Indentiv o’quv maqsadlar:
1. Islom dini g‘oyalarining mohiyatini tushuntirib berishadi;
2. Islom dini g‘oyalarining ta‘lim-tarbiya ta‘sirini belgilab berishadi;
3. Islom dini g‘oyalarining ta‘lim-tarbiya ta‘sirini asoslab berishadi;
4. Islom dini g‘oyalarining ta‘lim-tarbiya ta‘sirini tahlil qiladi;
VII asr boshlarida islom g‘oyasiga asoslangan arab xalifaligi tashkil topildi.
Bu davlat o‘z mavqeini mustahkamlash uchun. U III Asr o‘rtalariga kelib
mavoraunnaxrni zabt etishga to‘la erishdilar. Islom Arabiston yarim orolida uning
ko‘p asrlik tarixida o‘sib chiqqan yaxlit diniy siyosiy oqim sifatida vujudga keldi.
Islom dinining asoschisi va targ‘ibotchisi Muhammad ibn Abdulloh 570 yilda
Makkada Qurayish qabilasiga mansub Hoshimiylar xonadonida tug‘iladi.
«Qur‘on» - dunyo madaniyatining ulkan boyligi, barcha musulmonlarning
muqaddas kitobi bo‘lib arab tilida «qirot» ma‘nosini anglatadi. U 114 suradan
iborat. «Qur‘on» -kishilarni tenglikka, birodarlikka, tinch totuv yashashga,
ezgulikka undaydi. Shunga ko‘ra, u katta axloqiy ahamiyatga ega. «Qur‘onning»
axloqiy qimmati xaqida fikr yuritilar ekan, insonning ma‘naviy kamolotga etishida
qay darajada muhim o‘ringa ega ekanligiga amin bo‘lamiz. Shuning uchun u mana
necha asrlardan berishi insoniyatning eng ulug‘ qadriyati sifatida e‘zozlanib
69
kelmoqda. Islom odamlarni yaxshilika da‘vat etadi, yomonlikdan qaytaradi..
Insonparvarlikni targ‘ib etib, razolatni qoralaydi, odob-axloq -ma‘naviy poklik va
etuklikka va mehnat qilishga hamda er yuzini obod etishga undaydi. U adolat,
tenglik, tinchlik, erkni tarannum etadi. Buni biz «Qur‘on» ning insonni kamolotga
erishishda qay darajada o‘rin egallashlarini, uning insonga butun borliqqa
munosabati, turmush tarzi va xulq odobi me‘yorlarini tarkib toptirishda ulkan
ahamiyatdan ham bilsak bo‘ladi.
Ma‘lumki, etuk inson, avvalo o‘zining ilmliligi bilan namoyon bo‘ladi. Islom
musulmonlarni taraqqiyot sari undagan. Chunki inson shaxsi, jamiyat, ilm bilan
kamolotga etadi, taraqqiy etadi. Kishilarni ilmga qiziqtirish uchun
« Ku‘on» ning « Zumar» surasi 9- oyatida shunday deyiladi.
Ayting: biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar bo‘lurmiq» Darxaqiqat,
faqat aql egalarigina pand- nasixat olurlar. Islomda insoning aqliy kamoloti va
tafakkuriga katta e‘tibor beriladi. Bular ilm va xaqiqatni dallilar bilan isbotlashda:
islomning aniqlik dini, uning taqlid dushmani ekanligida namoyon bo‘ladi. Har bir
narsani Har tomonlama o‘rganib chiqib to‘g‘risini tanlab olishga: « Mening
badanlarimga- so‘z quloq tutib uning eng go‘zaliga
ergashadigan zotlarga xushxabar bering! Ana shular Allox xidoyat qilgan zotlar va
ana shulargina aql egalaridir (« Zumar» surasi 18 oyat). Har bir fikrni o‘ylab
tushunib, keyin unga rioya etganlar Allox xidoyat etgan kishilar haqiqiy aql egalari
deb ataladi. Albatta ilm aql yordamida amalga oshadi. Shunga ko‘ra, «Qur‘on»da
insonni aql ishlatishga chaqiriladi. Unda aql insonga berilgan buyuk ne‘mat deb
ta‘riflanadi. Aqlni ishlatmaslikning yomon oqibatlari xususida so‘z yuritiladi.
Islomda bilim, aql inson kamolotining me‘zoni hisoblanib, inson ko‘rish, eshitish,
aqlni ishlatish vositasida bilish qobiliyatiga ega bo‘ladi degan.
Ilm fan taraqqiyoti insonning axloqiy kamolga etishida katta axamiyatga ega
shunga ko‘ra, xulq odob qoidalarini tarkib toptirishga «Qur‘on»da e‘tibor beriladi.
Har bir shaxsning jamiyatning ravnaq topishida axloqning asosiy roli tasvirlanadi.
«Qur‘on»da har bir mo‘min musulmon bajarishi zarur bo‘lgan yaxshi xulqlar
insonni haqiqiy kamolotga undovchi insoniy fazilatlaridir deb tushintiriladi. Chunki
islom dinining asosiy maqsadi ham yomonlikning oldini olish kishilarga
yomonlikning hunik oqibatlarini tushuntirish hamda ularni doimo to‘g‘ri yo‘lga
chaqirishdan iboratdir. «Qur‘on»da insonni imonning o‘ziga xos me‘zoni sanalgan
saxovat mehmonnavozlik, jasorat, sabr va qanoat, to‘g‘rilik, vafodorlik va
sodiqlikka katta e‘tibor berilgan. Insondagi axloqiy sifatlardan eng muhimi hayr-
ehsonlarda haqida alohida fikryuritiladi.
Qur«‗oni karim»da ehsonga loyiq kishilarga birinchi navbatda ota-onalar
kiritilgan va ota-ona haqqi belgilab beriladi. «Al-Isro» surasining 23-24 oyadlarida
ota-onaga yaxshilik Allox taologa ibodat qilishdan keyin 2 vazifa sifatida
ta‘kidlanadi. Mazkur oyadlarida eng oliy insoniy muammoli qoidalari sifatida
quyidagilar belgilangan:
ota-ona xatti-harakattaining farzandga malol kelmasligi;
ota-ona bilan gaplashganda ularga og‘ir botadigan so‘z aytmaslik;
ota-onaga ehtirom bajo keltirish;
ota-onaga rahim shavqat qilish;
ularning haqiga duo qilish;
70
«Qur‘on»da kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilash to‘g‘risida
ham gap boradi va bu oliy darajadagi insoniy xislat bo‘lib, pok qalbli kishilargina
bunga erisha oladi.
«Xujurot» surasining 10-oyatida: «Mo‘minlar hech shak- shubhasiz og‘ainilardir.
Bas, sizlar ikki og‘a-iningiz o‘rtasini o‘nglab qo‘yinglar», -deyiladi. «Qur‘on»da
insondagi zarur xislatlardan sanalgan oliy- janoblik haqida ham fikr yuritiladi.
«Xashr» surasining 9-oyatida « garchi o‘zlarida ehtiyoj bo‘lsada o‘zlarini kuyib
oysor –ixtiyor qilurlar . Kimki o‘z nafsining baxilligidan saqlana olsa bas, ana
o‘shalar najot topguvchi zotlardir». «Qur‘on» ning ma‘lum oyatlari shirinsuxanlika
bag‘ishlanadi. To‘g‘ri so‘z va muomala madaniyatiga rioya qilish qonun- qoidalari
Islomgacha ham bo‘lgan. «Qur‘on» da insonni ahloqiy kamolga etkazishda yaxshi
kishilar bilan hamsuhbat bo‘lish ham katta ahamiyatga ega, deb ko‘rsatiladi.
Islomda salomga alik olish xususida «Niso» surasining 86 oyatida «qachon sizlarga
biron ibora bilan salom berilsa, sizlar undan chiroyliroq qilib alik olinglar yoki
o‘sha iborani qaytaringlar» , - deyiladi. «Qur‘on» da insonni ma‘naviy pok bo‘lish,
havoyi nafsdan saqlanish masalalariga ham e‘tibor beriladi. Havoyi nafsga
berilishning asosiy sababi sifatida kishi irodasining zaifligi va ilmsizligi yoki
ilmning kamligi ko‘rsatiladi. Chunki inson bilimsizligi tufayli xavoyi nafsga
mahkum etiladi, shunga ko‘ra aqlni ishlatib hayotda to‘g‘ri yo‘l tutishga da‘vat
etiladi. Masalan, «an‘om» surasining 119 oyatida «Shubhasiz , ko‘p kishilar o‘z
xoyu-xavaslari bilan bilmagan hollarida o‘zlarini yo‘ldan ozdururlar». «Rum»
surasining 29- oyatida «Zolim kimsalar biron bilim- hujjatsiz xavoyi nafslariga
ergashib Allohga shirk keltiradilar » kabi fikrlar buning dalilidir. «Qur‘on» da
insonni axloqiy kamolga etkazishda zid xususiyatlar: man- manlik, va aroqho‘rlik
va qimorbozlik ,talonchilik, boshqalarni kamsitish, badgumonlik, chaqimchilik,
g‘iybatchilik, maishiy buzuqlik, xasadgo‘ylik, ochko‘zlik kabilar xususida ham
ibratli fikrlar bildirilgan. «Qur‘on » da xaqiqiy inson bir-birini kamsitmasligi,
boshqalarni hurmat qilishi, shu bilan kishilar o‘rtasida totuvlikni mustahkamlashi
mumkin ekanligi kabi g‘oyalar ham mavjud. Islomda xasad ham eng qabix xislat
sifatida qoralanadi.
«Qur‘on» da insonning axloqan kamol topishida bekorchi gap so‘zlardan
yiroq yurish, mayda va behuda gaplarga vaqt ketgazmasliklardan o‘zini chetga olish
kabilarga ham e‘tibor berilgan. Insonning ma‘naviy kamol topishida me‘yorni
saqlash katta ahamiyat kasb etadi.
«Qur‘on» da ta‘lim berilishicha mol-dunyo insonni sinash uchun beriladi.
Mol dunyoga erishgan har bir inson uni to‘g‘ri yo‘lda sarflash kerak, deyiladi.
(«Anfol» surasi,28-oyat ).
«Qur‘on» da ta‘lim berilishicha boylik abadiy emas, xaqiqat va yaxshilik abadiydir.
Islom ta‘limotida ilgari surilgan muhim g‘oyalardan yana biri va uning eng muhim
tarkibiy qismi poklik va tozalikka rioya qilishdir.
Islom uzoq vaqt sho‘ro mafkurasida uning halqlar o‘rtasida dushmanlik
ruxini singdiruvchi, insonning qadr-qimmatini kamsituvchi, bilish va
qobiliyatlarini, aqlning, inson ijodiy qobiliyatlarining kuchini , inson irodasini inkor
etuvchi din sifatida tanqid qilib kelindi. Lekin biz yuqorida ko‘rib o‘tgan masalalar
bunday fikrlar asosi ekanligini ko‘rsatdi. Islom va uning asosiy ta‘limoti
71
mujassamlangan «Qur‘oni karim» da insonni ham aqliy ham axloqiy, ham jismoniy
, bir so‘z bilan aytganda komil insonni tarbiyalashda muhim manba ekanligi
namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |