l davomida vagonlar yoqilg‘i bilan ta’minlash bazalarini tashkil qilish talab etiladi. suv bilan isitish tizimining massasi ancha katta. Bu vagon tarasi og‘irligini kamaytirishga xalaqit beradi. Ana shu isitish tizimini avtomatlashtirish ham bir muncha og‘ir vazifa bo‘lib hisoblanadi.

Elektr yordamida suv isitish tizimi. Bu tizimda qozondagi suv qozonning suv “ko‘ylagiga” o‘rnatilgan yuqori voltli elektr isitish elementlari yordamida isitiladi. Elektr energiyasi manbai mavjud bo‘lmasa, qozon qattiq yoqilg‘ida ishlaydi.

Vagonlarning elektr yordamida suv isitish tizimi universal bo‘lib, ular ham elektrlshatirilgan, ham elektrlashtirilmagan temir yo‘llarda ishlatilishi mumkin. bugungi kunda Rossiyada, shuningdek Germaniya va Polsha zavodlarida ishlab chiqariladigan deyarli barcha vagonlar elektr yordamida suv isitish tizimlari bilan jihozlanadilar.

Yo‘lovchi va yuk vagonlari, shahar atrofida qatnaydigan elektrpoezdlar vagonlarini elektr yordamida isitish ham tobora kengroq qo‘llanmoqda.

Individual suv va elektr suv isitishga nisbatan bu isitish turiga xizmat ko‘rsatish soddaroq, oson avtomatlashtirilib, elektr isitish jihozlari massasi engilroq. Elektr isitishda vagon kuzatuvchilarining mehnati engillashib, sanitariya sharoitlari yaxshilashadi, qozonxona hududi bo‘shab, vagon tarasi kamayadi.

Shu bilan birga, elektr isitish jihozlari vagonda eng ko‘p energiya iste’mol qiladigan asboblardan bo‘lib hisoblanadilar. Ularning quvvati 50 kVt ga etadi. Shuning uchun elektr yordamida isitish tizimi vagonlarning markazlashgan elektr ta’minotidagiga qo‘llanadilar. Bunda elektr isitish jihozlari elektr energiyasini quyidagi tarzda olishlari mumkin:

a) doimiy tok yordamida elektrlashtirilgan temir yo‘llarda, bevosita kontakt tarmog‘idan elektrovozning pantografi orqali;

b) o‘zgaruvchan tok bilan elektrlashtirilgan temir yo‘llarda, elektrovoz tortuv transformatorining 3000 V kuchlanishli maxsus chulg‘amidan;

v) teplovozda o‘rnatilgan elektr generatordan;

g) maxsus vagon-elektrostansiyada o‘rnatilgan dizel-elektr generatorlardan.

Elektr isitishning jiddiy kamchiligi uning yuqori darajali elektr xavfliligidir. Yuqori voltli elektr pechlari vagonning barcha xonalari bo‘yicha taqsimlanadi va ular oldiga yo‘lovchilar ham kirib qolishlari mumkin.


Download 445,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish