Forobiyning pedagogik qarashlari ta‘lim-tarbiya xaqidagi ta‘limotni o‗rganishda
inson xislatlari to‗g‗risidagi falsafiy qarashlari nixoyatda muxim axamiyat kasb etadi.
Forobiy o‗zining falsafiy qarashlarida odamning tuzilishini ruxiyatini moddiy va
Forobiy ta‘limmoticha inson barcha boshqa jismlardan bo‗lmagan qobilyat va
kuchga ruxiy quvvatlarga aql va so‗zlash qobiliyatiga ega. Bu kuch uning tabiyatdaga
boshqa jismlardan ajratib turadi va uning ustidan xokim bo‗lish imkonini beradi.
45
Forobiy o‗simlik va insonga oid bo‗lgan xususiyat va qobiliyatlarni bir butun xolda
quvvat atab uni o‗sish quvvati xayvoniy quvvat va insoniy deb 3 ga ajratadi.
Forobiy o‗z dunyokarashida narsa xodisalarni bilish inson aqlini bilim bilan
boyitish uni ilimli ma‘rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruxiy jarayonga aloxida
e‘tibor beradi.
Forobiy o‗z asarlarida bilishning 2 bosqichi xissiy bilish va aqliy bilish xaqida
fikr bildirib, xissiy bilishning darajalari kelib chiqishi rivojlanishi xaqida fikr bildiradi.
U bilish jarayoni va inson bilimining kelib chiqishi xaqida shunday deydi.
«Inson bilimlarini aql va sezish organlari orqali qo‗lga kiritadi. Seziluvchi
obrazlar esa xis etish orqali aqliy obraz seziluvchi obrazlar orqali bilinadi.
Forobiy xikmat asoslari risolasida sezish turlariga xarakteristika berib, tashqi
ob‘ektning sezgi a‘zolariga ko‗rsatgan ta‘siri natijasida uning o‗zgarishini aloxida kayd
etadi.
Forobiy ta‘limoticha insonning besh sezgi a‘zosi besh turli vazifani bajarishga
muvofiqlashgan bo‗lib ular tashqi muxitdan olgan xabarlarni bir yagona markazga olib
keladi va bu markazda barcha xabarlar obrazlar umumlashadi. Odam a‘zolarining
markazi yurak butun tana va uning a‘zolarini qon bilan taminlaydi. Kon yurak orqali
butun a‘zolarga tarqaladi. Ikkinchi markaz miyadir, miya xam qon bilan tirik bo‗lganligi
sababli, yurakka bo‗ysunadi, ya‘ni yurakdan qon oladi lekin, shu bilan birga u butun
a‘zolarga raxbarlik qiladi, o‗z buyrugini bo‗ysundiradi ularni ma‘lum mo‗tadillikda
ushlab turadi. Demak, Forobiyning fikricha 1-dan insondagi ruxiy jarayonlar bilan
fiziologik-anatomik jarayonlar ruxiyat, a‘zo bilan bog‗liq, 2-dan yurak insonning
biologik xayoti miya esa ruxiy ma‘naviy xayotni boshqarib turadi.
Forobiy faylasuv sifatida ruxiy jarayonlarni insoning aqliy axloqiy ma‘naviy
rivojiga bog‗liq xolda o‗rganishga va talqin etishga xarakat qiladi.shuning uchun xam u
o‗z asarlarida sezgilar va aqliy bilish fikirlash kabi jarayonlarga juda katta e‘tibor beradi
va ular xaqida boshqa ruxiy jarayonlar, Masalan xotira, tasavvur, diqqat, xis tuyg‗u,
iroda, qobiliyat, malaka kabi shaxsiy xislatlarni bilish jarayoni bilan bog‗liq xolda so‗z
yuritadi.
Insonga xos bo‗lgan va uning ma‘naviy yuksalishida muxim axamiyat kasb
etuvchi taffakkur va nutqning rivojlanishi ta‘lim-tarbiyaning asosini tashkil etuvchi
muxim jarayondir.
Aql deb yozadi Forobiy jisimlarini bunday xislatlardan xoli xolda tekshirganda bu
faqat jisimlarning moxiyati nimadan iborat ekanligini va sezgilardan nimalar
mavxumlashtirilganini aniqlashga qaratilgan bo‗ladi. jisimnga u bilan bog‗liq bo‗lgan
belgilardan ajratib oluvchi aql faoliyati shu jisimning faqat moxiyatini tekshirish uchun
xizmat qiladi.
Inson tafakkuri va nutqining fazilatlari grammatika va mantiq fanining rivojiga
uning ayrim masalalarini taxlil etishga, juda katta e‘tibor beradi. U Aristotelning
mantiqqa oid barcha asarlariga sharxlar yozadi va mantiqning turli bo‗limlari tushuncha
xukm «diduksiya», isbotlash kabilarga bag‗ishlangan risolalar yozib, qoldirdi. Uning
ruxiyat va mantiqa oid fikirlari ta‘lim-tarbiya soxasidagi ta‘limotning tabiy ilmiy
nazariy asoslari bo‗lib xizmat qiladi.